1.3 Mashg‘ulot mazmuniga va mashg‘ulot oldida turgan maqsadga, shu bilan birga, tasviriy faoliyatning vazifalariga; Bolalarning yoshi va rivojlanish darajasiga;
Bolalar foydalanadigan tasvirlash materiallariga bog‘liqdir. Atrof olam haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash maqsadidagi mashg‘ulotlarda, asosan og‘zaki metodlar qo‘llaniladi: suhbatlar, bolalarning ko‘rganlarini xotiradan qayta eslash uchun yordam beradigan savollar beriladi. Tasviriy faoliyatning turli ko‘rinishlarida o‘rgatish usullari turlichadir, chunki bir obraz turli vositalar yordamida vujudga keltiriladi. Masalan: mazmunli mavzularda kompozitsiyaga o‘rgatish vazifasini rasmda illyustratsiyalarga qarab tushuntiriladi, uzoqlashayotgan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari esa pastroqda chiziladi. Bu masala loydan buyum yasaganda shakllarning ularning holatiga qarab joylashtiriladi; yonma-yon yoki ketma-ket va hokazo. Bu yerda alohida tushuncha yoki ko‘rsatma berish shart emas. Har bir usuldan o‘ylab, mashg‘ulot oldida turgan vazifalarga nisbatan, dasturda berilgan mashg‘ulotning mazmuniga nisbatan va asosan ushbu guruh bolalarining qay darajada rivojlanganligini hisobga olgan holda foydalanish kerak. Mashg‘ulotda alohida metod va usullar ko‘rgazmali va og‘zakilari - o‘zaro qo‘shiladi, mujassamlashtiriladi va bir-biriga umumiy ta’lim jarayonida bog‘lanadi. Ko‘rgazmalilik bolalar tasviriy faoliyatining moddiy hissiy asosini yangilaydi, so‘z esa to‘g‘ri tasavvurni, tahlilni, idrok qilinganlarni va tasvirlayotganlarini umumlashtirishni shakllanishiga yordam beradi.
II BOB KO‘RGAZMALI METOD VA O‘RGATISH USULLARI. 2.1 Naturadan foydalanish K uzatish metodi tasviriy faoliyatga o‘rgatish tizimining umumiy asosini tashkil qiladi. Chunki, u atrof-muhitni o‘rganishda, bilish hamda uni aks ettirishda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Bolalarda qanchalik kuzatish, atrof-olam ko‘rinishi bilan aloqa o‘rnatish, umumiylik va yakkalikni ajratish malakasi rivojlangan bo‘lsa, shuncha bolalar ijodiy qobiliyatining rivojlanishi bog‘liq bo‘ladi. Lekin kuzatishning o‘zi ko‘rganni tasvirlab berishga to‘la imkon bermaydi. Bolalarni tasvirlashning muhim usullariga, turli tasvirlash materiallaridan foydalanish yo‘llariga o‘rgatish zarur. Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullariga naturadan, rasm reproduksiyalaridan, namunadan, boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish, alohida predmetlarni ko‘rib chiqish, tarbiyachi tomonidan tasvirlash usullarini ko‘rsatib berish, bolalarning bajargan ishlarini mashg‘ulot yakunida ko‘rsatish, ularni baholash kiradi.