Tayanch kompetensiya elementlari


Sana: 29-Mavzu: Qarisi bor uyning farishtasi bor Kun shiori:Bir-birovimizning qadrimizga yetaylik ! Maqsad



Yüklə 308,5 Kb.
səhifə13/16
tarix02.06.2023
ölçüsü308,5 Kb.
#122255
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Tayanch kompetensiya elementlari

Sana:
29-Mavzu: Qarisi bor uyning farishtasi bor
Kun shiori:Bir-birovimizning qadrimizga yetaylik !
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, bu dunyoda insonning azizligini, bir-birovimizning qadriga yetib yashashlikni uqtirish.
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Bizning bobolarimiz ikkinchi jahon urushida qatnashib, dushmanga qarshi kurashib,Vatanimizni asrab qolganlar. Urushdan keyin og‘ir davrda ham o‘z zahmatli mehnatlari bilan xalqimizni vayronalikdan va ocharchilikdan qutqarib qolganlar. Vatanimizni obod bo‘lishi uchun obodonlashtirish ishlarini olib borganlar. Fan va texnikaning taraqqiyotiga ham hissalari ulkandir. Shuning uchun keksalarimizni qancha e‘zozlasak, shuncha kam.
Bugungi farovon turmushimizning poydevorini bobo va buvilarimiz yaratgan. Keksalarimiz hayotda ko‘p narsalarni boshidan kechirganli uchun biz yoshlarga to‘g‘ri maslahatlar va o‘gitlar beradilar. Agar biz adashib, noto‘g‘ri ish qilib qo‘ysak, bizni to‘g‘ri yo‘lga soladilar. Xalqimizda shunday maqol bor: ―Qarisi bor uyning parisi bor‖. Haqiqatan ham bobo va buvisi bor uyda farzandlar tarbiyali, odobli, aqilli, xushmomila bo‘lib o‘sadilar, chunki bobo va buvilar nabiralarini maslahat va o‘gitlar berib, to‘g`ri yo‘lga soladilar. Nabiralariga uxlashidan oldin ibratli ertak va rivoyatlar aytib beradilar. Bundan tashqari uy yumushlarini qilishni, ro‘zg`or anjomlarini toza-ozoda tutishni, bog`da ishlashni: yer yumshatishni, nihol ekishni, turli meva va sabizavotlarni yetishtirishni o‘rgatadilar. Buvilar qiz nabiralarini ro‘zg`or tutishga, uy va hovlilarni supirib ozoda qilishga, turli ovqat va pishiriqlar pishirishga o‘rgatib, uy bekasi bo‘lishga tayyorlaydilar. Shuning uchun bobo va buvilarimiz biz yoshlarning faxrimizdir. Mahallada ham qariyalarning o‘rni baqiyosdir. Mahallaning tozaligiga, obodonligiga bobo va buvilarimiz katta e‘tibor beradilar. Bog` yaratib, turli xil gullar ekishadilar. Mabodo kimdir mahallada to‘y qilib qolsa, bobo va buvilarimiz bosh-qosh bo‘lishadilar. Xullas, keksalarimiz bizning maslahatgo‘yimiz va suyangan tog`i.
Inson tug‘ilibdiki, unung atrofida yaqinlari, ota-onasi parvona bo‘ladi. Birinchi kulish, birinchi so‘z, birinchi qadam – hammasi ota-onaga baxsh etiladi, bularni ko‘rib, ular bir-birlariga quvonch ulashadilar.
Vaqt o‘tdi. Kechagi go‘dak, bugun o‘quvchi, talaba, ishchi,ota-ona. Bugun sizga bobojonim va buvijonim haqida, men uchun aziz, shirinsoz nuroniylar haqida so‘z yuritmoqchiman. Muhammad Yusuf bu yoshdagilarga juda chiroyli ta‘rif bergan:
Har kimning ham sochlariga oq tushsin Ajin tushsin yuzlariga dog‘ tushsin Bu she‘rni to‘liq o‘qigandan so‘ng izohga hojat qolmaydi. Mahallamizdagilar inoq, bir-birlariga yordam qo‘lini uzatishga doim tayyor. Shular qatorida mening bobom va buvijonimdir. Mana ular biz bilan bir yildan buyon yashab kelmoqdalar. Negadir avval, ular nasihat qilganlarida o‘zim bilgandek qilgum kelar, lekin ulg‘ayib ularning aytgan pandu-nasihatlari oltinga teng ekanligini tushunib yetdim. ―Dasturxonning to‘ri yarashar sizga‘‘- degum keladi. Bu kunga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Ularning yuzlaridan nur yog‘ilib turadi, aytgan so‘zlari bolga teng. Mahalladagi yig‘inlar ularsiz o‘tmaydi. Qo‘shnilar yonlariga kelib o‘tirganlarida erinmasdan qo‘shnilarning ahvoli, sog‘ligi bilan qiziqadilar. Taqdir taqazosi bilan bobom va buvijonim uylariga ketdilar. Lerin ular bilan o‘tgan vaqtim zoe ketmaganligini va ularni yaxshi ko‘rishimni tushunib yetdim Harkimning ham quvvat ketib belidan Qo‘llariga aso bir tayoq tushsin Imoni sof yuzga kirib yorug‘ yuzTo‘ylar ko‘rib, yelkasidan tog‘ tushsin. Aziz bobo va buvijonlarimiz boshimizga doimo sog‘ bo‘linglar
Xonadoningizda keksa kishi boʻlgani u Sizning baxtingiz, omadingiz. Oilangiz farishtasi u! Koʻcha kuyda ularni koʻrib qolsangiz, koʻnglingiz yorishib ketadi. Salomingizga qiroat bilan alik olganda, osmonda uchasiz. Sizni alqaganda “ilohim shu yoshga yetayin” deya shukrona keltirasiz!
Bugungi tahlikali kunlarda ularni yolgʻizlatib qoʻymang! Duosini oling! Ular bugun Siz bilan bizning tayanchimizga muhtoj! Uyda qoling!
Xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bor uyning zari bor”, “Qari uyning farishtasi, saranjomi, sarishtasi” degan hikmatona naqllar yuradi. Haqiqatan, keksalari bor xonadon fayzli va barakali xonadondir. Ular davrasida ulg„ayayotgan yosh avlodning ma‟naviyatiyu ta‟lim-tarbiyasi yuksak bo„ladi. Shu ma‟noda, keksalarga boy va ular e‟zozlangan yurtda ham ezgulik, mehr-oqibat va farovonlik hukm suradi.
Azal-azaldan yurtimizda keksalar e‟zozda bo„lib, ularga alohida hurmat va ehtirom ko„rsatib kelinadi. Bu yoshlar zimmasidagi mas‟uliyat va farzga aylangan desak, mubolag„a bo„lmaydi.
Yakuniy qism:
Xulosa o„rnida aytganda, keksalarimizning duoga ochgan qo„llari, yuzlaridagi mamnunlik ifodasini ko„rib, ularni qancha ko„p qadrlab e‟zozlasak, hurmat va ehtirom ko„rsatsak ham shu qadar kam ekanligini yana bir karra his etasan kishi. Zero, bugungi farovon hayot va shodumon kunlarga yetishimizda ularning beminnat hissasi bor, mehnati singgan. Shunday ekan, keksa avlod vakillarining duosini olib yurish barchamizga nasib aylasin.
Topshiriq: Mavzu yuzasidan referat yozish
Sana:_________________________
30-Mavzu:―Xotira abadiy, inson qadri buyukdir (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan).
Kun shiori: Tuprog`i to‘tiyo makonga qulluq,
Xudo bergan davru davronga qulluq. Aziz qilgan aziz insonga qulluq, Bu muqaddas Vatanda azizdir inson
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, bu dunyoda insonning azizligini, o‘tganlar ruhini shod etishlikni, tiriklar qadriga yetib yashashlikni uqtirish.
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Vatan kengdir elning bag`ri keng uchun,
Yurtboshining mehri quyoshga teng uchun. Bu imkon, bu zamon senu men uchun, Bu muqaddas Vatanda azizdir inson
Iqbol Mirzo
O‘qituvchi:
Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z maqsad-muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma'naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, tarixiy xotira tuyg'usi to‘laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo‘qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi.
Ma'lumki, 1937—1953-yillarda sobiq SSSR hududida mudhish ommaviy siyosiy qatag'onlar amalga oshirilgan edi. Uning salbiy oqibatlarini o‘zimizga tasavvur etish uchun birgina O‘zbekiston bo‘yicha qariyb 100 ming kishi qatag'onga uchrab, 13 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya.
Insoniy qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida nafaqat arbob va ziyolilar, balki yuzlab oddiy insonlar, yurtimizda istiqomat qilgan deyarli barcha millat va elatlarning vakillari bor edi. Shu davrda qancha-qancha odamlarning o‘z oilasidan judo boigani, ayollar bevalikka, go‘daklar yetimlikka mahkum etilganini, minglab mirishkor dehqonlarning quloq sifatida olis o‘lkalarga surgun qilinganini
inobatga olsak, xalqimiz boshiga tushgan bu fojianing dahshati yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.
El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo‘lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va millatimizning yaqin o‘tmishidagi yopiq sahifalarini tola ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni shakllantirish, begunoh qurbon bo‘lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham farz edi.
Ana shu insoniy burchimizni ado etish maqsadida 2000-yili poytaxtimizning Yunusobod tumanida qatag'on yillarida xalqimizning minglab asl farzandlari qatl etilib, nom-nishonsiz ko‘mib tashlangan. necha yillar davomida qarovsiz qolib kelgan Bo‘zsuv kanali sohilidagi Alvastiko‘prik deb nom olgan jarlik o‘rnida Shahidlar xotirasi xiyoboni va keyinchalik shu nomda muzey va jamg'arma tashkil qilindi.
2001 -yildan e'tiboran 31-avgust yurtimizda Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Har yili 31-avgust tongida bu maskanda xalqimizning qadimiy urf-odatlariga ko‘ra osh tortib, Qur'on tilovat qilish, davlat va hukumat rahbarlari, keng jamoatchilik vakillarining bu yerga kelib, marhumlarni yod etishi, ularning ruhiga hurmat bajo keltirishi ibratli an'anaga aylanib qoldi.
Bu ishlar xalqimiz, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimizning ong-u shuurida tarixiy adolatga ishonch va insoniylik fazilatlarini qaror toptirish, ularning ma'naviy olamini kengaytirishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekani bilan ayniqsa e'tiborlidir.
Ma'lumki, sobiq SSSR davrida 9-may har yili G'alaba kuni sifatida bayram qilinar, Markazda va respublikalarda dabdabali harbiy paradlar o‘tkazilar edi. Biz mazkur sananing asl insoniy ma'no-mohiyati hamda jamoatchiligimizning bu boradagi taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda, 9-may kunini mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlashga qaror qildik. Bu voqea. hech shubhasiz, yurtimizda tarixiy xotirani to‘laqonli tiklash yo‘lida hayotning o‘zi taqozo etgan yana bir jiddiy qadam bo‘lganini aytish lozim.
Shu munosabat bilan poytaxtimizda, viloyat va tumanlarda sovet mafkurasini o‘zida ifoda etgan eski yodgorliklar o‘rniga xalqimizning ruhi va qarashlariga hamohang bo‘lgan Xotira maydonlari tashkil etilib, Motamsaro ona haykali o‘rnatildi.
Ana shu maydonlarda barpo etilgan yodgorlik majmualarida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning nomlari maxsus ishlangan lavhalarga zarhal harflar bilan yozib qo‘yilgani, ular haqidagi ma'lumotlar jamlangan 35 jilddan iborat «Xotira» kitobi chop etilgani, aytish mumkinki, mamlakatimiz tarixida ibratli ma'naviy voqea bo‘ldi.
Topshiriq: ―Xotira‖ maydoni haqida har bir o‘quvchi insho yozadi. Sana:
31- Mavzu: Vaqtni qadri Kun shiori: ―Vaqt-g‘animat‖
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Vaqt-oqar daryo ekanligini uqtirish, vaqtdan unumli foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish.
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini
jismoniy, ma‘naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini
muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: OO‘`zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,
Doskada: Vaqting ketdi-naqding ketdi‖ O‘qituvchi:
Tartibsizlik birinchi galda vaqtni isrof etadi. Bitta kiyimingizni topishga
qancha daqiqa sarflashingizni hisoblang! Vaqtingizga achinayapsizmi? Ha, har bir soniyangizni o‘zlashtira bilsangiz, ishingizda ham, fikringizda ham tartib hukmron bo‘ladi…
Kun bo‘yi g`ildirakdagi olmaxondek u yoqdan-bu yoqqa yugurasiz. Ishdan qaytgandan so‘ng issiq hammom va yumshoq karavotingizni qo‘msaysiz. Uy tozalash yoki pishir-kuydir kabi yumushlarni bajarish esa umuman yoqmaydi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak?
1. Soniyali vazifa. Qimmatli vaqtingizni qadrlashni o‘rganing! Doira shaklini chizing, bu — ―vaqt pirogi‖! U butun umr, bir yil yoki bir sutkaning ramzi bo‘lsin. Mazkur pirogdan 8 soat uxlashga, yana 8 soat ishga va yo‘l uchun ham ozgina ―kesib‖ oling... Yana bir nechta bo‘laklar qoldimi? Ularni qanday taqsimlash lozim?
— Yon daftarchangizga bir necha hafta davomida nima bilan shug`ullanganingiz va bunga qancha vaqt ketganini belgilang. Vaqtingizni nimalarga sarflaganingiz aniqlangandir?
Endi ―iqtisod‖ qilishni o‘ylang. Kompyuter yoki televizor oldida kamroq o‘tirsangiz, uy tozalashga yarim soat vaqt tejaysiz.
2. Rad etish. Televizor va kompyuter masalasida vaqt tejash mumkindir, ammo dugonangiz do‘kon yoki go‘zallik salonigabirga borishni iltimos qilsa, buni rad etish shunchalar qiyinki...
— Kunlik rejangizga kirmaydigan ishlarga bosh qo‘shmang.
Sababini tushuntirmasdan tezda rad eting. Agar dugonangizga tushuntirib, turli bahonalar qidirsangiz, u baribir sizni ko‘ndirishga harakat qiladi.
3. Yo‘l-yo‘lakay. Ishingiz qor parchasidek ko‘payib ketib, kiyimingizni dazmollash, rasm chiqarish yoki mushugingizga ovqat berish yodingizdan ko‘tarildimi? Kuyib- pishishni bas qiling. Ishingizni tartibli rejalashtirishni o‘rganing!
— Kundalikka yoki qo‘l telefoningizga ―eslatmalar‖ yozib oling.
Yuviladigan yoki ta`mirtalab narsalarni paketga solib, ko‘rinadigan joyga,ya`ni yo‘lakchaga qo‘ying. Unga qoqinaverishdan bezor bo‘lgach, qolib ketgan ishingizni axiyri bajarasiz.
4. Tez-tez… Bu oson!Ma`lumki, ozodalikni o‘rnatish emas, saqlash kerak. Siz bu qoidaga rioya qilasizmi?
— Kiyimlaringizni har tomonga tashlamasdan, o‘z vaqtida joy-joyiga qo‘yishni odat qiling. Yuviqsiz idishlarni to‘plamang!
Eng ma`quli, bir kunda o‘n besh daqiqaga uy yumushlariga vaqt ajrating, bu bir oyda bir necha soat uy tozalashdan ko‘ra ancha qulay. Bugun changni arting, ertaga polni, keyin esa changyutgichda gilamlaringizni tozalang.
5. Boylik orttirish. Qanday ajoyib tufli! Ularni sotib olmaslikning iloji yo‘q. Shunga o‘xshash bir nechta oyoq kiyimlar garderobingizda bor, lekin ularni deyarli kiymaysiz...
— Nimadir sotib olishdan oldin uni qaysi kiyimingiz bilan kiyish mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Agar siz uchun juda kerak bo‘lsa, hech o‘ylanmasdan sotib oling.
Uyni bezash uchun kichik tuvak yoki haykalchalarni hxarid qilmang. Bu buyumlar uyingizni bezamaydi, balki ivirsitib yuboradi.
6. Tezlik starti. Erta tongdan ishga nima kiyishni bilmay bosh qotirayapsizmi? Muammoni hal qilishning yo‘li oddiy: kechqurun kiyimingizni tayyorlab qo‘ying va qoida bo‘yicha kir buyumlarni kir yuvish mashinasiga soling. Liboslar oldindan dazmollab qo‘yilishi kerakligini unutmang.
— Umuman olganda, tinib-tinchimaydigan, ish bilan bandayollar garderobida dazmol talab qiladiganliboslarning bo‘lishi shart emas!
Taqinchoqlaringi: zanjir yoki uzun marjonlar o‘ralashib ketmasligi uchun ilgichga ilib qo‘ying (ilgichni shkaf ichiga qoqsangiz ham bo‘ladi). Butayyorgarlik uchun ozgina vaqt ketadi, lekin ertalab kiyimingizni qidirib asabiylashmaysiz va ishga o‘z vaqtida borasiz!
Topshiriq: ―Vaqtdan kim qanday foydalaniladi.‖ mavzusida:
1. O‘g`il bolalar :
2. Qiz bolalar :
Izoh: O‘qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o‘quvchilarning o‘zlarini odob- axloq me‘yorlariga e‘tiborli bo‘lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi

Yüklə 308,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin