Alisher esa har gal: «Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap bo’ldi! Aslida — biz muridmiz, siz —
hammasiga pirsiz», der edi. Endi Sulton Husayn Alisherdan so’radi: — Pir nima-yu, murid
nima?
Alisher javob berdi:
Pining tilagi — muridning tilagi bo’lishi kerak.
Shunda Sulton Husayn o’zining oq otini olib kelishni buyuradi. Ot juda asov, chopag’on
edi.
Sulton Husayn aytdi:
Siz murid, men murid bo’ladigan bo’lsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman.
Alisher noiloj otga minishga majbur bo’ladi. Ot g’oyat asov bo’lib, shohdan boshqani o’ziga
yaqinlashtirmas edi. Alisher oyog’ini uzangiga qo’yishi bilan ot tipirchilay boshladi, Sulton
Husayn otiga o’shqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egariga o’tirishi bilan
Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi. Alisher hushidan ketdi. Uni egardan
ko’tarib oldilar. Tarihda bunday hol ko’rilmagan edi. Hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik
qilmas edi. 1480—1490-yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr bo’ldi. Shoir «Xamsa»
dan keyin ko’p o’tmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488-yilda yozgan «Tarixi mulki
ajam» («Ajam shohlar tarixi») shularning biri edi. Bu asar «Muhokamat ul-lug’atayn»da
«Zubdat ut-tavoxir»(«Tarixlar qaymog’i») deb ham ataladi. 1480-yillarning oxiri, 1490-
yillarning boshida Navoiyning yaqin do’stlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489),
Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularga
bag’ishlab «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Pahlavon
Muhammad» asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy bo’lib, shoirning bu ulug’ zamondoshlari
haqidagi memuar xotiralaridan tashkil topgan edi. 1491-yilda muammo janriga bag’ishlangan
«Risolayi muammo» (ikkinchi nomi «Mufradot») risolasini yozi. Navoiy zamonasida muammo
janri keng tarqalgan bo’lsa — da, asosan, fors tilida yozilar edi. Navoiy o’zbek tilida muammo
yozgan ilk o’zbek shoirlaridan bo’ldi. «Xazoyin ul-maoniy»ga uning 52 muamosi kiritilgan.
Shoirning fors tilidagi muammolarini esa 500 chamalaydilar. Navoiyning 1490-yillardagi eng
katta xizmatlaridan biri «Xazoin ul maoniy» («Ma’nolar xazinasi»)ni tuzish bo’ldi. 1492—1498-
yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan she’riy kulliyot shoirning turkiy tilda
yozilgan deyarli barcha lirik she’rlarini qamrab olgan edi. Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha
bo’lgan davrni umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini «G’aroyib us-
sig’ar»(«Yoshlik g’aroyibotlari») deb atadi.
Dostları ilə paylaş: