Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


 Huquqiy davlatning asosiy belgilari nimalardan iborat?



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

13. Huquqiy davlatning asosiy belgilari nimalardan iborat?
 
Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi: 
1. Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo‘lgan barcha shaxslar – ushbu 
davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, yuridik shaxslar, 
mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati idoralari huquqqa bo‘ysunadilar.
2. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy 
normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari 
chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak. 
3. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi, ularning himoya qilinishi va 
ta'minlanishi. Inson huquqlari va erkinliklari unga tug‘ilganidan tegishli bo‘lib, 
ular insondan ajralmasdir. Gap eng avvalo insonning yashashi, erkinlik, dahlsizlik 
va xavfsizlikka ega bo‘lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkinliklari 
to‘g‘risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar. 
4. Davlat va fuqaroning o‘zaro mas'uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkinligining 
me'yorini belgilab qo‘yar ekan, xuddi shu chegaralarda o‘zini ham qaror qabul 
qilishda cheklab qo‘yadi. 
5. Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi. Hokimiyat qonuniy deb e'tirof etilishi 
uchun u quyidagi talablarga javob berishi shart: demokratik saylovlar yo‘li bilan 
shakllantirilgan bo‘lishi; samarali faoliyat yuritib, jamiyatda barqarorlik va qat'iy 
tartibni ta'minlashi; ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olinishi. 
6. Hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi. Davlat hokimiyati bir qo‘lda to‘planib 
qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog‘ini – qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo‘yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining 
har biri o‘z vakolati doirasida amal qiladi.
7. Sudning mustaqilligi. Sud davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog‘i kabi 
mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hyech kimning aralashishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 


12 
8. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali faoliyat yuritishi. Agar inson 
huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo‘lsa, huquqni 
muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam berishlari kerak, ushbu huquq va 
erkinliklarni himoya qilishlari kerak. 
9. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng 
muhim ko‘rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidir. Huquqiy ong – huquqqa 
munosabat, qonun talablarini bajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan 
huquqiy qarashlar yig‘indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, 
huquqni hurmat qilish va huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo‘ladi.
10. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va 
erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi, 
rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma'lum bir muxolifatning bo‘lishi 
zarur.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin