Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


-mavzu: Ta’lim muassasalarini Davlat attestatsiya va akkreditatsiyadan



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

2-mavzu: Ta’lim muassasalarini Davlat attestatsiya va akkreditatsiyadan 
o‘tkazish. ( 2 soat nazariy mashg‘ulot)
Davlat attestatsiyasining mohiyati, akkreditatsiya guvohnomasini taqdim etish 
shartlari, maktab boshqaruvi, o‘qituvchilarning bilim saviyasi, o‘quv, moddiy-
texnika 
bazasi, 
pedagogning 
kasbiy 
salohiyati, 
maktabdan 
tashqari 
mashg‘ulotlarning o‘quvchining intellektual rivojlanishidagi o‘rni. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori. Ta’lim muassasasini 
huquqiy me’yoriy xujjatlari, “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi” Nizom, Davlat 
ta’lim standartlari. o‘quv reja, o‘quv dastur.
3-mavzu: Ta’lim muassasasida uzluksiz metodik xizmatni samarali tashkil etish 
va boshqarish. ( 2 soat nazariy mashg‘ulot)
Ta’lim muassasasida metodik xizmat uzluksizligini ta’minlashda rahbarning 
vazifalari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Metodik birlashmalar”, “Metodik 
kengash” va “Pedagogik kengash” faoliyatlarni tashkil etish. Uzluksiz metodik 
xizmatning ta’lim muassasasi pedagog kadrlari salohiyatini oshirishdagi ahamiyati.
Amaliy mashg‘ulotlar mazmuni 
1-mavzu: Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarishni tashkil etish (2 soat 
amaliy mashg‘ulot)
Ta’lim muassasalarini boshqarishda maktab rahbariga qo‘yiladigan talablar va 
ularning pedagogik imkoniyatlari. Maktab rahbarining vaqtdan unumli foydalana 
olish madaniyati.
Ta’lim muassasasi rahbari faoliyatida uchrab turadigan muammolar va ularni 
bartaraf etish yo‘llari. Zamonaviy boshqaruv tizimida maqsad va vazifalarning o‘rni.  
2-mavzu: Ta’lim muassasasining huquqiy-me’yoriy hujjatlari. Davlat ta’lim 
standartlari. (4 soat amaliy mashg‘ulot)
Ta’lim muassasasining huquqiy-me’yoriy hujjatlari. Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida nazoratda bo‘lgan o‘quv, tarbiyaviy, pedagogik xujjatlar va ularni 
saqlanish tartibi. O‘quv-pedagogik hujjatlar. O‘quvchilar harakati daftari. Maktab 
pedagogik kengashi bayonnomalari daftari. Buyruq daftarlarini yuritish. Dublikat 
shahodatnoma olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi. Qoldirilgan va o‘rni 



to‘ldirilgan darslarni hisobga olish daftari. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar 
harakatini amalga oshirish tartibi. Xorijda ta’lim olib qaytgan o‘zbekiston fuqarosi 
farzandlarini- maktabga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar.
Rasmiy 
yozishma 
qoidalari.(rasmiy 
xatlarga 
javob, 
buyruqlarni 
rasmiylashtirish va tayyorlash, nazorat kartochkalarga rezolyusiyani quyish, metod 
kengash bayonnomalarini rasmiylashtirish x.q.).
Davlat ta’lim standartlari. Ta’lim sifati va uni belgilovchi omillar. Ta’lim 
sifatini ta’minlashda rahbar o‘rni. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim 
muassasasi pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi” to‘g‘risidagi 
Nizomi asosida tashkil etiladi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin