Algoritmga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar mavjud bo‘lib, bu talablar algoritmning xossalari deb yuritiladi. Ular quyidagilardan iborat:
Uzluksizlik xossasi. Bu xossaga ko‘ra algoritm aniq va tugallangan qadamlarga bo‘lingan bo‘lishi kerak. (Keltirilgan misolda shunday qadamlar soni beshta).
Aniqlilik xossasi. Algoritm shunday tuzilgan bo‘lishi kerakki, har bir buyrug‘i bajarilgandan keyin qaysi buyrug‘i bajarilishi aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Tushunarlilik xossasi. Har bir algoritm yoshi yoki qobiliyatiga qarab ma'lum ijrochiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan, kvadrat tenglamani yechish algoritmi to‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa ham, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tushunarli bo‘lmaganligi tufayli ular bu algoritmni ijro eta olmaydilar. Chunki ular diskriminant, kvadrat ildiz, kvadratga ko‘tarish kabi tushunchalar bilan tanish emas. Bundan tashqari, ushbu xossaga binoan algoritmning har bir buyrug‘i aniq ifodalangan bo‘lib, ikki xil ma’noni anglatmasligi lozim, ya’ni algoritmning har bir buyrug‘i barcha ijrochilar tomonidan bir xil tushunilishi kerak.