9
5) federatsiyaning oliy qonun chiqaruvchi (vakillik) idorasi ikki palatali tuzilishga
ega (federatsiya a'zolarinig manfaatlarini ifoda etuvchi qo‘shimcha palata
mavjud).
Jahonda 20 tadan ko‘proq federatsiya mavjud. Misol tariqasida AQSh, Rossiya
Federatsiyasi, Braziliya, Germaniya, Hindistonni keltirish mumkin.
9. Konfederatsiya nima?
Konfederatsiya – lotinchadan tarjima qilingan bo‘lib,
ittifoq, uyushma degan
ma'nolarni anglatadi. Konfederatsiya – o‘z suvereniteti va mustaqilligini saqlab
qolgan holda u yoki bu maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi.
Konfederatsiyada
yagona hudud, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Har bir davlat
xalqaro huquqning teng huquqli sub'ekti bo‘ladi.
Konfederatsiya belgilari quyidagilardan iborat:
1) yagona hududning yo‘qligi;
2) yagona fuqarolikning bo‘lmasligi;
3) konfederatsiya sub'ektlari undan erkin chiqish huquqiga egadirlar;
4) konfederatsiya sub'ektlari ittifoq hokimiyati qonun
hujjatlarini numefikatsiya
qilish (e'tirof etmaslik yoki qo‘llamaslik) huquqiga egalar;
5) Konfederatsiya byudjeti uning a'zolarining ixtiyoriy badallaridan tashkil
topadi.
Konfederatsiyaga misol sifatida 1991 yilda
tuzilgan MDH va yevropa
Ittifoqini keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: