Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Uchinchi bosqich – tizimli diagnostika
Bu diagnostika turi pedagogik jaraѐn alohida taraflarining vazifasini butun 
tizimli holat hamda ushbu jaraѐnni rivojlantirish vazifasi sifatida aniqlashga imkon 
beradi. Ushbu bosqichda nafaqat alohida komponentlar orasidagi aloqalarning to‘la 
ko‘rinishi namoѐn bo‘ladi, balki turli pedagogik tizimosti holatlarning o‘zaro 
bog‘liqligini aniqlash vazifasi ham qo‘yiladi. Ko‘p vaqtlar mobaynidagi kuzatish 
tanlanma tadqiqotlarining o‘zini mujassamlashtiradigan pedagogik diagnostika 
qo‘yilgan maqsaddan tortib yakuniy natijaga erishishgacha bo‘lgan pedagogik 
vaziyatlar zanjiri qay darajada rivojlanishini kuzatishga imkon beradi. Tizimli 
darajasida diagnostika tugatiladi.
SHuni ta’kidlash kerakki, pedagogik diagnostika barcha bosqichlarda 
cheklangan maqsadlarga erishishga etarli bo‘lgan ma’lum bir vazifani bajaradi. 
Bosqich turi pedagog qanday natijalarga erishmoqchi ekanligiga bog‘liq. Turli 
vazifalar pedagogik faoliyatning turli bosqichlarini nazarda tutadi.
Pedagogik diagnostika (tashxis) tamoyillari
Umuman olganda, pedagogik diagnostika tamoyillarini quyidagicha ta’riflash 
mumkin.
Butunlik tamoyili. Pedagogik diagnostikaning ushbu tamoyiliga rioya qilishda 
ob’ektni ma’lum o‘zaro bog‘liq komponentlardan tashkil topgan butun bir tizim 
sifatida ko‘rish lozim, chunki bunday ѐndashuv ob’ektning amal qilish mexanizmiga 
kirishga, uning tarkibiy qismlari o‘zaro ta’sir aloqalarining ko‘rinishini tuzishga, uni 
tugallangan bir narsa sifatida ko‘rishga imkon beradi.
Bosh zanjir (bo‘g‘in) tamoyili. Pedagogik jaraѐn va uni boshqarish shu qadar 
ko‘p qirrali va murakkabki, ularning har bir tarafini ѐki aloqalarini diagnostika qilish 
mumkin emas. Qabul qilish, pedagogik dalillarni ѐzib olish o‘zining ahamiyati va 
haqqoniyligi bo‘yicha ko‘p sonli xulosalarga olib keladi.
Ma’lumki, pedagogik jaraѐnga ko‘pgina, ba’zan tasodifiy omillar ham ta’sir 
qiladi. SHu sababli o‘rganilaѐtgan ob’ektning amal qilishiga ta’sir qilaѐtgan asosiy 
zanjir(bo‘g‘in)ni ajratib olish zarur. Bu hol jaraѐnni boshqarish bo‘yicha choralarni 
ishlab chiqishga va boshqa ahamiyatsiz va tasodifiy omillarning ta’sirini 
kamaytirishga imkon beradi. Biroq diagnostika qilish dasturini tuzishda diagnostik 
jaraѐn vaqtida bosh zanjir qo‘yilgan vazifalarning echilishiga qarab o‘zgarishi 
mumkinligini hisobga olish zarur.
Haqqoniylik tamoyili. Ushbu umumilmiy tamoyil butun diagnostik 
jaraѐnning o‘zgartirilishi bilan bog‘liq. Xususiyatlarni o‘rganib, ichki va tashqi 
aloqalarni tahlil qila turib, pedagog mavjud dalillarni tushuntirishga, pedagogik 
xulosalar chiqarishga, ma’lumotlarga o‘z munosabatini shakllantirishga harakat 
qiladi.


124 
Pedagogik jaraѐnda bir qancha sub’ektiv ma’lumot mavjud bo‘lganligi 
sababli ushbu tamoyilga rioya qilish muhimdir. SHuning uchun pedagog o‘ziga 
nisbatan o‘ta talabchan bo‘lishi, holatlarni baholashda, fikrlarini ifodalashda ilmiy 
ѐndashuvni qo‘llashi, ularni har tomonlama tekshirishi kerak.
Determenizm tamoyili. Bu tamoyil pedagogik holatlarning sabab-shartlarini, 
ular orasidagi aloqalar va bog‘liqliklarning turli qonuniyatlarini ta’kidlaydi.
Pedagogik holat ba’zida boshqa aniq holatlarning ta’siri natijasi sifatida 
paydo bo‘lishini tan olish kerak. Ehtimol, sabab va oqibat orasidagi aloqa bitta 
holatning ikkinchisini keltirib chiqarishidadir. SHuning uchun ushbu aloqani izlab 
topish pedagogik diagnostika qilishda sabablarni aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi.
Tahlil va sintez tamoyili. Pedagogik diagnostika ob’ekti bir qator omillardan 
tashkil topganligi sababli uning negizigacha darhol etib borishi mushkul. Buning 
uchun tahlil o‘rganilaѐtgan ob’ektning xaѐlan taqsimlanib ketishi sifatida 
qo‘llaniladi. Tahlil ѐrdamida diagnostika qilinaѐtgan ob’ekt qanday mustaqil 
elementlardan tuzilganligi, qanday aloqalar, munosabatlar bilan tavsiflanishi 
aniqlanadi. Bu harakatlar turli tavsiflar, belgilar, xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan. 
Taqsimlanish natijasida tuzilmaviy birliklar, aloqalar, o‘zaro ta’sirlar, o‘zgarishlar 
maqsadli o‘rganilaѐtgan predmetga aylanib qoladi.
Tahlil ob’ektning ajratilgan qismlarini xaѐlan yagona bir jismga 
birlashtirishga yo‘naltirilgan sintez bilan bog‘liq bo‘lishi sababli, tahlil va sintez 
diagnostik jaraѐnda bir-biri bilan uyg‘unlashadi.
Pedagogik diagnostika tamoyillari tizimining chegaralari, bizningcha, 
quyidagicha: ta’kidlash lozimki, mazkur tamoyillar pedagogik diagnostikaning 
barcha bosqich(daraja)larida qo‘llaniladi, lekin pedagog tomonidan qo‘llash 
koeffitsienti turlicha. U ѐki bu tamoyilning qo‘llanish xususiyati va ulushi har bir 
holatda maqsadi, hajmi va diagnostikaning tegishli bosqichi bilan aniqlanadi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin