va yakuniy egalariga (masalan, yuk tashuvchi terminali va qabul qiluvchi terminal)
mas’ul bo‘lganligi sababli, terminaldan terminalga xizmat qiladi.
Bozorning boshqa tomoni - multimodal transportning iste’molchilari tomonidan
yaratilgan talab. "Piggibeking" tashuvlar iste’molchilarining aksariyati avtomobilsozlik
kompaniyalari va ekspeditorlardir. Avtotransport kompaniyalari ushbu turdagi
tashuvlarni bir-biri bilan va yuk tashuvchilar bilan birlashtirib, yuk tashuvchilarning
talablarini qondirish maqsadida, raqobatning ortib borayotgani sababli sifat va miqdorni
oshirishga e’tibor bermoqdalar.
Piggibeking ko‘plab korxonalar eksport faoliyatining bir xil sohasidagi hamkorlikni
o‘z ichiga oladi, chunki katta va mashhur kompaniyalar kichik firmalarning chet ellik
tarqatish kanallarida ishtirok etadilar.
Piggibeking - bu biznesdagi o‘z o‘rnini egallab turgan firmalar sheriklar bilan
xizmatlarni oqilona taqsimlashni ta’minlaydigan holatdir. Ikkinchi usul - konteynerlarda
tashish. Umuman olganda konteynerlarda tashish transport (dengiz, avtomobil, temir
yo‘l va hatto havo) turlari orqali ishlatilishi mumkin. So‘nggi yillarda temir yo‘l
konteynerlarini tashish bo‘yicha mijozlarning qiziqishi ortib bordi.
Dostları ilə paylaş: