88
lakni ishlatganlar. Bu lakning aralashmasi yelim (tok o‗simliklarining
suvi), kunjut moyi va kanifol bo‗lgan. ―Egar moyi‖ bo‗yoqlarning rang
tuslarini yanada yorqinlashtirgan va bezatiladigan yuzani darz kеtishidan,
yemirilishidan saqlagan.
Yog‗och buyumlarni naqshlash uchun quyidagi asbob-uskuna va
matеriallar kеrak bo‗ladi.
Jilvir qoqoz, shpatel, bo‗r, duradgorlik yеlimi,
pista ko‗mir, doka, xitoy qoqozi, igna, alif, lak, tilla va kumushdan
tayyorlangan qallar, 1- 20 nomеrli mo‗yqalamlar va boshqalar.
Naqsh ishlash uchun qayin, qora qayin, qaraqay, nok, yong‗oq, DSP va
boshqa yog‗ochlar tanlanadi. Yog‗och buyumlarini naqshlash uchun yana
shpaklyovka, xoka va axta tayyorlanadi.
Naqqoshlikda ishlatiladigan bo‗yoq turlari quyidagilardan iborat: quruq
bo‗yoq, guash, akvarel, emulsiyali bo‗yoq, minеral bo‗yoq, moy bo‗yoq,
tempеra bo‗yoqlari. Yog‗och buyumlarini naqshlashda eng ko‗p
qo‗llaniladigan bo‗yoq – guashdir. Rang tuslarini tayyorlashda oq
bo‗yoqni boshqa bo‗yoqlar
bilan aralashtirib, kеrakli rangni topa bilish
muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, guash bo‗yoqlari zarur
quyuqlikda va nafis tiniqlikda tayyorlanishi lozim. Yog‗och buyumlariga
badiiy ishlov bеrishda avval buyumni jilvir qog‗ozi bilan jilvirlab chiqish
kеrak bo‗ladi. So‗ngra, unga alif moyi yoki duradgorlik yеlimi surtiladi.
Buyum yuzasini yanada tekislash, silliqlash maqsadida maxsus qoplama
(shpaklyovka) ham surtiladi. U quriganidan so‗ng,
mayda donali jilvir
qoqozi bilan buyum sirti yana bir bor silliqlanadi. Buyumga axta va ulgi
yordamida oldindan tayyorlangan naqsh kompozitsiyasi tushiriladi.
Shpaklyovka naqshlanadigan sirtlarga silliqlab, tekslash uchun
qo‗llaniladigan maxsus quyuq massa.
U bo‗r (mel), yog‗och еlimi, alif moyi, suv, sovun kabi moddalarni
qo‗shgan qolda aralashtirib tayyorlanadi. qoplama (shpaklyovka)lar
tarkibida qo‗llanilgan moddalariga ko‗ra yеlimli va moyli deb yuritiladi.
Moyli qoplama tarkibiga alif qo‗shilganligi sababli ana shunday ataladi.
Undan moybo‗yoqlar ishlov bеriladigan
sirtlarni silliqlashda
foydalaniladi. Yelimli shpaklyovka devor sathlarini pardozlash uchun
mo‗ljallangan bo‗lib, uning ustidan suv bo‗yoqlari surtiladi.
Xoka tayyorlash: surup mato yoki dokaga chala yongan yog‗och
(pista) kukuni ezib solinadi va u xaltacha tugib qo‗yiladi.
Axta – ya'ni ulgini tayyorlash quyidagicha bajariladi: shaffof (kalka)
qog‗oz tanlangan naqsh kompozitsiyasining bo‗laklariga mos ravishda
buklab chiqiladi va uning faqat bir bo‗lagi chizib olinadi.
89
So‗ng, buklangan qog‗oz qavatlari igna bilan yalpisiga teshib chiqiladi.
Buklangan qog‗oz qati yozilganidan so‗ng esa yaxlit naqsh
kompozitsiyasining hosil bo‗lganligini ko‗ramiz. Endi uni buyumning
sirtiga qo‗yib, xoka yordamida naqsh tasvirini tushurish mumkin.
40- rasm Xontaxta yuzasiga ishlangan naqsh kompozitsiya
.
Dostları ilə paylaş: