119
aholi manfaatlarini himoya qilish va ularning haq-huquqlarini muhofazalashda qonun
ustuvorligi hamda uning amaldagi ijrosi katta ahamiyat kasb etadi.
Tartib-intizom har joyda zarur. Ezgu maqsadga ham, yuksak samaradorlikka
ham tartib-intizom tufayligina erisha olamiz. O‘z navbatida, har bir davlat organining
vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda ijro intizomi muhim o‘rin egallaydi.
Davlat organiga kelib tushaѐtgan har bir hujjatni ro‘yxatga olish va uning ijro
muddatini belgilash qat’iy tartib asosida amalga oshiriladi.
Tashkilotda ijro intizomiga mas’ul xodimning o‘ziga xos jihatlari va
asosiy vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi?
Eng avvalo, ijro intizomini ta’minlashga qaratilgan normativ hujjatlarni
puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi
bilan birga, belgilangan talablar darajasida ishni tashkil
eta olish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmon,
qaror va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlari
hamda idoraning ichki hujjatlarida belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli
ijro etilishini nazorat qilish;
Ijro
intizomini
mustahkamlash
maqsadida
tegishli
nazorat
kartochkalarini o‘ratilgan tartibda yuritish;
Nazoratdagi xat va topshiriqlarning
ijroga olinganligi, ijrodan
chiqarilganligi, tegishli joyga yuborilganligi va bajarilish holati to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni qat’iy hisobini yuritish;
Ijro intizomiga rioya qilmagan va ijro intizomini buzgan mas’ul
xodimlarga nisbatan intizomiy chora ko‘rish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish.
O‘zbekiston
Respublikasi
Qonunlari,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining farmon,
farmoyish,
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Devoni hujjatlarining ijrosi bo‘yichatuman xalq bo‘limining hujjatlarini qayd qilish
DAFTARI (1b)
Vazirlar Mahkamasi (farmoyish, qaror, xat), Oliy Majlis (farmoyish, qaror,
xat) hujjatlarining ijrosi bo‘yicha TMFMTTET bo‘limining hujjatlarini qayd qilish
DAFTARI (2b)
Ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman
bo‘limining (buyruq, farmoyish, Hay’at qarori, baѐn, chora-tadbir, xat) hujjatlarini
qayd qilish DAFTARI (3b)
Turli tashkilot va idoralardan kelgan hujjatlarini qayd qilish DAFTARI (4b)
Fuqarolarning ѐzma va og‘zaki (rahbariyat qabulida bo‘lgan fuqarolar)
murojaatlarini qayd qilish DAFTARI (Fuqaro nazorat kartochkasi)
Asosiy faoliyatga doir buyruqlarni rasmiylashtirish DAFTARI (3b)
Muassasa tomonidan chiquvchi xat (rahbarlar imzolagan),
chora-tadbirlarni
qayd qilish DAFTARI
Dostları ilə paylaş: