Har qanday algoritm blok-sxema shaklida ifodalanganda, har doim uning boshlanishini bildiruvchi blok bilan boshlanib, algoritmning tugaganligani bildiruvchi blok bilan yakunlanadi.
Har qanday algoritm blok-sxema shaklida ifodalanganda, har doim uning boshlanishini bildiruvchi blok bilan boshlanib, algoritmning tugaganligani bildiruvchi blok bilan yakunlanadi.
Kerakli ma’lumotlarni kiritish va chiqarish blokida dastlabki berilganlar kiritiladi va olingan natijalar chiqariladi.
Shartni tekshirish bloki ichiga shart yoziladi, qo‘yilgan shartning bajarilish- bajarmasligiga qarab strelka ikki tomonga yo‘naladi. Strelkalarning biriga "ha" so‘zi, ikkinchisiga "yo‘q" so‘zi yoziladi. "ha" so‘zi shartning bajarilganligini, "yo‘q" so‘zi esa shartning bajarilmaganlishni bildiradi. Shartning bajarilgan yoki bajarilmaganligiga qarab, algoritmning bajarilish tartibi aniqlanadi. Hisoblash va ta’minlash blokida hisoblanishi kerak bo‘lgan ifoda yoziladi. Ifodaning qiymati hisoblanib, tenglik belgisining chap tomonidagi o‘zgaruvchiga ta’minlanadi.