110
Buyruqlar har bir o‘quvchiga alohida ѐziladi. Ta’lim muassasasida ish
yuritish va uni nazoratga olish eng mas’uliyatli faoliyat turlaridan hisoblanadi.
SHuning uchun bu ishga mas’ul xodimlarni tanlab, joyiga qo‘yish muhimdir. Har bir
yo‘nalishga mas’ul xodim muassasa rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
Jumladan:
1. Pedagogika Kengashi kotibi –
hujjatlarni mukammal biladigan, Kengash
yig‘ilishlarida masalalar muhokama qilinishi jaraѐnini stenografik tarzda ѐki tezkor
qog‘ozga tushirib olishga qodir bo‘lgan, grammatik va stilistik xatolarga yo‘l
qo‘ymaydigan, chiroyli ѐzadigan, oliy ma’lumotli o‘qituvchilar orasidan saylanadi va
buyruq bilan tayinlanadi. Bu xodim jamoatchilik asosida ish olib boradi va tegishli
bayramlarda alohida rag‘batlantirish ko‘zda tutib boriladi.
2. Buyruqlarni rasmiylashtiruvchi kotib – imkon qadar oliy ma’lumotli
pedagoglar orasidan buyruq bilan tayinlanadi. Unga xodimlarning mehnat
daftarchalarini, muassasaning buyruqlar daftarini yuritish vazifasi yuklatiladi. Bu
ishlar xodimlarning keyingi taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgani uchun o‘ta ziyraklikni talab
etadi. Bu xodim uzluksiz ravishda mehnat daftarchalari
va buyruqlarni
rasmiylashtirish yuzasidan qabul qilingan o‘zgarishlar, yangiliklardan xabardor
bo‘lib turishi lozim. SHuni nazarda tutib, aksariyat muassasalarda mazkur vazifa
muassasa rahbarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga yuklatilgan.
3. Muassasaning ish yurituvchisi – kirish
va chiqish hujjatlarini
rasmiylashtiruvchi kotiba (ko‘p holda uni ―direktor kotibasi‖ ham deyiladi). Ushbu
lavozimga shtat birligi ajratilgan muassasalarda kadr tanlashga alohida ahamiyat
qaratish va bu o‘ringa mas’uliyatni chuqur his qiladigan, barcha bilan birdek
muomala
qila olish madaniyatiga ega, kompyuter texnikasini mukammal biladigan,
imkon darajasida ―Ish yurituvchi – kotib (a)‖ kurslarini bitirgan, kamida o‘rta
maxsus ma’lumotga ega shaxsni tanlash lozim bo‘ladi.
Uning funksional vazifalari boshqa xodimlar singari buyruq bilan
rasmiylashtiriladi.
Kelib tushgan hujjatlarni rasmiylashtirish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha
qaror qabul qilish.
Muddati ko‘rsatilgan hujjatlar rahbar tomonidan o‘rganib
chiqiladi va uning
tomonidan tegishli topshiriq belgilanadi.
Topshiriq olgan mas’ul shaxs tezkorlik bilan ijroni ta’minlash bo‘yicha o‘z
takliflarini, aniq tadbirlarni, ma’lumotnoma, kengash qarori ѐki buyruq loyihasini
tayѐrlaydi va tasdiqlash uchun rahbariyatga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
qaror va farmoyishlarini,
Vazirlar Mahkamasining ta’limga oid
qarorlari, Xalq ta’limi vazirligining qarorlari,
buyruqlari, viloyat (Toshkent shahar), tuman (shahar) hokimi qaror va farmoyishlari
hamda ularning ijrosini ta’minlash uchun qabul qilingan boshqarma, xalq ta’limi
bo‘limlari qarorlari, buyruqlarini aniq, puxta va o‘z vaqtida bajarilishiga muassasa
rahbarlari shaxsan javobgardirlar.
Dostları ilə paylaş: