182. O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasiga ko`ra xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda berilgan ta’tilning muddati qanday belgilanadi? A) Xodim bilan ish beruvchi o`rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi
B) Kasaba uyushmasi va ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
C) Xodim bilan
kasaba uyushmasi o`rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi
D) Mehnat birjasi va ish beruvchi o`rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi
183. Ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlar ko`rsatilgan qaysi organlar tomonidan ko`rib chiqilmaydi? A) Prokuratura
B) Sudlar
C) Ichki ishlar idoralari
D) Sog`liqni saqlash idoralari
184. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi Senatga birinchi marta qachon saylov o’tkazildi? A) 2005 yil 17-20 yanvar kunlari B) 2006 yil 21-24 aprel kunlari
C) 2006 yil 28-30 yanvar kunlari
D) 2004 yil 26 dekabrda
185. Odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish qaysi manbalardan qoplanadi? A) O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari va qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan B) Jabr ko`rganlarning o`z mablag`lari hisobidan
C) O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan
D) O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari va xorijiy davlatlar
homiyligi hisobidan
186. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga to’liq yoki qisman tegishli bo’lgan va O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalarda mehnat munosabatlari qaysi davlat qonunchiligiga binoan tartibga solinadi? A) O’zbekiston Respublikasining mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga ko’ra
B) Xorijiy davlatning mehnat qonunchiligi asosida
C) Xalqaro huquqiy xujjatlarga asosan
D) Ikki davlat o`rtasidagi bitim asosida