portal.guldu.uz-Proyektiv testlar yordamida o’quvchilarning psixik xususiyatlarini o’rganish (1)
2 tip. Mas’uliyatli ijro etuvchi(ongli, tez qabul qiladigan). Bunga
quyidagi sonlar kiradi: 505, 514, 523, 532, 541, 550 Odatda 1 tipdagi
boshqaruvchanlik xususiyatiga ega bo’ladi, biroq qaror qabul qilayotganda
ikkilanadi. Bu toifa kishilar boshqalardan ko’ra o’sha sohani mukammal
o’rganish, o’z ishini ustasi bo’lib, faol mehnat qiluvchi inson hisoblanadi. Juda
mas’uliyatli, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchan, haqiqatparvar. Erkinlikni
ustun qo’yadi, insonni qadr-qimmatini e’zozlaydi. Bunday toifadagi insonlar
odatda juda ko’p ishlaydi, mehnat qiladi va hatto buning natijasida ba’zan o’z
ishlaridan beziy boshlaydi. Ishdan zerikish ruhiy jarayon bilan bog’liq bo’lib, bu
xususiyat ularni tark etmaydi. 3 tip. Vahimachi va hadiksirovchi. Ushbu tipga tegishli sonlar: 406, 415,
424, 433, 442, 451,460.415-asosan shoirona, ijodiy iste’dod egalari hisoblanadi.
Bu tilda iste’dodli, salohiyatli va uddaburonlik xususiyatlari ko’p kuzatiladi. Biroq
bu o’quvchilar o’z iste’dod, xususiyatlarini ma’lum bir aniq yo’nalishda
rivojlantirishda qiynaladilar. Shuning uchun ham bu o’quvchilarga bir kasb
kamlik qiladi va ular o’z imkoniyatlarini boshqa sohalarda sinaydilar, hatto
umuman qarama-qarshi yo’nalishlarda faoliyat olib borishi mumkin. Masalan,
texnika bilan ishlovchi kishi birdan psixologiya bilan shug’ullana boshlaydi.
Ba’zan bu tipdagi insonlar o’z qiziqishlari, xobbilarini ikkinchi kasb ham qilib
oladilar. Jismonan tartibsizlik va ifloslikni umuman yoqtirmaydilar, odatda aynan
shu tufayli boshqalar, atrofdagilar bilan bahslashib, urushib qoladilar. Ko’p
hollarda o’zlariga ishonmaydilar, birovning muloyimligi, rag’batiga ehtiyoj
sezadilar. Ularni begonalarning e’tibori va mukofoti, rag’bati ko’nglini to’ldirib
turadi. 424-asosan vijdonli, halol va tartibli mehnatkash insonlarga xos
xususiyatlarni ifodalaydi. Bu kabi insonlar yomon ishlamaydilar va boshqalardan
ham shuni talab qiladi.