Inflatsiyaga qarshi aniq o`ylangan siyosat o`tkazish muhim shartlaridan biridir. Eng avvalo inflatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim.
Inflatsiyaga qarshi siyasatning negizini pul miqdorining o`sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o`sishi bilan bog`lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilishi zarur.
So`mning barqarorligini ta`minlashda naqd pul emissiyasining o`sishiga, aholi qo`lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo`l qo`ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega.