135
XULOSA
Tarixdan bizga ma‘lumki, ma‘lumotlarga ko‗ra naqqoshlik juda
qadimiy san‘atlardan biridi. Qadimiy bo‗lishi bilan birga yillar davomida
rivojlanib
mukammallashib, uslublari jihatidan boyib borgan san‘at turi
hisoblanadi. Amaliy san‘atning shakllanishi bilan uning naqqoshlikka
asoslangan ko‘plab yangi turlari vujudga kela boshladi. Xususan naqsh
elementlari takomillashdi, yangi kompozitsiyalar vujudga keldi.
Xalq
hunarmandchiligi, xalq amaliy bezak san‘atining kelib chiqishi
va uning rivojlanish tariixni o‗rganish, va ularni zamon bilan hamnafas
miliyligini asrab qolish hamda
davom ettirish bugungi kun
ijodkorlarining asosiy vazifalaridan biridir. Hukumatimiz tomonidan bu
borada ko‗plab qarorlarni qabul qilinishi, tashabbuslarni
ilgari surilishi
yosh avlod istiqboli uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda.
San‘at sohasiga mo‗ljallangan o‗quv mussasalarining barpo qilinishi
bu yo‗nalishdagi o‗quv kurslarini ochilishi bunga misol bo‗ladi.
Bu san‘at ayniqsa mustaqillik yillarida yanada yangicha uslublar bilan
rivojlandi. Ayniqsa ko‗plab barpo etilgan milliy me‘morchiligimizga xos
bino va inshoatlarning ichki va tashqi bezaklarida keng ishlatilmoqda.
Bunda ustoz shogird an‘analariga asoslangan ish uslublarida ishlangan
naqsh kompozitsiyalar qo‗llaniladi.
Maktab dars mashg‗ulotlarining rejasiga xalq amaliy san‘ati
turlari
haqida ham tushunchalarni kiritilishi yosh avlodning amaliy san‘atga
bo‗lagan qiziqishlariniu uyg‗otishda muhim o‗rinda turadi.
Naqqoshlik san‘at sohasiga doir to‗garak mashg‗ulotlarini tashkil
qilishning afzalligi shundaki, talabalarda
mustaqil kompozitsiyalar
tuzishni o‗rganishlarida asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Iqtidorlarni yuzaga chiqarish uchun tasviriy va amaliy san‘atga doir
turli mavzulardagi tanlovlarning joriy qilinishi shular jumlasidandir.
Buning uchun yoshlarning bilim va malakalarini kun sayin takomillashib
borishiga sharoit qilish maqsadida o‗quv adabiyotlari, darsliklar zarur
bo‗ladi. Mazkur o‗quv qo‗llanma ham shu
borada nazariy va amaliy
ko‗nikmalar berishga xizmat qiladi deb o‗ylayman.
Dostları ilə paylaş: