Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Nazorat uchun savollar:  
1. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida nazoratda bo‘lgan o‘quv, tarbiyaviy
pedagogik xujjatlarni mazmuni va ularni saqlanish tartibi nimadan iborat?
2. 
Qatiy nazoratdagi xujjatlarga qanday xujjatlar kiradi?
3. 
Maktab pedagogik kengashi baѐnnomalari daftari qanday tartibda 
yuritiladi?


120 
4. 
Maktab buyruqlar daftari qanday tartibda yuritiladi?
5. 
O‘quvchilarning harakat daftari qaysi tartibda yuritiladi va unga javobgar 
qaysi rahbar?
6. 
Turli sabablarga ko‘ra yo‘qotilgan, o‘zgartirish kiritilgan, buzilgan 
shahodatnomalar o‘rniga toza shahodatnoma (dublikat) blankalarni qaysi tartibda 
beriladi?
12-mavzu: Pedagoglarning metodik ehtiѐjlarining diagnostikasini tashkil 
etish ( 2 soat amaliy mashg‘ulot) 
Amaliy mashg‘ulotdan maqsad: tinglovchilarda pedagoglarning metodik 
ehtiѐjlarining diagnostikasini tashkil etishga oid bilimlarni rivojlantirish 
Amaliy mashg‘ulot kichik guruhlarda turli interfaol metodlardan 
foydalaniladi.
1-guruh uchun topshiriq – pedagogik diagnostika – boshqaruv ma’lumotlarini 
olishning muhim vositasi sifatida
2-guruh uchun topshiriq - pedagogik diagnostika darajalari va tamoyillari
Pedagogik diagnostika – boshqaruv ma’lumotlarini olishning muhim 
vositasi sifatida  
Asl diagnostikadan tashqari ikkinchi muhim diagnostik mexanizm – bu 
monitoringdir.
Monitoring – tizimli diagnostika, olingan natijalarni standart natijalar bilan 
solishtirish, chetlashishlarni aniqlash, tahlil qilish, daraja va sabablarni baholash, 
asosiy qarorlarni qabul qilish, qabul qilingan choralarning natijaviyligini baholash va 
korreksiyalashdir.
Ekspertiza – eng murakkab va qiyin diagnostik mexanizm bo‘lib, unda 
diagnostika va monitoring alohida o‘rin egallaydi. Ekspertizaning muhim usullariga 
kuzatish, o‘tkazilgan diagnostika va monitoring natijalari bo‘yicha tuzilgan hujjatlar, 
chizmalar, jadvallar, diagrammalarni o‘rganish, savolnoma o‘tkazish, diagnostik 
kesimlar o‘tkazish va boshqa bir qator diagnostik usullar kiradi.
Boshqaruv jaraѐnining texnologiyasi, shu jumladan metodik ishlarni 
boshqarish texnologiyasi, ma’lumotlarni tahlil qilish jaraѐni sifatida 3 bosqichdan 
iborat:
– diagnostika– boshqaruv ob’ektining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
yig‘ish;
– olingan ma’lumotlarni tahlil qilish;
– ta’sir etadigan ma’lumotni berish.
SHu tariqa aytish mumkinki, tizimli, asl va tezkor ma’lumot olishning eng 
asosiy vositasi – bu pedagogik diagnostikadir.
Ta’lim muassasalarining ommaviy attestatsiyasi o‘tkazilaѐtgan hozirgi paytda 
rahbarlarning boshqaruv faoliyati davlat-ijtimoiy ekspertizaning bosh ob’ekti sifatida 


121 
maydonga chiqadi, diagnostika, monitoring va o‘zini-o‘zi ekspertizadan o‘tkazish 
esa umummaktab metodik ishlari tizimida alohida o‘rinni egallaydi.
Xulosa qilib aytganda, diagnostik ѐndashuv maktabning ichki metodik 
tizimida quyidagilarga imkon beradi: – pedagoglarning individual-shaxsiy 
xususiyatlari va ehtiѐjlarini ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishining barcha 
yo‘nalishlarida inobatga olish;
– pedagoglarning boshqaruv-metodik faoliyatining oraliq va yakuniy 
natijalarini xolisona baholash;
– ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni vujudga 
keltirishning istiqbollarini aniqlash;
– pedagogik jamoaning metodik faoliyatini jadallashtirish orqali har bir 
pedagogning kasbiy o‘sish dasturini belgilab olish;
– metodik ishlarni tashkil etishda nafaqat kasbiy bilimlarni egallashdagi 
o‘zaro ѐrdam muammosini, balki kichik ijodiy guruhlar, ilg‘or tajriba maktablarini 
tuzishda psixologik moslashuvning xususiyatlarini ham e’tiborga olish;
– pedagoglarning umummaktab va individual metodik ishlari bilan o‘z ustida 
ishlashi va rivojlanishi, dunѐqarashini boyitish ishlarining uzviy bog‘liqligini 
ta’minlash;
– maktab ichki boshqaruvi tizimining muhim va tarkibiy qismi bo‘lib 
hisoblangan ta’lim muassasasida metodik ishlarning muqobil rejalashtirilishini 
ta’minlash;
– har bir ta’lim muassasasi uchun muqobil mualliflik metodik tizimni 
loyihalashtirish va joriy qilish.
Demak, diagnostika va o‘zini-o‘zi diagnostika qilish zamonaviy diagnostika 
har bir pedagog va rahbarning faoliyatiga aniqlik kiritadi, ularni ta’lim-tarbiya va 
metodik jaraѐnni jadallashtirishga qaratilgan ko‘pgina amaliy vazifalarni hal qilishga 
yo‘naltiradi.
Diagnostika qilish boshqaruv piramidasini ag‘darib tashlaydi va pedagog 
shaxsini uning kasbiy ehtiѐjlari va talablari bilan birga birinchi ustunga chiqaradi.
Rahbarlar, pedagoglar va o‘quvchilar faoliyatining diagnostikasi va o‘zini-
o‘zi diagnostika qilish muammolari boshqaruv, ta’lim-tarbiya berish hamda 
o‘qituvchi va rahbarlarning malakasini uzluksiz oshirish tizimi bilan bog‘liq 
masalalarni echishda o‘ta dolzarb va ahamiyatli bo‘lib hisoblanadi. Diagnostika 
bolalar va pedagog kadrlar bilan ishlarni tashkil etishda, ularni rivojlantirish va 
metodik ishlar tizimining samaradorligini oshirishda ilmiy ѐndashuvni ta’minlaydi.
O‘z-o‘zini tahlil qilish uchun savollar:
– An’anaviy diagnostikaning asosiy kamchiliklari nimada?
– Zamonaviy va an’anaviy diagnostika tizimlarining far-qi nimada?
– Boshqaruv tizimida asosiy diagnostik mexanizmlarning ahamiyatli 
xususiyatlari nimada?
– Metodik ishlarni tashkil etishda diagnostik ѐndashuv qanday ahamiyatga 
ega?

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin