194. “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning 23-moddasi tahriri qaysi qatorda berilgan? A) Har bir bola bilim olish huquqiga ega.Davlat bolaning bepul majburiy umumiy
o’rta ta`lim, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi olishini kafolatlaydi
B) Har bir bola o`zining yoshi, sog`ligi hamda ehtiyojlariga mos keladigan dam
olish va bo`sh vaqtga bo`lgan huquqiga ega
C) Har bir bola sog`lig`ini saqlash huquqiga ega
D) Bola so`z, fikr, e’tiqod va vijdon erkinligi huquqiga ega
195. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasida ko’ra, xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi qanday intizomiy jazo choralarini qo’llashga haqli? A) Hayfsan, o’rtacha oylik ish haqining o’ttiz foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda
jarima, mehnat shartnomasini bekor qilish
B) Ogohlantirish, hayfsan, o’rtacha oylik ish haqining o’ttiz foizidan ortiq
bo’lmagan miqdorda jarima
C) Hayfsan, o’rtacha oylik ish haqining o’ttiz foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda
jarima
D) mehnat shartnomasini bekor qilish
196. Xodim uchun ish vaqtidan tashqari ishning muddati qancha bo’lishi lozim? A) Surunkasiga ikki kun davomida to’rt soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan
ortiq bo’lmasligi lozim
B) Surunkasiga ikki kun davomida uch soatdan va yiliga yuz soatdan ortiq
bo’lmasligi lozim
C) Surunkasiga ikki kun davomida besh soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan
ortiq bo’lmasligi lozim
D) Surunkasiga ikki kun davomida uch soatdan va yiliga yuz soatdan ortiq
bo’lmasligi lozim
197. Xodimga pensiya va nafaqalar belgilanishida va ijtimoiy yordamning muayyan turidan foydalanishida imtiyoz berilishi uchun qaysi hujjat asos bo’lib xizmat qiladi? A) Mehnat daftarchasi
B) Pasport
C) Jamg`arib boriladigan pensiya
jamg`armasi
D) Tavsifnoma