Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Prezidentlik respublikasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

 
Prezidentlik respublikasida davlatni xalq tomonidan saylangan va juda keng 
vakolatlarga ega bo‘lgan Prezident boshqaradi. U davlat
boshlig‘i bo‘lib, xalq 
nomidan ish olib borish vakolatiga ega bo‘ladi (masalan, O‘zbekiston, Rossiya, 
Qozog‘iston, AQSh). 
 
Parlamentar respublikada Prezident parlament tomonidan saylanadi va 
nisbatan torroq vakolatlarga ega. U rasman davlat boshlig‘i hisoblanadi va asosan 
vakillik funksiyalarini bajaradi. Parlamentar respublikada hukumat bosh vazir 
tomonidan boshqariladi. Ammo hukumat uni tarqatib yuborishi mumkin bo‘lgan 
parlament oldida javobgardir (masalan, Hindiston, Avstriya, Germaniya, Italiya). 
 
8. Unitar davlat bilan federativ davlat o‘rtasidagi farq nimadan iborat? 
 
Unitar davlat – oddiy, yaxlit davlat. Bunday davlat viloyat, oblast, okrug, 
rayon, tuman deb turlicha nomlanadigan ma'muriy – hududiy birliklarga bo‘linadi. 
Mazkur davlatda bitta parlament, bitta hukumat, bitta Prezident bo‘ladi. Unitar 
davlat odatda bir millatli
bo‘ladi (masalan: Qirg‘iziston, Fransiya, Italiya ).
 
Unitar davlat belgilari: 
1) 
butun mamlakat miqyosida bir xil bo‘lgan vakillik, ijroiya va sud organlar
bo‘ladi; 
2) 
bitta konstitutsiya; 
3) 
yagona qonunchilik tizimi; 
4) 
yagona fuqarolik; 
5) 
yagona pul birligi; 
6) 
barcha ma'muriy – hududiy birliklar uchun umumiy bo‘lgan soliq va kredit 
siyosati; 
7) 
unitar davlatlar tarkibiy qismlari suverenitetga ega emas; 
8) 
yagona armiyaning mavjudligi. 
 
Federativ davlat – murakkab, ittifoqdosh davlat. Odatda, u bir qancha 
davlatlarning birlashuvidan hosil bo‘ladi. Birlashgach esa bu davlatlar federatsiya 
a'zolari yoki sub'ektlari bo‘lib qoladilar. Ular shtatlar, o‘lkalar, respublikalar deb 
turlicha atalishi va o‘z ma'muriy – hududiy bo‘linmalariga ega bo‘lishi mumkin. 
Federatsiyada hokimiyat idoralarining ikki tizimi amal qiladi: federal darajada 
va federatsiya sub'ektlari darajasida. Federal darajada ham, federatsiya sub'ektlari 
darajasida ham prezident, parlament, hukumat bo‘lishi mumkin.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin