5
ikkinchidan, shunday muhit yuzaga keladiki,
unda huquqiy talablarni
nazarga ilmaslik va buzish g‘ayritabiiy holat sifatida baholanadi, u umum e'tirof
etgan jamoat tartibiga mos kelmaydi;
uchinchidan, jamiyat orqali yuridik mexanizmni to‘ldiruvchi huquqni amalga
oshirishning muayyan ijtimoiy mexanizmlari ishlab chiqiladi. Ularga insonlarda
fuqarolik jamiyati sharoitida shakllanadigan shaxsiy sifatlar –
ahloqiy burch,
fuqarolik tuyg‘usi, o‘ziga nisbatan talabchanlik, adolatsizlikka murosasizlik,
ijtimoiy faollik kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
3. Davlat nima?
Davlat, huquq va jamiyat muayyan aloqadorlikdadir. “Jamiyat” nisbatan keng
tushuncha. Davlat jamiyatning ichida mavjud bo‘ladi.
Davlat huquqni keltirib
chiqaradi, ammo huquq ham davlatni shakllantiradi va yo‘naltiradi. Jamiyat davlat
va huquq ta'sirida u yoki bu tomonga o‘zgaradi.
Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida yuzaga kelgan. Ya'ni
davlatning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan asosiy omil bu, yirik ijtimoiy mehnat
taqsimoti natijasida mehnat unumdorligining oshishi, natijada ortiqcha mahsulot
paydo bo‘lib, hususiy mulkchilik va jamiyatda mulkiy
jihatdan tabaqalashuvning
vujudga kelishi hamda asosiy mashg‘uloti mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi
kishilarning maxsus guruhlarining yuzaga kelishidir.
Davlat – jamiyat ichidan chiqqan, ommaviy hokimiyatning siyosiy tashkiloti.
Davlat – suverenitetga, boshqaruvning hamda fuqarolar huquq va
erkinliklarini himoya qilishning maxsus apparatiga ega, bo‘lgan,
shuningdek,
huquq me'yorlari (qoidalari)ni yaratishga qodir bo‘lgan ommaviy hokimiyatning
siyosiy – hududiy tashkilotidir.
Davlat – bu jamiyatning birligi, yaxlitligini ta'minlaydigan, davlat mexanizmi
orqali jamiyat ishlarini boshqaradigan suveren ommaviy-siyosiy hokimiyatni
amalga
oshiradigan, insonlarning huquq va erkinliklarini, qonuniylik va huquqiy
tartibotni kafolatlovchi umummajburiylik
maqomini beradigan siyosiy
tashkilotdir.
Davlat – butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va
majburlov apparatiga hamda barcha uchun umummajburiy qonunlar chiqaradigan
va suverenitetga ega bo‘lgan yagona siyosiy tashkilotdir.
Davlat – jamiyat
siyosiy tizimining odamlar, guruhlar, sinf, tashkilot,
hamkorlikdagi faoliyat va o‘zaro
munosabatni tashkil etuvchi, yo‘naltiruvchi va
nazorat qiluvchi asosiy institutdir.
Davlat – hokimiyatning bosh instituti. Hokimiyat davlat orqali o‘z siyosatini
amalga oshiradi. “Hokimiyat”, “davlat”, “siyosat” tushunchalari bir–biriga juda
yaqin bo‘lib, bir–birlarini belgilab beradi. Hokimiyat – o‘zga kishilar xulq – atvori
va faoliyatini butun jamiyat yoki alohida ijtimoiy guruhlar irodasiga bo‘ysundirish
qobiliyati. Siyosat esa yunoncha “polis” so‘zidan olingan bo‘lib, “davlat ishlari”,
“davlatni boshqarish san'ati” degan ma'noni anglatadi. Hozirgi zamonda “siyosat”
boshqaruv bobida oqilona qaror qabul qilish san'ati va qobiliyati, degan ma'noni
bildiradi.