8
o’zi ko’p narsani cheklab qo’yadi
barcha karashlar, xodisalarga o’zining fikr,
g’oyalariga ega, va asosan o’z g’oya, xulosalari bilan shug’ullanadi. 019-asosan
auditoriyani o’ziga jalb eta oladiganlarda ko’p uchraydi.
118-ixtirochi, yaratuvchi va konstruktorlik xususiyatlari mavjud insonlarga xos.
7- tip Raqobatchi. Sonlar: 550, 451, 460, 352, 361, 370, 253, 262, 271,
280, 154, 163, 172, 181, 190, 055, 064, 073,082, 091. Bu tipdagi insonlar boshqa
insonlarga nisbatan hissiy ta’sir etishi kuchliligi bilan izoxlanadi. Ular odatda
insonlarga achinish, ko’ngliga taskin berish, dardiga sherik bo’lish kabi odatlarni
tez-tez namoyon qiladi. Ba’zan hatto kino yoki teatrni ko’rib yig’lab olishadi.
Biror kishining nohaqligi yoki shu turdagi insonlarga nisbatan qilgan qo’polligi
uzoq vaqt uni ta’qib qiladi. Ya’ni u shu nohaqlik va qo’pollikning ta’sirida yuradi.
Birovning dardini xuddi o’zining
dardi singari qabul qiladi, uning ruxi tushadi.
Buning natijasida, qayg’urish uning bor energiyasini susaytiradi. Shuning uchun,
birovlarning dardini o’ylab, o’zining muhim ishlarini hal qilolmay yana qiynalib
yuradi.
Bu turdagi insonlar kuchli boshqaruvchi bo’la olmaydi, ular juda bo’sh
va zaif
boshliqlardir. Mabodo boshliq bo’lib qolgan taqdirda muhim ish qolib ketib,
ishchilarining ruhiy dardini, mashaqqatlarini o’ylay boshlaydi.
8 -tip. Raqobatbardosh. Biroq raqobatchi emas. Sonlar: 901, 802, 703,
604, 505,406, 307, 208,109. Bu kabi o’quvchilar
birovning dardini his qilmaydi,
yoki umuman undaylarga e’tiborini qaratmaydi. Aksincha,
azob chekayotgan
insonni bosimini ko’tarib, uni ruhan ezadi. Aqlan olib Qaraganda bu toifa insonlar
judayam yaxshi boshqaruvchi boshliqlar, chunki ular qo’li ostidagi ishchilarini o’z
xohish va qoidalariga moslab tartibga chaqira oladi. Agarda u yana o’z ishining
yetuk mutaxassisi bo’lsa, o’sha
kollektiv juda faol, unumli bo’ladi. Biroq ko’p
hollarda juda bag’ritosh, buning natijasida o’zini nazorat qilishni eplay olmay
qoladi. Agar bu tipdagi boshliqning aql-idroki past bo’lsa,
kollektiv tezda zarar
ko’rib, shikastlanib, oxiri sinadi. Chunki bunday insonlar juda beshavqat bo’ladi
va noxaq ishchilarga tazyiq o’tkazadi.
9
Testga izoh:Ushbu metodikaning
nisbatan ishonchsizligiga qaramay, mazkur
metodika psixolog bilan o’quvchi o’rtasida yaxshi aloqa vositasi bo’lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: