Tayanch kompetensiya elementlari


Sana:_________________________ 12-Mavzu:―Vatan olidagi burch va mas'uliyat. Maqsad



Yüklə 308,5 Kb.
səhifə10/16
tarix02.06.2023
ölçüsü308,5 Kb.
#122255
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Tayanch kompetensiya elementlari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Sana
Sana:_________________________ 12-Mavzu:―Vatan olidagi burch va mas'uliyat.
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko‘tarish ularning farzandlik burchi ekanligini uqtirish.
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish. Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma
materiallar.
Doskada: ―O‘zbekistonimiz bayro‘i ilohim jahon uzra yuksaklarga
ko‘tarilaversin!‖ O‘qituvchi:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i, o‘z ko‘rinishiga ko‘ra, butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g`ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40
santimetrga tengdir. Bayroqning o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. Bayroqning yuqori qismidagi moviy rang enning yuza tomonida va orqa tomonida, dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i tasdiqlanishi munosabati
bilan chop etilgan maxsus namoyishnoma plakatda bunday deyiladi: ―1) Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va
obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu-yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog`i ham moviy rangda edi; 2) Bayroqdagi oq rang- Muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog`onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg`unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg`uborlik,
soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsolidir; 3)Yashil rang-tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi;
4) Qizil chiziqlar vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir;
5) Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an‘analarimiz bilan bog`liq.Ayni paytda qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir;
6) Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an‘analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir.Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e‘tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida ―Nujum ilmi‖ taraqqiy etganligi bilan izohlanadi. Davlat bayrog`imizdagi o‘n ikki yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog`ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim‖.
Topshiriq: ―O‘zbekiston Davlat bayrog`i- g`ururim‖ mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish.
Izoh: O‘qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o‘quvchilarning o‘zlarini odob-axloq me‘yorlariga e‘tiborli bo‘lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Sana:_________________________
13-Mavzu:―Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan) Kun shiori: ―Har bir bola mustaqil fikrlash huquqiga ega‖
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o‘z huquqlarini bilishi,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hurmat ruhida tarbiyalash . Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: ―Bolalar huquqlari to‘g`risida Konventsiya‖
O‘qituvchi:
1989 yil 20 noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Bosh Assamblyeyaning 44/25-Rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1992 yil 9 dekabrdagi № 757-XII Qarori bilan mazkur Konvenstiyaga qo‘shilgan.
1994 yil 29 iyundan Konventsiya O‘zbekiston Respublikasida kuchga kirgan. Bolalar huquqlari to‘g`risida Konventsiya 3 qism, 54 moddadan iborat.
Bola huquqlari hamma ishtirokchi davlatlarda asosiy o‘rinda ekanligi bilan ajralib turadi.
Konvensiyaga ko‘ra, bolalarning ulg`ayishida asosiy mas‘uliyat ota-onalar zimmasiga tushadi. Agar, ota-onalar majburiyatlarini amalga oshira olmasalar, davlat ularga yordam qo‘lini cho‘zadi.
Jiddiy holatlarda davlat bolani ota-onasidan olib qo‘yishi ham mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida ham quyidagicha
belgilab qo‘yilgan:
―Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta‘lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir‖.
Har yili O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kun munosabati bilan Yurtboshimiz tomonidan kelayotgan yil nomlanadi. Bunday yilning nomlanishi ham bolalarimizning baxtli kelajagi uchun xizmat qiladi.
Aynan, 2000 yil ―Sog`lom avlod yili‖, 2001 yil ―Ona va bola yili‖, 2005 yil ―Sihat- salomatlik yili‖, 2010 yil ―Barkamol avlod yili‖ har bir yilda Davlat dasturi ishlab chiqilib, yurtimiz bolalarining turmush tarzi, sog`lig`i va kelajagi uchun qayg`urilgan.
Topshiriq:
―SAN‖ texnologiyasi.
(uchlik-samarali, axloqiy, nazokatli)
Texnologiyaning maqsadi:
O‘quvchilarda yakka, jamoaviy, guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko‘nikmalarini, ishga ma‘suliyat bilan yondashuvni shakllantirish, bezash ishlari ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Mashg`ulotni o‘tkazish tartibi:
O‘qituvchi o‘quvchilar auditoriyasini o‘tkaziladigan mashg`ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va o‘quvchilarni 3 kishidan iborat kichik guruhlarga ajralishlarini iltimos qiladi.
Kichik guruhlarda o‘quvchilar quyidagi rollarga bo‘linadi:
Rassom, adabiy va badiiy muharrir, dizayner. Keyin har bir guruh vakili o‘qituvchi stolidan topshiriqlar yozilgan kartochkalar ichidan bittasini tanlab oladi.
Topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: (O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining qabul qilingan kun munosabat bilan)
devoriy gazeta (biror bir mavzuga, bayramga yoki yubileyga bag`ishlangan) eskizini tayyorlash;
bayram (yoki biror-bir tadbir) ga chorlovchi afishaning (masalan, e‘lon, tashviqot, taklifnoma) eskizini tayyorlash;
turli tadbirlar (masalan, bayram) ga bag`ishlangan taklifnoma pattalarining eskizi va maketini tayyorlash;
tabrik otkritkalarining maketlarini tayyorlash;
Biror tadbir o‘tkaziladigan joyni bezatish eskizlarini tayyorlash.
Kichik guruhlarga topshiriqni bajarib taqdimot qilishlari uchun tayyorlanishlariga 10 daqiqa vaqt beriladi.Tayyorgarlik vaqti tugagach, taqdimot boshlanadi. Taqdimot vaqtida guruhlar o‘zlari tayyorlagan eskiz va maketlari bilan barchani tanishtiradilar, namoyish etadilar va asoslaydilar, jamoaviy ijodiy faoliyatdagi o‘z variantlarini himoya qiladilar. Taqdimot tugagach, umumiy muhokama boshlanadi. Muhokama jarayonida o‘quvchilar bezatilgan, tayyorlangan ishlarga tegishli talablarni aniqlaydilar, o‘qituvchining o‘zi yoki alohida tuzilgan ijodiy guruh esa o‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni maxsus xona taxtasiga yoki vatman qog`oziga yozib boradi. Mashg`ulot oxirida o‘qituvchi o‘quvchilarga yuqorida berilgan turli topshiriqlar bo‘yicha bir necha namunaviy eskizlardan tarqatadi.
Izoh: O‘qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o‘quvchilarning o‘zlarini odob- axloq me‘yorlariga e‘tiborli bo‘lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Sana:_________________________ 14-Mavzu:―Zamonaviy mehnat bozori‖
Kun shiori: ―Intilganga tole yor, o‘z orzularingiz, tanlagan kasbingiz yo‘lida hech tolmang!‖
Maqsad: O‘quvchilarga zamonaviy mehnat bozor haqida tushunchalr berish, vatanparvarlikni singdirish, kelajakda o‘z orzulari uchun harakat qila olishlikni, izlagan imkon topa olishini ular ongiga singdirish.
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish. Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr- oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish. Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: ―Orzusiz inson bo‘lmaydi, orzusiz yashab bo‘lmaydi‖
O‘qituvchi: Hayotimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlardan biri bozor iqtisodiyotining shakllanishidir. Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi eng avvalo iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta‘minlashni taqozo etadi. Bu vazifalarni hal etish uchun mamlakatimiz o‘zining boy tabiiy resurslaridan, mineral manbalaridan hamda fan- texnika va inson resurslaridan samarali foydalanishi zarur. Zero, jamiyatning eng oliy boyligi bo‘lgan xalq abadiy qadriyatlarni, qudratli salohiyatni o‘zida jamlagan. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning juda kuchli omili bo‘lib xizmat qiladi. Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo‘lib u mamlakatning islohotlar va tub o‘zgarishlar yo‘lida tinimsiz ilgarilab borishini ta‘minlab beradi. Respublikada iqtisodiy islohotlarning hozirgi davrida ishlab chiqarish omillaridan oqilona foydalanish muammosiga e‘tibor kuchaya bormoqda. Shunday omillar qatoriga insonda mujassamlashgan tuganmas qobiliyatlardan foydalanish sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari ahamiyatlidir. Mavzuning dolzarbligi ishlab chiqarishning dastlabki kurtagi bo‘lgan firmada inson omlidan oqilona foydalanishning zarurligidan kelib chiqadi.Inson omillaridan oqilona foydalanish iqtisodiy taraqqiyotning muhim sharti bo‘lib, u mehnatkashlar turmush darajasini oshirishda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatni harakatga keltirishning asosiy vositasi bo‘lgan inson omili mohiyatini, iqtisodiy, ijtimoiy mazmuni, uning sifat o‘zgarishlarini va undan oqilona foydalanish yo‘llarini aniqlash katta iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Aholining mehnatga to‘la bandligini ta‘minlash va tartibga solish, haqiqiy va yashirin ishsizlik miqdorini kamaytirish, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni muvozanatga keltirish, ishchi kuchi sifatini oshirishga va unumli mehnat qilishiga erishish hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi va o‘z yechimini kutib turibdi. Ayniqsa, jamiyatda inson omilidan samarali foydalanish muammolari bozor munosabatlarini shakllantirish davrida birmuncha murakkablashdi va ularning yechimini topish iqtisodiyot fani oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mehnat bozori — ish kuchi oldisotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidkr.
Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqsoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi.
Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi.
Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning harakteri va koʻlamiga bogʻliq. Mehnat bozori oshkora va yashirin harakterda faoli-yat koʻrsatishi mumkin. Oʻz koʻlamiga qarab Mehnat bozori mahalliyhududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat. Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon Mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy Mehnat bozorida kelgindilar mehnati taklifi tez usadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi. 2000 yilda Yer yuzida oʻzi tugʻilgan yurtida ishlamaydiganlar soni 80 mln. nafardan ziyod boʻldi. Xalqaro Mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda oʻzga millat diasporasi oʻsishiga olib keladi (mas, 2002 yil AQShdagi xitoyliklar 15 mln. nafardan ortiq boʻlgan).
Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o‘zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. Umuman olganda, bozor besh funktsiya (vazifa)ni bajaradi: 1.Ishlab chiqarish bilan iste‘molni bog‘lash funktsiyasi.Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, iste‘mol bilan tugallanadi. Masalan, vertolyot zavodi uchish apparatini chiqaradi, ammo o‘z ishchilari uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy yaratmaydi, stanoklar, vertolyot uchun metall plasmassa, bo‘yoq elektr qismlarini ham tayyorlamaydi. Zavod vertolyotini bozordr sotib, pulni ishchilarga maosh qilib beradi, ular iste‘mol bozoridan tirikchilik tovarlarini sotib oladilar. Zavod ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ham sotib oladi. Demak, bozor orqali har xil iste‘mol qondiriladi. 2.Qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantirish funktsiyasi. Tovarni ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, shu mehnat qiyomatni shakllantiradi. Qiymat ish kuchi va moddiy resurslar sarfidan iborat. Tovar bozorga chiqishiga qadar mehnat moddiy shaklda (masalan, ovqat, kiyim, stanok, yoqilg‘i va hokazo)
pul ekvivalentini topadi (ekvivalent-miqdoriy tenglik) va qiymat pul shakliga kiradi. 3.Ishlab chiqarishni yangilashga shart-sharoit hozirlash funktsiyasi. Korxonalar bozordan o‘zlariga kerakli resurslar topadilar, stanoklar, xom ashe, yoqilg‘i, har xil materiallar xarid etadilar. Ular mehnat (ish kuchi) bozoridan ishchilarni yollab ishlatadilar, bozordan kerakli axborot va har xil ishlab chiqarish uchun zarur xizmatlarni ham topadilar. Bu resurslarning iste‘moli esa ishlab chiqarishning yangidan boshlanishini bildiradi. 4.Iqtisodiyotni tartiblash funktsiyasi. Bu vazifani bozor imexanizmi bajaradi. «Nimani qancha ishlab chiqarish kerak?» degan savolga bozor javob beradi. Tovarlarni bozorda chaqqon o‘tishi yoki kasodligi, tovarning qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi, ularning qanchalik kerakli yoki zarur emasligini ko‘rsatadi. Bozor barometr singari iqtisodiyotdagi «ob-havodan» darak beradi. Tovar o‘tmasa, demak, u kerak emas, uni ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Tovarchaqqon sotilsa va yaxshi foyda olinsa, uni ishlab chiqarish o‘sadi. Tovar mo‘ljallangan narxdan arzonroq narxda, lekin yaxshi sotilsa, bu tovarga ketgan sarf- harajatlarni kamaytirish zarurligini anglatadi. Bozor mexanizmi bamisoli qo‘l singari iqtisodiyotni u yoki bu tomonga burib turadi. 5.Mamlakatlar, xalqlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik o‘rnatish funktsiyasi.Bu vazifani davlatlararo yoki jahon bozori bajaradi. Bozor iqtisodiy hamkorlikning kengayib borishini talab qiladi.
Topshiriq: Mavzu bo‘yisha tushunchalarini yozib kelish

Yüklə 308,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin