Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Pedagogik diagnostika darajalari va tamoyillari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Pedagogik diagnostika darajalari va tamoyillari  
Pedagogik diagnostika turli bosqichlarda amalga oshiriladi. N.K. Golubev va 
B.P. Bitinas pedagogik diagnostika qilishning quyidagi darajalarini umumiy shaklda 
ta’riflaydilar.
Birinchi bosqich – komponentalik diagnostika
Ma’lumki, har qanday pedagogik holat va pedagogik jaraѐn ko‘p sonli 
xususiyatlar, 
belgilar, 
o‘lchamlar bilan tavsiflanadi. Ob’ektning alohida 
komponentlarini ajratib, keyin ularning ba’zilarini tavsifini olganda, pedagog 
komponentalik diagnostikani amalga oshiradi. Biroq komponentalik diagnostika 
beradigan istiqbollar har doim ham to‘la amalga oshavermaydi va past amaliy 
ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Diagnostika amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi uchun uni 
davom ettirish lozim.
Ikkinchi bosqich – tuzilmaviy diagnostika Tuzilmali diagnostika bosqichiga 
o‘tish pedagogning vazifasini murakkablashtiradi. U pedagogik jaraѐn alohida 
komponentlarining holatini aniqlashdan ular orasidagi aloqalarni aniqlashga o‘tadi. 
Boshqacha aytganda, ushbu bosqichda jaraѐnning tuzilmasi aniqlanadi, demak, 
pedagogik jaraѐn alohida komponentlari orasidagi bog‘liqlikning turli darajalarini 
aniqlash uchun taxminlarni ilgari surish imkoniyati paydo bo‘ladi. Guruhlash o‘rniga 


123 
tahlil usullari kelib chiqadi, ular ob’ektning alohida tomonlarini shakllantirish uchun 
tanlangan sharoitlarning to‘g‘riligi va natijaviyligi orasidagi bog‘liqlikning 
mavjudligini tasdiqlash ѐki inkor qilishga imkon beradi. Diagnostikaning bu 
bosqichida o‘lchamlar soni qisqaradi (asos qilib olingan ba’zi o‘lchamlar chiqarib 
tashlanadi, boshqalari umumlashtiriladi). Demak, natijalar amalda qo‘llanilishiga 
yaqin bo‘ladi. SHunga qaramay, faqat keyingi bosqichda diagnostika tugallanganlik 
ko‘rinishiga ega bo‘ladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin