Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Maktab pedagogik jamoalarining shaxsiy tarkibini hisobga olish kitobi



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Maktab pedagogik jamoalarining shaxsiy tarkibini hisobga olish kitobi 
(saqlanish muddati 75 yil)  
Mazkur hujjat barcha maktablarda yuritiladi. Kitobga o‘qituvchilar birdan 
boshlab umumiy tartibda raqamlanib kiritiladi. YAngi qabul qilingan o‘qituvchi 
navbatdagi raqam bilan belgilanadi. O‘qituvchilar haqidagi hamma kerakli 


111 
ma’lumotlar qayd etilishi munosabati bilan kitobda har bir o‘qituvchiga kamida uch 
satr ajratiladi.
O‘qituvchilar haqidagi barcha ѐzuvlar tegishli hujjatlarga asoslanishi shart.
O‘qituvchilarning attestatsiyadan o‘tishi va malaka oshirishi haqidagi 
ma’lumotlar davriy ravishda kitobda qayd etiladi.
Kitob sahifalari raqamlanadi, tikiladi, maktab rahbari tomonidan imzolanadi 
va muhrlanadi.
Mavjud tuzatishlar maktab rahbari tomonidan izohlanib imzolanadi.
Umumiy o‘rta ma’lumot (11 yillik) to‘g‘risidagi shahodatnomalarni 
hisobga olish va o‘quvchilarga topshirishni qayd qilish kitobi (saqlanish 
muddati 75 yil)  
Kitobning birinchi qismi sahifalarida qabul qilib olingan va berilgan 
shahodatnoma (oddiy va a’lo darajali namunadagi) blankalari, ularning seriyalari va 
raqamlari, olingan sanasi, qabul qilib olish ѐki berish asoslari ko‘rsatilgan holda 
alohida-alohida qayd etiladi.
SHu sahifalarning o‘zida foydalanilmay qolgan toza va buzilgan 
shahodatnoma blankalari (seriya va raqamlari ko‘rsatilgan holda) alohida qayd 
etiladi. Mazkur blankalar xalq ta’limi boshqaruv organlariga qaytarib topshiriladi. 
Viloyat (tuman)XTB organlarining mas’ul xodimlari ushbu shahodatnoma 
blankalarini olganligi haqida imzo qo‘yaadilar.
Kitobning ikkinchi qismida umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchilari 
haqida ma’lumotlar qayd etiladi: familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan oyi, yili, kuni, 
ushbu maktabga qabul qilingan yili, shahodatnomada qayd etilgan baholari (ballar), 
bitiruvchining surati.
O‘quvchilarning o‘qishni bitirgan yili, ularning ism-sharifi ro‘yxati oldidan 
sahifaning birinchi satriga ѐziladi.
Umumiy o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnomalarni berish uchun 
maktab pedagogik kengashining qarori asos bo‘ladi. Pedagogik kengash qarorining 
sanasi va baѐnnoma tartibi ѐziladi.
Bitiruvchi shahodatnomani olganligi haqida «___ raqamli shahodatnomani 
____ yil _____(kun) ______(oy)da oldim» deb ѐzadi va imzosini qo‘yadi.
A’lo darajali shahodatnomani olgan bitiruvchi «a’lo darajali, ____ raqamli 
shahodatnomani ____ yil ___(kun) ____(oy)da oldim» deb ѐzadi va imzosini 
qo‘yadi.
SHahodatnomaning dublikati berilganda shu kitobda quyidagicha ѐzuv qayd 
etiladi: tartib raqami ustuniga «dub-likat» so‘zi, ikkinchi ustunga dublikat seriyasi va 
nomeri ѐziladi, baholar qo‘yiladigan ustunlarga ____ yil ___(kun) ____(oy)da 
berilgan ____sonli yo‘qotilgan(ѐki buzilgan) shahodatnomaning asl nusxasi o‘rniga» 
so‘zlari ѐziladi, «olganligi haqida imzosi» ustuniga esa shahodatnomani oluvchi 
«____ raqamli shahodatnoma dublikatini ____yil ___(kun) ____(oy)da oldim» deb 
ѐzadi va imzosini qo‘yadi.
Asl nusxasi berilgan sahifada asl nusxasining raqami ustidan chiziq chizilib, 
ѐniga «yo‘qolgan (buzilgan); ____ raqamli dublikat berilgan» deb qayd etiladi.
Eksternat tartibida imtihon topshiruvchilar haqida ham ma’lumotlar ushbu 
kitobga kiritiladi, «Ushbu maktabga qabul qilingan yili» ustuniga «ekstern» so‘zi 
ѐzib qo‘yiladi.


112 
Kitobga kiritilgan barcha bitiruvchilarning ro‘yxati oxirida maktab direktori, 
uning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va sinf rahbarlari imzolari qo‘yiladi 
hamda maktabning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Kitobdagi barcha tuzatishlar maktab direktori tomonidan izohlanadi, 
imzolanadi va muhrlanadi. Kitobdagi ѐzuvlar ravon, bir xil rangli siѐh ѐki sharikli 
ruchkada ѐzilishi kerak(amalda qabul qilingan rangda).
Ayrim 
sabablarga 
ko‘ra, bitiruvchiga shahodatnoma o‘z vaqtida 
topshirilmagan bo‘lsa, ushbu hujjat bitiruvchi olgunga qadar to‘ldirilgan holda 
maktab direktori seyfida saqlanadi. To‘ldirilmagan blankalarni maktabda saqlash 
qat’iyan man etiladi.
Kitobning sahifalari raqamlanadi, tikiladi, tuman-(shahar) xalq ta’limi 
bo‘limi mudiri tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin