4. Davlatning qanday belgilari mavjud? Davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 1. Chegaralangan hudud va aholining hududlar bo‘yicha uyushganligi. Davlat
paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar ma'lum bir hududga birlashadilar.
2. O‘ziga xos ommaviy hokimiyat – davlat hokimiyatining mavjudligi, ya'ni davlat
o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun boshqaruv apparatini shakllantiradi.
3. Suverenitetning mavjudligi, ya'ni ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishda
boshqalarning aralashuvisiz mustaqil faoliyat yuritishi.
4. Huquq ijodkorligi, ya'ni davlat hududida yashovchi barcha kishilar rioya
etadigan qonunlarni chiqarishga qodirlik.
5. Chegaralarning dahlsizligi hamda aholining xavfsizligini ta'minlash uchun
armiya va ichki ishlar organlarining mavjudligi.
6. Davlat xazinasining mavjudligi. Davlat apparatini saqlash hamda aholining kam
ta'minlangan qismiga yordam berish uchun aholidan olinadigan soliqlarning
mavjudligi.
5. Davlat funksiyasi deganda nima tushuniladi? Davlatning funksiyalari – davlatning maqsad va vazifalarini amalga
oshirishga qaratilgan faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridir. Davlat funksiyalarining
asosiy belgilari:
1) mazmuni – davlat faoliyati bir hil jihatlarining yig‘indisi;
2) miqyosi – funksiyalar davlatni bir butun sifatida qamrab oladi;
3) xususiyati – kompleks, majmua;
4)
maqsadi – insonning ijtimoiy himoyalanganligi, tashqi xavfsizlik va
boshqalar.
Davlat funksiyalari quyidagicha tasniflanadi;
faoliyat doirasiga ko‘ra (ichki va tashqi);
faoliyat muddatiga ko‘ra (doimiy va vaqtinchalik);
ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra (asosiy va asosiy bo‘lmagan);
amalga oshirishning huquqiy shakllariga ko‘ra (huquqni ijod qilish, huquqni
ijro qilish va sud).
Davlatning ichki funksiyalari mamlakat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatning asosiy yo‘naliishlaridir.