Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

 
 
19. Dispozitsiya nima?
Dispozitsiya lotin tilidan olingan bo‘lib, “bayon qilish” degan ma'noni 
anglatadi. U o‘zining yuridik mazmuni bo‘yicha huquqiy normada ko‘zda tutilgan 
sharoit yuz bergan taqdirda vujudga keladigan natijalar haqida bayon qiluvchi 
qismdan iboratdir. Dispozitsiya qanday qoida va tartibga muvofiq harakat qilishni, 
ya'ni huquqiy munosabat qatnashchilarining huquq va burchlarini belgilab beradi. 
Masalan, Jinoyat Kodeksining 223 – moddasida belgilangan tartibni buzib chet 
elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yohud chegaradan o‘tish 
uchun javobgarlik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiya – hukumatning 
ruxsatisiz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib, yoinki buning uchun belgilangan 
chegara punkti orqali o‘tmay, davlat chegarasidan noqonuniy o‘tishning 
taqiqlanganligidir. 
Dispozitsiya – bu xulq – atvor qoidasining o‘zi. Masalan, O‘zbekiston 
Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq, ota – onalar o‘z farzandlarining sog‘lig‘i, 
jismoniy, ruhiy ma'naviy va ahloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishga 
majburdirlar. 
 
20. Sanksiya nima?
Huquq normasining huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanishi lozim bo‘lgan 
davlat majburlov choralarini belgilaydigan tarkibiy qismi sanksiya deyiladi. 
Sanksiya – lotin tilidan tarjima qilingan bo‘lib, u “majburiy chora” degan 
ma'noni bildiradi. Sanksiya – huquq normalari talablariga rioya qilmaslik 


15 
holatlarida qo‘llaniladigan majburiy chora. Sanksiyalar huquqiy normalarning 
xarakteriga qarab: jinoiy –huquqiy, ma'muriy – huquqiy, intizomiy, fuqarolik – 
huquqiy sanksiyalarga bo‘linadi. Sanksiyaning turlari xayfsan, jarima, ozodlikdan 
mahrum etish va boshqalar bo‘lishi mumkin. 
 
 
21. Qonun nima?
“Qonun” tushunchasi yuridik fanlar tizimining asosiy kategoriyalaridan biri 
hisoblanadi. 
Qonun – umumxalq ovoz berishi (referendumi) orqali yoki davlat 
hokimiyatining oliy organi (Oliy Majlis, Duma, Kongres) tomonidan qabul 
qilingan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik kuchga ega 
bo‘lgan normativ – huquqiy hujjat. 
Qonun – normativ – huquqiy akt bo‘lganligi uchun ham, unda umumiy yurish 
– turish va xulq – atvor qoidalari o‘rnatiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 
1) Asosiy qonun – Konstitutsiya; 
2) Konstitutsiyaviy qonun
3) Qonun; 
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari. 
Qonunlar o‘z navbatida kodekslashtirilgan va joriy qonunlarga bo‘linadi. 
Kodekslashtirilgan qonunlarga kodekslar kiradi. Kodeks – mantiqiy tizimlashtirish 
xususiyatiga ega qonun bo‘lib, o‘zida ijtimoiy munosabatlarning ma'lum bir 
sohasini batafsil tartibga soluvchi normalarni birlashtiradi. Masalan, Fuqarolik 
kodeksi, Jinoyat kodeksi, Oila kodeksi, Mehnat kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona 
kodeksi va h.k. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin