Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


-mavzu: Ta’lim muassasasida metodik ishlarga rahbarlik va metodik xizmat



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

 
6-mavzu: Ta’lim muassasasida metodik ishlarga rahbarlik va metodik xizmat 
uzluksizligini ta’minlash 
( 2 soat amaliy mashg‘ulot) 
Amaliy mashg‘ulotdan maqsad: tinglovchilarda ta’lim muassasasida metodik 
ishlarga rahbarlik va metodik xizmat uzluksizligini ta’minlashga oid bilimlarni 
rivojlantirish
Amaliy mashg‘ulot kichik guruhlarda turli interfaol metodlardan foydalaniladi.
1-guruh uchun topshiriq – ta’lim muassasasida metodik ishlarga rahbarlik
2-guruh uchun topshiriq – ta’lim muassasasida uzluksiz metodik xizmatni tashkil 
etish
Ta’lim muassasasida metodik ishlarga rahbarlik  
Ta’lim muassasasida uzluksiz metodik xizmatni asosini tashkil etuvchi bo‘g‘inlar 
pedagogika kengash, metodik kengash va metodika birlashmasi hisoblanadi.
Pedagogik kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:  
ta’lim muassasasi pedagogik jamoa faoliyatini, o‘quvchilarning majburiyati, 
DTS talablarini bajarish, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini ko‘tarish chora-
tadbirlarini belgilash;
o‘quvchilarga ta’lim berishda ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalar va 
axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishni o‘rganish va chora-tadbirlarini 
belgilash;
o‘quvchilarni ma’naviy yuksak, umuminsoniy milliy ruhda, o‘z vatani xalqini 
ardoqlovchi, tinchlik va barqarorlikka qaratilgan milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash 
yuzasidan takliflar berish;
ta’lim muassasasini maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni 
rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash;
ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jaraѐnini tashkil etishda va ta’lim 
samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlar qabul 
qilish;
pedagogik jamoaning ma’lum yo‘nalishlardagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy 
xulosa chiqarish;
ta’lim muassasasi jamoasi uchun o‘z vakolati doirasida me’ѐriy talablarni ishlab 
chiqish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish.
Maktab pedagogik kengashi o‘z faoliyatini tasdiqlangan Nizom asosida olib boradi. 
Pedagogik kengash maktab boshqaruvida eng yuqori organdir. Uning tarkibini ilg‘or 
o‘qituvchilar, o‘quvchilar, sardorlar, mahalla ahli, homiy tashkilot vakillari tashkil etadi va 
u o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi:


95 
maktab istiqbolini belgilash, strategiya va taktikasini amalga oshirish, har 
tomonlama hamkorlik o‘rnatish orqali maktabda DTSning o‘quvchilar tomonidan 
o‘zlashtirilishini kafolatlash;
o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan yangilik, ilg‘or pedagogik texnologiya, 
tajriba-sinov ishi natijalari va chet el tajribalari, shuningdek, shaxsiy malaka oshirish orqali 
pedagogik jamoaning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirishga xizmat qilish.
Ko‘pincha pedagogik kengash va ishlab chiqarish majlislarida shaxsan rahbar ѐki 
uning o‘rinbosari ma’ruza qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa, boshqaruvda har doim samara 
beravermaydi. Ushbu ishlarga metodbirlashma rahbarlari va ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan 
pedagoglarni ham jalb etish zarur. Kengash va turli yig‘ilishlarga tayѐrgarlik ko‘rishda 
rahbar quyidagilarga rioya qilishi lozim:
kengash mavzusini ta’lim mazmunini takomillashtirish va rivojlantirishlarga 
yo‘naltirilgan aniq va ravshan tanlay bilish;
maqsadni oldindan aniq belgilash;
kengashdan kutilaѐtgan natijalarni oldindan ko‘ra olish;
o‘rinli, amaliy, ijro etish mumkin bo‘lgan tavsiyalar qabul qilish va vazifalar 
belgilash;
Rahbar chiqishlar uchun mo‘ljallangan ma’ruzalarni tayѐrlashda quyidagilarga 
amal qilishi lozim:
ma’ruza mavzusi qisqa, maqsadi aniq va reja asosida bo‘lishini ta’minlash 
Metodbirlashmalarning vazifalari:
1. Tegishli yo‘nalish ѐki o‘quv fanini o‘qitishga doir me’ѐriy va metodik 
hujjatlarni o‘rganadi, ularni o‘quv jaraѐniga tatbiq etish usullarini ko‘rsatib beradi.
2. O‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan 
yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop adabiѐtlar bilan muntazam 
tanishtirib boradi.
3. Fanlar bo‘yicha taqvimiy-mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etadi. 
SHuningdek, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o‘qituvchilar tomonidan 
tayѐrlangan sinov materiallarini tasdiqlaydi.
4. Malaka oshirishga yuboradigan o‘qituvchilarni oldindan rejalashtiradi, 
malaka oshirishdan qaytgan o‘qituvchilarning hisoboti o‘z vaqtida metodbirlashma 
yig‘ilishlarida tinglab boriladi va ularni taqdimotlarini tashkil etadi.
5. Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganishni tashkil qiladi va 
ommalashtiradi.
6. Davlat ta’lim standartlari talablari, o‘quv rejasi va dasturlari bajarilishining 
ta’minlanishiga metodik ѐrdam ko‘rsatadi.
7. Tashqi va ichki nazorat natijalariga ko‘ra, DTS talablari bajarilishida 
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf 
etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
8. Tegishli yo‘nalish ѐki fan bo‘yicha ta’lim muassasasida metodik 
ta’minotga bo‘lgan ehtiѐjni aniqlaydi.
9. O‘quvchilarga chuqur bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga 
ѐrdam berish maqsadida o‘qitishning ilg‘or usullarini joriy etishni tashkil qiladi.
10. O‘qituvchilarning darslarini o‘zaro kuzatish tashkil qiladi, natijalarni 
tahlil qilib mutaxassislarga amaliy ѐrdam beradi.


96 
11. O‘qitish metodlarini o‘rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil qiladi, 
ilg‘or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o‘rganadi, umumlashtiradi va 
ommalashtiradi.
12. O‘quv jaraѐniga o‘qitish metodikasining zamonaviy va samarali 
usullarini olib kiradi, o‘quv fani bo‘yicha yangiliklarni qo‘llashga doir metodik 
ko‘rsatmalar berib boradi.
13. YOsh mutaxassislarga metodik ѐrdam beradi. Ustoz-shogird tizimini 
shakllantiradi.
14. YAngi o‘quv dasturi, darslik, metodik qo‘llanma va boshqa metodik 
ishlarni yangi nashrlarni, shuningdek, fanga doir maqolalarni o‘rganadi va 
muhokama qiladi.
16. O‘quvchilarning DTS va o‘quv dasturi hajmi doirasida bilimlarini mavjud 
mezonlarga rioya etishni nazorat qiladi. IZOH: qolgan vazifalar metodbirlashma 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin