Taxallus: Navoiy, Foniy Tavallud sanasi


Tarix va iqtisodga oid asarlari



Yüklə 280,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix02.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#171235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
alisher navoiy - wikipedia

Tarix va iqtisodga oid asarlari 
«Tarixi muluki Ajam»
 (
«Ajam shohlari tarixi»
,1488) qisqa tarix bo’lib, Eron shohlari xronikasi 
bayon qilingan 
«Tarixi Tabariy»

«Shohnoma»
asarlarini mantiqan to’ldiradi, ulardagi faktlarni 
izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning so’nggi vakili Yazdi 
Shahriyorgacha bo’lgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi. 
«Tarixi anbiyo va hukamo»
(
«Payg`ambarlar va hakimlar tarixi»
, 1485—1498) asarining 
birinchi bo’limida 
«Qissasul-anbiyo»lar
 an’analarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan 
Nuh, Iso, Muso, Ya’qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg’ambarlar tarixiga oid qissalar 
keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning 
«Hukamo 
zikrida»
 deb nomlangan ikkinchi bo’limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand 
hakimlar Fishog’urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, 
Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri 
qisqa satrlarda talqin qilinadi. 
«Vaqfiya»
 (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf 
mulki va mablag’i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo’nalishda madrasa va 
xonaqohlarda o’rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy o’z ixtiyoridagi mablag’lar 
hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bog’larni sanab o’tdi. Asar 
Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini o’rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir. 
Tarix va iqtisodiy yo’nalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.G’ulomov, 
V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan o’rganilgan. 
 
Navoiy Muborak dastxat 


Arab va fors tillaridagi asarlari. Alisher Navoiy fors tilida yozgan she’rlari asosida 
«Devoni 
Foniy»
 tuzilgan bo’lib, uning muqaddimasida 
«Sittai zaruriya»
 (
«Olti zarurat»
) va 
«Fusuli 
arbaa»
 (
«To`rt fasl»
) forsiy qasidalari majmualari berilgan. 
«Sittai zaruriya»
 to’plamidagi 
qasidalar 
«Ruhul-quds»
(
«Muqaddas ruh»
), 
«Aynul-hayot»
(
«Hayot chashmasi»
), 
«Tuhfatul-
afkor»
 (
«Fikrlar tuhfasi»
), 
«Qutul-qulub»
 (
«Qalbdar g`izosi»
), 
«Minhojun-najot»
 (
«Qutilish 
yo`li»
), 
«Nasimul-xuld»
 (
«Jannat nasimi»
) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, 
Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida 
yozilgan. 
«Fusuli arbaa»da
Sulton Husayn Boyqaro madhidan so’ng 
«Bahor»

«Saraton»

«Xazon»
 (
«Kuz»
) va 
«Day»
(
«Qish»
) vasfidan iborat. Muammo janri qoidalariga bag’ishlangan 
«Mufradot»
 (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz she’riyatdagi bu janrni nazariy jihatdan 
asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qit’a, tuyuq, ayrim hollarda g’azal 
munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini o’rgatish barobarida 121 ta misol 
keltirdi. Navoiyning arab tilida 
«Sab'atul-abhur»
(
«Yetti dengiz»
) nomli diniy-tasavvufiy ruhda 
lug’at xarakteridagi asar yozgani ma’lum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada 
o’rganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, 
Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan o’rganilgan. Navoiy dahosi tufayli 
insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat 
ma’naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o’rin oldi. Mustaqil O’zbekistonda 
Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan 
biri va uning markazi, O’zbekiston Davlat mukofoti, O’RFA Til va adabiyot instituti, opera va 
balet akademik teatri, O’zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa 
yuzlab madaniy-ma’rifiy muassasalar, jamoa xo’jaliklari ulug’ shoir nomi bilan ataladi. 

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin