Tayanch kompetensiya elementlari


Sana:_________________________ 15-Mavzu:Eng buyuk jasorat-ma‘naviy jasoratdir Kun shiori: ―Eng buyuk jasorat – bu ma‘naviy jasorat‖. Maqsad



Yüklə 308,5 Kb.
səhifə11/16
tarix02.06.2023
ölçüsü308,5 Kb.
#122255
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Tayanch kompetensiya elementlari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Sana
Sana:_________________________
15-Mavzu:Eng buyuk jasorat-ma‘naviy jasoratdir Kun shiori: ―Eng buyuk jasorat – bu ma‘naviy jasorat‖.
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol bo‘lishlikka undash, insonlarga bo‘lgan hurmatni rivojlantirish.
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
• Doskada:
― Haqiqatan ham, tabiat va tarix qonunlari-ni, uning taraqqiyot jarayonlarini chuqur tushunadigan odamgina o‘z hayotini ma`naviy jasorat asosiga qurishga qodir bo‘ladi. Shu ma`noda, shaxsan men zahmatkash va bunyodkor xalqimizning hayotini, ayniqsa qish qahratoni va yoz jaziramasida ham, bahor va kuzning yog`in-sochinli kunlarida ham yerdan rizq undirish maqsadida kunni kunga, tunni tunga ulab mehnat qiladigan dehqonlarimiz hayotini tom ma`noda jasorat namunasi, deb bilaman”.
O‘qituvchi: Ko‘pchilik qatorida, faqat vaziyat taqozo etgan taqdirda maydonga otilib chiqish, qahramonlik ko‘rsatish — albatta, bu ham oson emas. Buning uchun ham insonda katta yurak, g`ayrat- shijoat, eng muhimi, o‘ziga, o‘zining kuch-qudratiga mustahkam ishonch bo‘lishi kerak. Lekin menga buyursa, har kuni, har soatda fidoiy bo‘lish, o‘zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish — haqiqiy qahramonlik aslida mana shu, deb aytgan bo‘lar edim.Nega deganda, kundalik hayotda jonkuyar bo‘lish, har kuni fidoiylik ko‘rsatish, ruhan hech qachon bukilmay, bu fazilatni hayot qoidasi darajasiga ko‘tarish, ochiq aytish lozimki, bu hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Buning uchun insonga buyuk qalb va metin iroda kerak, desam, o‘ylaymanki, yanglishmagan bo‘laman.
Men o‘z hayotim, ish faoliyatim davomida ma`naviy jasorat sohibi bo‘lgan, har tomonlama yetuk shaxslar bilan muloqotda bo‘lganim, zamondosh bo‘lib yashaganimdan doimo faxrlanib yuraman. Ana shunday vatandoshlarimizdan biri mashhur arxeologik olim, akademik Yahyo G`ulomov edi.
O‘z davrining fidoyi allomasi bo‘lgan bu insonni men yaxshi bilardim. U o‘zining mustaqil fikriga ega, kerak bo‘lsa, yuqori lavozim egalariga yoqmaydigan to‘g`ri gaplarni ham dadil ayta oladigan ulkan olim edi.
Tarixchilar yaxshi biladi, odatda tepaliklar qa`rida tarixiy obidalar, butun bir shahar qoldiklari yastangan bo‘ladi. Sho‘ro davrida, faqat tomlardagina paxta ekilmay qolgan bir paytda ana shunday qadimiy tepaliklarni ham tekislab, paxta dalasiga aylantirishdek bema`ni siyosat avj olgan edi. Bunday noma`qul ishga jasur olim Yahyo G`ulomov qarshi chiqqanini men yaxshi eslayman. Uning ana shu fazilati tufayli tazyiq ko‘rganini ham eshitganman. Lekin bu inson o‘zining qalbidagi ma`naviy jasorat hissi tufayli hayotiy va
ilmiy qarashlarida sobit turganini madaniy jamoatchiligimiz yaxshi biladi.
Nafaqat, o‘z she`rlari, balki butun hayoti bilan o‘zbek ayolining ma`naviy qiyofasini namoyon etgan atokdi shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qo‘shgan bo‘lardim. Uning jahon minbarlaridan yangragan she`rlari Sharq ayolining aklu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she`riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan, desak, mubolag`a bo‘lmaydi.
Shoira Zulfiyaning sadoqatga to‘la hayoti, nurga yo‘g`rilgan ijodini xalqimiz juda qadrlaydi. Shu sabab Zulfiya tavallud topgan 1 mart yurtimizda har yili o‘ziga xos she`riyat bayramiga aylanib ketadi.
Ozod Sharafiddinov — hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligi, tanqidchiligi, tarjimachiligining yetuk namoyandasi edi. Ellik
yildirki, u ijod qilgan, yosh tanqidchi, yozuvchi, olim — tadqiqotchilar ishlarini hanuz sinchiklab kuzatib borgan. Yetmish olti yoshida Ozod Sharafiddinov O‘zbekiston Qahramoni, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, "Mehnat shuhrati", "Buyuk xizmatlari uchun" ordenlari sohibi, O‘zbekiston Milliy universitetining Oltin medaliga sazovor bo‘lgan professor, qanchadan-qancha medallar, faxriy diplomlar, yorliqlar egasi bo‘lgan. O‘zbekiston ziyolilari, madaniyatli siymolari Ozod Sharafiddinovni ―Ustoz‖ deydilar.
Ozod Sharafiddinov mustaqillikni intiqlik bilan kutgan, uni hayotining ma`no – mohiyati deb bilganlardandir. Ustoz mustaqillik uchun kurashchilar haqida gapirib, yozib charchamadi. Uning e`tiqodicha, insonning insonligi erk tantana qilgan yurtdagina to‘la namoyon bo‘ladi. Hayotning qiziq – qiziq qonuniyatlari bor ekan: mustaqillik yillarida O.Sharafiddinovning ruhi tetik bo‘ldi, hayotga, istiqbolga muhabbati ortdi. Ammo, jismoniy xastaliklar Ustozni qiynadi... Ruh tetik bo‘lsa, jismoniy norasoliklar hech narsa qilolmas ekan.
Ozod Sharafiddinov XX asrda ijod qilgan o‘zbek yozuvchilarining aksariyati haqida maqola, tadqiqotlar yaratgan. Uning yozuvchilar haqidagi tadqiqotlari orasida Cho‘lpon, Abdulla Qahhor, G`afur G`ulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Zulfiya haqida yozganlari ham salmog`i, ham soni bilan yetakchilik qiladi. So‘nggi yillarda Ozod Sharafiddinov nafaqat o‘zbek yozuvchilari, tanqidchilari haqida, balki yetuk ziyolilar to‘g`risida ham esselar yaratgan.
Bibliografiyada O.Sharafiddinovning 30 ga yaqin kitobi, 600 dan ortiq maqola va tarjimalari haqida qisqa ma`lumot berilgan. Muallif bitta maqola, tadqiqot, portret, esseni yozish uchun o‘nlab badiiy, qanchadan – qancha ilmiy asarlarni o‘qib, o‘rganib chiqqan. Ba`zi maqolalarni chop ettirguncha, ba`zilarini e`lon qilgach, qanchadan – qancha qarshiliklarni yenggan, ta`na – dashnomlar eshitgan. Xullas, Ozod Sharafiddinov ijodi – munaqqid, tarjimon, ustoz –professorning yarim asrlik yo‘li mashaqqatli, murakkab bo‘lganligi yaqqol ko‘rinadi. Quvonch shundaki, istiqlol tufayli, ijodkor mehnatini qadrlay oladiganlar borligi bois Ozod Sharafiddinov qadr – qimmat topdi.
Izoh: O‘qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o‘quvchilarning o‘zlarini odob-axloq me‘yorlariga e‘tiborli bo‘lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Sana:_________________________
16-Mavzu:Yangi yil muborak (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). Kun shiori: ―Yangi yilda orzularim olam jahon‖
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilda ezgu niyatlarni orzu qilishni singdirish.
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: ―Yangi yil, yaxshi yil ‖
O‘qituvchi:
Yangi yil bayrami bizda har yili 31-dekabrda nishonlanadi. Lekin ushbu bayram turli davlatlarda turlicha urf-odatlar asosida nishonlanar ekan. Bilishni istaysizmi? Qadimda... 13 yanvar kuni ko‘pgina xristian diniga e'tiqod qiluvchilar davlatlarda «Eski yangi yil» bayrami nishonlanadi. Bu ham yangi yilning bir ko‘rinishidir. Qadimgi Misrda yangi yil bayrami Nil toshqini bo‘lgan kunda nishonlanar edi. Bu ko‘pincha sentyabrning oxiriga to‘g'ri keladi. Nil daryosining toshishi misrliklar hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ularning fikricha, shu kunlarda quyosh xudosi Amon o‘z xotini va o‘g'li Binn bilan daryodan suzib o‘tishadi. So‘ng yana ibodatxonaga qaytishadi. Shuning uchun ham ular bu kunni bayram sifatda nishonlashagan. Bobilda esa yangi yil bayrami bahorda nishonlangan.Bu vaqtda qirol mamlakatni tark etadi. Xalq esa o‘zlari xoxlagan yumushni bajarishadi. Qirol qaytib kelishi bilan aholi o‘z ishi bilan shug'ulanadi. Rimliklar uzoq vaqtlargacha yangi yilni birinchi martda nishonlab kelishgan. Eramizdan avval 46 yilda Yuliy Sezar yangi taqvim joriy etgan. Shundan keyin yangi yil 1 yanvarda nishonlana boshlandi. «Yanvar» so‘zi Rim hudosi Yanus nomiga qo‘yilgan. Rimliklarning fikricha, u ikki boshga ega bo‘lib, biri yangi yilga, ikkinchisi bilan eski yilga qarab turgan. Rim yangi yil festivali Kalends deb nomlangan. O‘damlar shu kunlari bir-birlariga sovg'alar ulashishadi, bayramni nishonlashadi. Keltlar(hozirgi Fransiya va Angliyaning bir qismida yashovchi aholi) yangi yilni oktyabrning oxirida nishonlashgan. Ularning bayrami Samheyn deb nomlanib, «yil yakuni» degan ma'noga ega. Keltlar shu kuni barcha ruhlar tirilishiga ishonishgan. Bugungi kunda... Avstraliya. Yangi yil Avstraliyada 1 yanvarda nishonlanadi. Bu erda shunchalik issiq bo‘ladiki, qorbobo va qorqiz bayramda cho‘milish kiyimida sovg'a ulashishadi. Indoneziya. Indrneziyada yangi yilni oktyabrda nishonlashadi. Ular shu kuni o‘tgan yildagi ayblari uchun bir-birlaridan uzr so‘rashadi. Eskimoslar. Kimdir yangi yilni 1 aprelda, kimdir oktyabrda, yana kimdir yanvarda nishonlashadi. Eskimoslar uchun esa birinchi qor yoqqan kun yangi yil hisoblanadi. Birma. Birmada yangi yil bayrami aprelda nishonlanadi. Buni boshqacha qilib suv bayrami deb atasa ham bo‘ladi. Hatto Tinjon deb atalgan suv estivali ham o‘tkaziladi. Birmaliklar bir hafta davomida bir-birlarini suvga bo‘ktirishadi. Xitoy. Xitoyda yangi yilni raketalar va xlopushkalar sadosi ostida kutib olishadi. Avvallar bunday vositalar bambukdan qilinar edi. Xitoyda yangi yil bayramining birinchi kunida janjallashish ta'qiqlangan. Italiya. Yangi yilda Italiyada bo‘lsangiz uylarga yaqin yurmang. Chunki ular shu kecha eski buyumlarini derazadan uloqtirishadi. Italiyaliklarning fikricha, qancha ko‘p narsa otsang, yangi yilda shuncha ko‘p boylik keladi. Shuning uchun boshingizga hatto shkaf ham tushishi hech gap emas.
Topshiriq: Yangi yil orzularingiz?
Izoh: O‘qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o‘quvchilarning o‘zlarini odob- axloq me‘yorlariga e‘tiborli bo‘lishlikka, faollikka, talabchanlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Sana:_________________________
17-Mavzu:―Tinchlik uchun barcha mas'ul (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).
Kun shiori: ―Harbiylik – mardlar kasbi‖
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har bir kasbning o‘z o‘rniga ekanligini uqtirish, har bir shaxs jinsidan qat‘iy nazar kasb egasi bo‘lishiga haqli ekanligini singdirish, Vatan himoyachilariga bo‘lgan hurmat va iftixorni rivojlantirish. Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: ―Mardlar qo‘riqlaydi, Vatanni!‖
O‘qituvchi:
Demak, harbiy bo‘lishni istovchi yoshlar safi yil sayin kengayib bormoqda. Muhimi, ularning orzulari amalga oshmoqda. Harbiy xizmat oilaviy kasbga aylanib, harbiylar sulolalari paydo bo‘layapti. Istiqlol tufayli harbiy xizmat sharafli kasbga aylandi. Yoshlar harbiy kasbga katta havas va qiziqish bilan qarashmoqda. Bu oddiy qiziqish emas, ulardagi vatanparvarlik tuyg`usining yuksakligi hamda Vatan tinchligi va daxlsizligi uchun o‘zlarini mas‘ul deb bilishlarining ifodasidir.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, harbiy sohada ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, mudofaa ishlari boshqarma va bo‘limlarining chaqiruv punktlari, harbiy qismlarning o‘quv sinflari zamon talablari darajasiga keltirildi. Yigitlarni harbiy xizmatga tantanali kuzatish va kutib olish mustaqillik yillarida yaxshi an‘anaga aylandi. Bunday marosimlarda ota-onalar, mahalla tizimi, jamoatchilik vakillari, mehnat va urush faxriylari faol qatnashmoqda. Badiiy jamoalarining konsert dasturlari namoyish etilmoqda. Yoshlarning askar bo‘lishga havasini kuchaytirayotgan yana bir omil – harbiy xizmatdan qaytgan yigitlarning ishga joylashishi va o‘qishga kirishlarida berilayotgan imtiyozlardir. Harbiy xizmatni namunali o‘tab, qo‘mondonlikning tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan yoshlarning ko‘pchiligi oliy ta‘lim muassasalariga o‘qishga kirayotgani armiyamizning obro‘-e‘tiborini yanada oshirmoqda. Harbiy xizmat yoshlarimizni ma‘naviy va jismoniy jihatdan barkamol voyaga yetkazadigan hayot maktabiga aylangani mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasini yaqqol namoyon etmoqda. Bu jarayonda chaqiriqqacha yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, boshlang’ich harbiy ta‘lim berish sohasidagi ishlar samaradorligi oshgani, harbiy qismlar bilan jamoatchilik
o‘rtasida doimiy aloqaning keng yo‘lga qo‘yilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, har yili Vatan himoyachilari kuni oldidan mudofaa ishlari bo‘limlari joylardagi harbiy qismlar bilan hamkorlikda mahallalar, korxona va tashkilotlar, ta‘lim
muassasalarida turli uchrashuvlar, ma‘rifiy tadbirlar tashkil etmoqda. Uchrashuv va
suhbatlarda mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, samaralari, harbiy xizmatchilar hayoti, ularga yaratilayotgan shart- sharoitlar haqida keng ma‘lumotlar berilmoqda.
Topshiriq: ―Orzuga ayb yo‘q‖ mashqi. Harbiy bo‘lish har bir yigitning orzusi, armiyaga borgan har yigit qizlarning hurmatiga sazovardir. Fikrimga qo‘shilasizmi? Fikrlar maydoniga marhamat.
Izoh: O‘qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o‘quvchilarning o‘zlarini odob- axloq me‘yorlariga e‘tiborli bo‘lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
popoyyidaida
ddeeggaann soso‘`zzggaa eeggizdizdirir VaVatatann,, dduuoosisiddaann qquutltluugg’’rrooqq nene bboorr..

qqaallbbididaa mmeehhrr jojoshasharrkkaann,, AAmmmmoo cchhoovvuutiti sshhaayy kkaalxlxaatlatlarr hhaamm bboorr,,


kkoo‘z`zii bbililaann qqaarraayyddii MeMe’’mmoorr..
tatammsillsillaarrddaa iibbrraatt mmuujjaasssasamm,, lalahhzzaa oo‘z`zliliggiimm kkoo‘r`rggaannddeekk bboo‘ld`ldiimm.. mmeehhrroobbddaann bbooqqaarrkkaann oonnaamm,, tiztiz cchhoo‘`kkibib ttuurrggaannddeekk bboo‘ld`ldiimm..

kkiimmggaa hheecchh qqaacchhoonn bboo‘l`lmmaaggaayy qqaarraamm,, yyuurrtt qqoosshhididaa tiztiz cchhoo‘’kkkkaann oo‘g`g`lo‘lonn.. uululugg`` qqaasasamm bubu-- oonnaaggaa qqaassaamm,,


bbuuyyuukk qqaassaamm bubu-- yyuurrtgtgaa,, bbeegguummoonn!! MMirzirzoo
Sana:_________________________ 18-Mavzu:―Jahon axbort tarmog’idagi tahdidlar! Kun shiori:"Internetdagi tahdidlardan himoya"
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish. Ma'lumki, dunyoda kechayotgan murakkab g'oyaviy jarayonlar, ayrim mintaqalarda avj olayotgan nizolar, internet tarmog'i orqali tarqatilayotgan axborot xurujlari bugun sog'lom fikrli har bir kishini tashvishga solmasdan qo‘ymaydi. Ayniqsa o‘rgimchak
to‘ri deb ataluvchi internet tarmog'i orqali tarqatilayotgan axborot xurujlari insonlarni ma'naviy jihatdan qoloq qilib, davlatlar o‘rtasidagi nizolarga sabab bo‘lmoqda. Poytaxtimizdagi IIV Yong'in xavfsizligi oliy texnik maktabida bo‘lib o‘tgan tadbir ham O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan yaratilagan "Internetdagi tahdidlardan himoya" nomli kitob taqdimotiga bag'ishlandi.Tadbirda Yong'in xavfsizligi oliy texnik maktabi professor-o‘qituvchilari, kursantlari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining ulamolari
ishtirok etishdi. Unda so‘z bevosita glaballashuv davrining yutuqlaridan biri bo‘lgan internet , uning bugungi kundagi ijobiy va salbiy jihatlari, ma'naviy rivojlanmagan fuqarolar ongida internet so‘zining qay tarzda shakllanishi haqida bordi. Qolaversa, biz yashayotgan hozirgi murakkab davr mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarimizda xushyorlik va ogohlikni kuchaytirishni taqozo etmoqda. Ta'kidlash kerakki, ushbu yo‘nalishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoshlarni internetdagi axborot xurujlaridan himoya qilish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash vazifasi belgilangan edi. Mana shu topshiriqqa hozirjavoblik bilan O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilib, soha mutaxassislarining qimmatli fikrlari olindi va eng zamonaviy pedagogik uslublardan foydalangan holda "Internetdagi tahdidlardan himoya" nomli kitob yaratildi.Shuningdek soha mutaxassislari mazkur asar yoshlarni ma'naviy xurujlardan himoya qilishga qaratilgan ilk o‘quv qo‘llanma ekanligini e'tirof etishdi. Zero, mazkur kitobning O‘zbekiston Matbuot
va axborot agentligi tomonidan o‘tkazilgan respublika ko‘rik tanlovida "Yilning eng yaxshi kitobi" deb topilgani ham uning naqadar dolzarb va e'tiborga molik nashr ekanini anglatadi.Ma'lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, mazkur kitob o‘tgan 2015 yilning oxirlarida to‘rt ming nusxada nashr qilindi. Ma'ruzachilarning so‘zlariga ko‘ra, kitobda, ―Sog'lom e'tiqodga tahdid‖, ―Jahon axborot tarmog'idagi fitnalar xuruji ‖, ―Axborot xurujidan himoya‖, ―Bekorchilik va buzug'chilik turlari‖ kabi o‘nta band va qirq yettita mavzu jamlangan. Albatta, bunday adabiyotlar har bir ta'lim dargoxining kutubxonasida bo‘lishi zarur. Shundagina yoshlarni internet tarmog'i orqali vujudga
kelayotgan salbiy holatlardan himoya qilish mumkin.

Yüklə 308,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin