Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyadan ozod etish



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyadan ozod etish  
Fanlarni ijobiy o‘zlashtiraѐtgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiyadan tuman 
XTMFMT va TEB buyruqlari asosida quyidagi hollarda qisman ѐki butunlay ozod 
etiladilar:


116 
xalqaro va respublika miqѐsida o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida, sport 
musobaqalarida, turli ko‘rik-tanlovlarida bitiruvchilarning ishtiroki bevosita yakuniy 
attestatsiya davriga to‘g‘ri kelsa. Bunda bitiruvchi shu kunlardagi yakuniy 
attestatsiyadan ozod etiladi.
O‘quvchilarni yakuniy attestatsiyaga qo‘yish haqidagi pedagogika 
kengashi qarori namunasi  
QAROR QILADI:
1. 11-sinfning jami 27 nafar o‘quvchisidan 25 nafari yakuniy attestatsiyaga 
qo‘yilsin.
Mamadaliev 
Abror 
– Xitoy Respublikasida matematika fanidan 
o‘tkazilaѐtgan xalqaro fan olimpiadasida qatnashaѐtganligi;
Sobirov Dilmurod – Navoiy viloyatida ―Umid nihollari‖ sport musobaqasida 
qatnashaѐtganligi sababli xalq ta’limi vazirligining 2008 yil 4 martdagi 56-sonli 
buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―UO‘T oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi 
to‘g‘risida‖gi Nizomning 4-bo‘limi 4.2-bandi hamda tuman XTMFMTTE 
bo‘limining 2012 yil 21 maydagi ―O‘quvchilarni yakuniy attestatsiyadan ozod etish 
to‘g‘risida‖gi 104 –sonli buyrug‘i asosida musobaqalarda ishtirok etadigan kunlar 
o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiyalaridan ozod qilinsin.
ESLATMA: Yo‘riqnomaga muvofiq 9 va 11--sinf bitiruvchilarini yakuniy 
attestatsiyadan ozod qilish uchun tuman XTB larning buyruqlari asos bo‘ladi.
bitiruvchi yillik ijobiy baholarga ega bo‘lgan holda sog‘ligi tufayli yakuniy 
attestatsiyadan ozod etilgan taqdirda quyidagi hujjatlarga asoslangan holda buyruq 
qabul qilinadi:
– maktab joylashgan hududdagi davolanish muassasasi tibbiy-nazorat 
komissiyasining tibbiy xulosalari;
– maktab pedagogika kengashining qarori va direktorning rasmiy xati
o‘zlashtirish tabeli.
bitiruvchilarning yashash joyi o‘zgarishi (Respublikadan tash-qariga chiqish) 
munosabati bilan shu holatni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlari bo‘lsa, (bu holat mart-
aprel-may oylarida yuzaga kelsa) bunday bitiruvchilarga yakuniy attestatsiya-dan 
muddatidan avval topshirishlariga viloyat xalq ta’limi boshqarmasining buyrug‘i 
bilan ruxsat beriladi. Bunday hollarda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
fanlardan yakuniy attestatsiya, qolgan fanlardan esa sinovlar mazkur nizom talablari 
asosida o‘tkaziladi. YAkuniy attestatsiya va sinovlar maktab direktori tuzgan 
muvaqqat yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan va u tasdiqlagan jadval 
asosida o‘tkaziladi.
yakuniy attestatsiya davrida kasal bo‘lgan va yakuniy attestatsiya jaraѐni 
tugashigacha tuzalib kelgan bitiruvchilar maktab direktorining buyrug‘iga ko‘ra 
qoldirilgan fanlardan yakuniy attestatsiya tugagandan so‘ng ikki hafta o‘tgach 
yakuniy attestatsiyadan o‘tadilar.
o‘quvchilarning salomatligi bo‘yicha jismoniy tarbiya mashg‘u-lotlaridan 
ozod etilishlari, ularning maktabni bitirishlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.
YAkuniy attestatsiya o‘tkazish jaraѐnida yuqorida ko‘rsati-lgan Nizom 
talablarini buzgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida 
ko‘zda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llaniladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin