108
ko‘riladi va shu asosda ma’lumotnoma asosida fuqaro tomonidan gazetaga e’lon
beriladi.
Gazeta e’loni muddati 1 oy o‘tganidan so‘ng fuqaro qaytadan maktab
rahbariga ѐzma ariza bilan murojaat etadi va gazeta e’loni asl nusxasi,
topilmalar
stolidan ma’lumotnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan nusxa ilova qiladi. Arizada
dublikat olishning sabablari batafsil baѐn etilib, avvalgi shahodatnomaning seriyasi,
raqami, berilgan vaqti aniq ko‘rsatiladi. Ariza quyidagi tartibda ѐziladi:
A R I Z A
Men (F.I.SH.) 2017 yil dekabr oyida yangi uyga ko‘chib o‘taѐtganimda (ѐki
boshqa sabablarga ko‘ra) 9-sinfni tugallaganligim haqida berilgan shahodatnomamni
yo‘qotib qo‘ydim. Men 2005 yilda 9-sinfni tamomlaganman va menga O`R-A
№1231451 raqamli shahodatnoma berilgan.
YUqoridagilarni inobatga olib, menga yo‘qotilgan shahodatnoma o‘rniga
dublikat blankasi berishingizni so‘rayman.
Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova tarzida taqdim etaman:
1. 2018 yil 10 yanvarda ―Turkiston‖ gazetasining 4-sonidagi yo‘qotilgan
shahodatnomani bekor qilish to‘g‘risidagi e’lon.
2. ―Topilmalar stoli‖ning 2018 yil 21 yanvardagi ma’lumotnomasi.
3. SHaxsimni tasdiqlovchi hujjatdan (pasport, tug‘ilganlik guvohnomasi)
ko‘chirma
Arizachining F.I.SH. (imzo) 2018 yil 15 fevral
Gazetaga e’lon berish namunasi:
(e’londa shahodatnoma egasining F.I.SH, yo‘qolgan shahodatnoma raqami,
seriyasi qachon va kim tomonidan berilganligi aniq ko‘rsatilishi shart)
Maktab rahbari arizani qabul qilib olganidan so‘ng, arizaga o‘z muno-sabat
belgisini (rezolyusiya) qo‘ygach, dublikat shahodatnoma berish to‘g‘risida
masala
maktab pedagogika kengashida muhokama qilinib, qarordan ko‘chirma tayѐrlanadi.
SHuningdek, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, dublikat oluvchiga avvalgi
shahodatnomani berish to‘g‘risida (bitirgan yilidagi) kengash qaroridan ko‘chirma,
shahodatnomaga qo‘yilgan baholar vedomostidan ko‘chirma, (agar buzilgan bo‘lsa,
yo‘riqnoma asosida tuzilgan dalolatnoma, familiyasi o‘zgartirilgan bo‘lsa,
Adliya
idoralarining ma’lumotnomasi, ѐngan shahodatnoma bo‘lsa, ѐng‘in xavfsizligi
idoralarining arxiv ma’lumotnomasi) hamda maktab rahbarining TXBdan dublikat
blank ajratish to‘g‘risidai xati (buyurtmasi) TXBiga topshiriladi.
Namuna
______________ tumanidagi _____-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Pedagogik kengashining 2018 yil 25 fevral 2 sonli qaroridan ko‘chirma
Kengashga raislik etuvchi: F.I.SH.-maktab rahbari
Ishtirok etuvchilar ____nafar maktab pedagogik jamoasi
Kun tartibi:
1. 2013 yilda 9-―A‖ sinfni tamomlagan Mirxabibova Marhabo
Maxmudovnaga berilgan O`R-A №1231451 raqamli shahodatnoma yo‘qolganligi
sababli dublikat shahodatnoma berish to‘g‘risida
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab rahbar N. Malikova axborot berdi.
2013 yilda 9-―A‖ sinfni tamomlagan Mirxabibova Marhabo Maxmudovna 2017 yil
fevral oyida yangi uyga ko‘chib o‘tganida unga berilgan O`R-A №1231451 raqamli
109
shahodatnomasini yo‘qotgan. M.Mirxabibova 2018 yil 15 fevralda yo‘qolgan
shahodatnoma o‘rniga dublikat shahodatnoma berishni so‘rab maktab ma’muriyatiga
ariza bilan murojaat etgan. SHuningdek, arizaga yo‘qolgan shahodatnomani bekor
qilish to‘g‘risida 2011 yil 10 yanvarda ―Turkiston‖ gazetasidagi e’lon, topilmalar
stolining 2018 yil 21 yanvardagi ma’lumotnomasi hamda pasportidan nusxa
hujjatlarini topshirgan. Unga berilgan shahodatnoma ―SHahodatnomalarni hisobga
olish va o‘quvchilarga topshirishni qayd etish daftari‖ning 18-betida 126-raqam bilan
qayd etilgan.
YUqoridagilarni inobatga olib, maktab pedagogika kengashi
QAROR QILADI:
1. 2013 yilda 9-―A‖ sinfni tamomlagan Mirxabibova Marxabo Maxmudovna
nomiga berilgan O`R-A №1231451 raqamli o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi
shahodatnoma yo‘qolganligi sababli fuqaro Mirxabibova Marxabo Maxmudovnaning
taqdim etgan hujjatlariga asoslanib bekor qilinsin.
2. Uch kun muddatda Mirxabibova Marxabo Maxmudovnaga yo‘qolgan
shahodatnoma o‘rniga toza shahodatnoma (dublikat) blankasi olish uchun TXBiga
ѐzma murojaat etilsin. (O‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariX.
Eshonxo‘jaevaga-muddat 3 kun).
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamga qoldiraman.
Kengash raisi, maktab rahbari (imzo) F.I.SH.
Kengash baѐnini olib boruvchi (imzo) F.I.SH.
Muhr
Mazkur
xat TXBda kirim qilinib, TXB mudiri tomonidan hujjatlar ko‘rilib
chiqilib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish uchun qat’iy nazoratdagi rasmiy davlat
hujjatlari bilan shug‘ullanuvchi moddiy javobgarlik yuklatilgan mas’ul xodimiga
munosabat belgisi (rezolyusiya) asosida tekshirib chiqadi va o‘rnatilgan tartibda
dublikat blankasi ajratish to‘g‘risida xat (buyurtma) tayѐrlab, TXB mudirining
imzosi bilan viloyatXTBga yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: