106
O‘quvchilar harakati daftariga barcha o‘quvchilarning familiyasi va ismlari
sinflar bo‘yicha alifbo tartibida to‘liq ѐziladi (masalan, Nazarbekova Gulnoza). Har
o‘quv yili boshida (15 sentyabrgacha) maktab rahbari buyrug‘i asosida birinchi
sinfga qabul qilingan o‘quvchilar alohida betlarga, ѐzgi ta’til davomida boshqa
sinflarga qabul qilingan o‘quvchilar belgilangan sahifaga qayd etiladi. O‘quv yili
davomida direktor buyrug‘i bilan maktabga qabul qilingan o‘quvchilar sinf
sahifalariga bir haftadan kechiktirmasdan qayd etiladi.
Har bir sinf uchun ajratilgan sahifada maktabga qabul qilingan o‘quvchilarni
qayd etish uchun 15 qatordan kam bo‘lmagan bo‘sh joy qoldiriladi.
YOzgi ta’til davomida maktabdan ketgan o‘quvchilar haqida (maktab rahbari
buyrug‘i bilan rasmiylashtirilganidan so‘ng) 15 sentyabrgacha, o‘quv yili davomida
ketgan o‘quvchilar haqida (tegishli buyruq qabul qilinganidan so‘ng) bir hafta
muddatda harakat daftariga tegishli ѐzuvlar kiritiladi («Eslatma» ustuniga «ketgan»
so‘zi va buyruqni qabul qilish sanasi va soni qayd etiladi).
Maktabni bitirib ketgan o‘quvchilarga «Eslatma» ustunida «maktabni
bitirgan» deb ѐziladi va tegishli pedagogik kengash qarorining sanasi va tartibi qayd
etiladi.
Maktabdan ketgan o‘quvchi ma’lum vaqtdan keyin maktabga qayta qabul
qilingan taqdirda uni yuqoridagi tartibda rasmiylashtirish maqsadga muvofiqdir,
ya’ni o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar qaytadan kiritiladi. SHu bilan birga avvalgi
ѐzilgan satrda «Eslatma» ustunida o‘quvchining maktabdan ketganligi haqidagi ѐzuv
tepasiga yangi qabul haqidagi buyruqni qayd etish mumkin.
Daftardagi ѐzuvlar xatosiz va aniq bo‘lishi shart. Barcha tuzatishlar
izohlanadi va maktab rahbari tomonidan imzolanadi.
Daftarning har bir sahifasi raqamlanadi, ip bilan tikiladi, tuman(shahar) xalq
ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
Dostları ilə paylaş: