Davlat bujeti daromadlari va soliq stavkasi o`rtasidagi bog`liqlikni A.Laffer asoslab bergan. Uning mulohazalariga ko`ra ,<< korparatsiyalar daromadiga soliq stavkasini xaddan tashqari oshirish, ularning kapital quyilmalariga bo`lgan rag`batini susaytiradi,fan- texnika taraqqiyotini va iqtisodiy o`sishni sekinlashtiradi hamda bular oxir oqibatda davlat budjeti-ga tushumlarni kamaytiradi. Aksincha soliq stavkalarining pasaytirish jamg`armalar investitsiyalar va bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan daromad hajmining o`sishini ta`minlaydi.>>
Soliq
stavkasi
Davlat budjetiga tushumlar.
Soliq stavkasining optimal miqdori ( R1) davlat budjetiga eng yuqori tushum (V1)ni ta`minlaydi.
3. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga bo`lgan talab va pul taklif. Pul o`z vazifalarini bajarish jarayonidagi to`xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.
Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat.
Milliy pul birligi ( so`m , dollar , iena, funt sterling, marka, va h.k.);
Naqd pul muomalasida qonuniy to`lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog`oz, tanga va kredit pullar tizimi;
Pul emissiyasi, ya`ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
Pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi.
Naqd pul muomalasi: Muomalada mavjud bo`lgan pul massasi naqd va kredit pullarni qo`shish yo`li bilan aniqlanadi.
Muomalani ta`minlash uchun zarur bo`lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog`liq:
Tovarlar va xizmatlar qancha ko`p bo`lsa, ularning narxi qancha baland bo`lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko`p pul miqdor talab qilinadi.