Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

 
10. Demokratiya nima? 
 
Demokratiya – yunoncha “demos” - xalq , “kratos” - hokimiyat so‘zidan 
olingan bo‘lib, xalq hokimiyati degan ma'noni anglatadi. Demokratiyainson 
siyosiy va fuqarolik huquqlarining kengligini, fuqarolarning davlat hokimiyati 
idoralarini tuzishda va ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, xalq irodasini 
demokratik hokimiyatining yagona manbai deb bilishni anglatadi. 
 
Demokratiyaning ikki xil ko‘rinishi mavjud. 
I. Bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya; 
II. Bilvosita yoki vakillik demokratiyasi. 
Bevosita (to`g`ridan-to`g`ri) demokratiya xalqning demokratik hokimiyat 
masalalarini hal etishda ovoz berishi (saylov, referendumda ishtirok etish) yo‘li 
bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri ishtirok etishidir. 
 
Bilvosita (vakillik) demokratiya xalqning o‘z hokimiyatini vakillik idoralari
ya'ni demokratik hokimiyatning va mahalliy o‘zini – o‘zi boshqarish idoralarining 
saylab qo‘yiladigan organlari orqali amalga oshirilishini bildiradi. 
 
Demokratik tartib belgilari: 
1. shaxsning iqtisodiy sohada erkinligi; 
2. inson huquq va erkinliklarining e'lon qilinishi va kafolatlanishi; 
3. ijtimoiy hayotda fikrlar hilma-hilligi (plyuralizm); 
4. ijtimoiy birlashmalarning ko‘pligi; 
5. hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi; 
6. qonun ustuvorligi; 


10 
7. sudlarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi; 
8. so‘z, fikrlash va e'tiqod erkinligi; 
9. ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida muhim o‘rin tutishi. 
 
11. Totalitarizmning qanday belgilari mavjud? 
 
Totalitar rejim bir partiyaning hukmronligi, huquq va erkinliklarning poymol 
etilishi, ko‘pincha esa ularning yoppasiga buzilishi, o‘zgacha fikrlashga qarshi 
kurash. Saylovchilarning saylovda muqobil deputatlarni saylash imkoniyatining 
bo‘lmaganligiga asoslangan boshqaruv bo‘lib, bunda davlatning siyosati xalqqa 
zo‘rlik bilan singdiriladi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin