Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


tzg‘risidagi Nizomda to‘liq berilgan



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

tzg‘risidagi Nizomda to‘liq berilgan  
Metodbirlashma quyidagi masalalarni amalga oshiradi:  
ta’limni sifat samaradorligini oshirish bo‘yicha me’ѐriy va metodik 
hujjatlarni o‘rganish;
sinfdan-sinfga ko‘chirish bo‘yicha yakuniy nazorat ishlarini, attestatsiya 
materiallarini tayѐrlaydi;
fanlarning o‘qitilishi bo‘yicha maktab ichki nazorati natijasi bo‘yicha 
tanishish;
metodik ishlanmalar bilan tanishish maqsadida ochiq darslarni 
tashkillashtirish;
ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish ya’ni, fan bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini 
olib borish, fan bo‘yicha DTS ijrosi bo‘yicha yagona talab ishlab chiqish;
fanlar bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlarini o‘tkazish tizimini ishlab 
chiqish;
fanlar bo‘yicha dars o‘tish metodlarini tahlil qilish;
o‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan ehtiѐjini aniqlash va ularni 
ehtiѐjlari asosida malaka oshirish turlarini tavsiya etgan buyurtmalar berish hamda 
kurslaridan o‘tgandan so‘ng va ijodiy xizmat safarlaridan so‘ng tayѐrlagan 
hisobotlarini eshitish;
fan oyliklari, fan olimpiadalari, bilimlar sinovi, konkurslar, ilmiy 
konferensiyalarni uyushtirish;
hozirgi zamon talabi darajasida fan kabinetini, darsni jiho-z-lash 
maqsadida o‘quv ko‘rgazmali qurollar ta’minotiga erishish.
Metodbirlashmalarda muntazam o‘tkazib borish lozim bo‘lgan metodik 
tadbirlarning eng muhimlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Turli fanlar bo‘yicha metodbirlashmalar ichida fan o‘qituvchilaridan iborat 
trenerlar kengashi tuziladi va uning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
maktabda muayyan fanning o‘qitilish ahvoli, berilaѐtgan ta’limning sifati, 
samaradorligini aniqlash, mavjud muammolarni tahlil qilish, kamchiliklarni bartaraf 
etishning ilmiy pedagogik jihatlarini o‘rganish va shu asoslarga tayangan holda 
pedagogik chora-tadbirlar rejasini tuzish;


97 
tuman fan uyushmalari bilan kelishgan holda, o‘quvchilar bilim, ko‘nikma 
va malakasini DTSga moslik darajasini aniqlash uchun o‘quv dasturining 
bo‘limlariga muvofiq keladigan nazorat materiallarini ishlab chiqish;
o‘z o‘quv fani bo‘yicha DTS mazmunini ifoda etuvchi o‘quv-me’ѐriy 
hujjatlar bilan turli sinflar uchun ta’minlanganlik darajasini aniqlash va mavjud 
kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif kiritish;
metodbirlashma a’zolarining ta’lim sifatini yaxshilashga oid takliflarini 
o‘rganib chiqish va ularni amaliѐtga tatbiq etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;
fan o‘qituvchilariga muntazam tarzda dars samaradorligini oshirishga oid 
metodik tavsiyalar berib borish;
metodbirlashma a’zolarining o‘z ustilarida mustaqil, majburiy-ixtiѐriy 
ravishda malaka oshirishlariga amaliy ѐrdam ko‘rsatish maqsadida yangi chop 
etilgan metodik qo‘llanmalar, ilmiy metodik tavsiyalar, ilmiy adabiѐtlar, ta’lim 
sohasidagi muammolarni ѐrituvchi gazeta va jurnallar, boshqa turdagi metodik 
yangiliklar bilan tanishishlariga sharoitlar yaratish;
fan o‘qituvchilariga o‘z ustida mustaqil ishlashning ijodiy rejalarini 
tuzishda va unda o‘quv-tarbiya jaraѐnini hamda o‘z kasbiy mahorati va ilmiy-
pedagogik malakasini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha yo‘nalishlarni to‘liq 
qamrab olishlariga metodik va amaliy ѐrdam ko‘rsatish;
metodbirlashmalar tarkibidagi ijodiy guruhlar o‘z navbatida jamoaning 
o‘ziga xos ―g‘oyaviy markazi‖ hisoblanib, ilg‘or ta’lim texnologiyasini joriy etish, 
yangi metodlarni qo‘llash borasida izlanish olib borish;
o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarining DTSga moslik darajasini 
aniqlash bo‘yicha metodbirlashma tomonidan o‘tkaziladigan nazorat ishlari 
materiallarini o‘rganib, chuqur tahlil etish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni 
aniqlash, xulosalar chiqarish hamda ularni to‘ldirish bo‘yicha aniq vazifalar 
belgilash.
2. Metodbirlashmalarda maktabdagi pedagogik muammolarning ma’lum 
yo‘nalishini hal etish sohasida, chunonchi, o‘qituvchilarning kompyuter 
savodxonligini oshirish, axborot-kommunikatsiya tizimlarining mazmun-mohiyatini 
o‘rganish, ilg‘or pedagogik texnologiyani ta’lim jaraѐniga tatbiq etish masalalari 
bo‘yicha doimiy ish olib boruvchi seminar mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
3. Metodbirlashma muayyan fan o‘qituvchilarining har birida ―Ijodiy 
izlanish rejasi‖ (―SHaxsiy uzluksiz malaka oshirish rejasi‖) bo‘lishiga erishish va 
rejani bajarilishi haqida muntazam ravishda metodbirlashma yig‘ilishlari (zarur 
bo‘lganda, pedagogika kengashlari)da ijodiy ishlari taqdimoti o‘tkazib boriladi.
4. Metodbirlashmada fanlar bo‘yicha takomillashtirilgan- DTS va 
modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlovchi 
hamda tajribada sinab ko‘rilgan ilg‘or ta’lim metodlari banki vujudga keltiriladi.
5. Metodbirlashma faoliyatida ―Ustoz-shogird‖ an’anasiga amal qi-li-ngan 
holda, ѐsh mutaxassislarga tajribali pedagoglarni biriktirish, iqtidorli o‘quvchilar 
bilan yakka tartibda ѐki guruh tarzida ishlash tajribasi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda 
metodbirlashmalar ijodiy guruhlarining maktab metodik kengashi hamkorligida 
ishlab chiqilgan ―Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ular bilan muntazam 


98 
shug‘ullanish yo‘li bilan ularning iste’dodini oshirishning majmua dasturi‖ga amal 
qilinadi.
Ushbu dastur o‘qituvchilarni yangilikka intilishga va izlanishga chorlovchi, 
mustaqil ravishda o‘z bilim va malakasini oshirib borishni ta’minlovchi, zamonaviy 
ilg‘or ta’lim texnologiyalari bilan tanishishlari va ularni erkin o‘zlashtirishlariga 
imkon beruvchi, ilmiy-metodik izlanish olib borishlariga sharoit yaratuvchi testlar, 
so‘rov-anketalari, metodik ishlanmalar, interfaol ta’lim usullarining namunalari, 
shuningdek, o‘qituvchi ijodkorligini aniqlashning reyting ko‘rsatkichlari va xat 
hujjatlar majmuasidan iborat bo‘ladi.
Ta’lim jaraѐnida shaxsning individualligi va o‘ziga xos xususiyatligiga 
e’tibor berish, o‘quvchining shaxsiy qiziqishlari va rivojlanishi, uning haѐtiy 
maqsadlarini ro‘ѐbga chiqarish vazifasining bajarilishi barcha bosqichlarida 
ta’minlanishi lozim. YA’ni, o‘quvchilarning qiziqishlari va iqtidoriga qarab o‘qitish 
tabaqalashtirilgan ѐki moslashtirilgan variativ shakl, metod va vositalar bilan 
qurollantirilishi lozim.
Maktab oldida turgan muhim pedagogik muammolardan yana biri, 
o‘qituvchilar jamoasining ilmiy-pedagogik va kasbiy mahorati, ularning salohiyatiga 
bog‘liq holda vujudga keladigan muammolarni hal etish, maktabda ijodkor 
o‘qituvchini aniqlash va uning faoliyatini o‘rganish tashxis dasturini ishlab 
chiqishdan iboratdir. Ushbu hujjat o‘qituvchilarni yangilikka intilish, izlanishga 
chorlovchi, mustaqil ravishda o‘z bilim va malakalarini oshirishni ta’minlovchi, 
ilg‘or ta’lim texnologiyalari bilan tanishishlari va ularni o‘zlashtirishlariga imkon 
yaratuvchi, ilmiy-metodik yangiliklarni qo‘llashga undovchi testlar, so‘rovnomalar, 
metodik ishlanmalar, interfaol ta’lim metodlarining tavsifi va namunalari, 
shuningdek, o‘qituvchi ijodkorligini aniqlashning reyting ko‘rsatkichlari kabi 
hujjatlar majmuasidan iboratdir.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin