10
Aylana. Asosiy qadriyatlar: insonlarga hizmat qilish, oila baxti va manfaati,
bolalar, muloqot. Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari — muloqotga extiyoj,
kirishuvchanlik, hammabop, mehribon, g’amxo’r, sadoqatli, kuchli ijtimoiy
intuitsiyaga ega, empatiya xissi kuchli, bag’ri keng, qo’li
ochiq xissiyotlarga
beriluvchan, bosiq yuvvosh, kechirimli, janjaldan yiroq yuruvchi.
Salbiylari: o’zgalar fikriga tobelik betartib, o’ta yumshoq talabchan emas,
qat’iyatsiz, narsalarni ayamaydigan, laqma, sentimental, ko’ngli bo’sh.
To’rtburchak. Asosiy qadriyatlari: o’zgarish, dinamika, ishqibozlik.
Asosiy
psixologik
xususiyatlari:
Ijobiylari
— intiluvchan, yangilikni
qidiradigan,qiziquvchan, yaxshi ta’lim oladigan, ziyrak sezgir, ishonuvchan,
empatiyaga xos, samimiy, dadil, yaxshi ―o’yinchi‖.
Salbiylari: Qat’iyatsiz, qarorlari mavhum, ish va so’z birligi yo’q engiltak
ishonuvchan, emotsional beqaror, sodda, o’ziga
bahosi past, lanj, unutuvchan,
kechirimli.
Zigzag. Asosiy qadriyatlari: erkinlik ijod, o’zgarish. Asosiy psixologik
xususiyatlari: Ijobiylari — yangilik ijodga intilish, bilishga chanqoqlik
g’alayonchi, hayolparast, optimist,
kelajakka intilgan, ruhi tetik ekspressiv,
tashabbuskor, aqlli.
Salbiylari: tartibsizlik qo’nimsizliq o’zgaruvchanlik individualizm, ishonchsiz,
qonunlarni buzuvchi, realistik qarashning yo’qligi, subutsiz, impulsiv, o’zini
namoyishkorona ko’rsatadigan, zaxar, kesatib gapiradigan.
Yo’qoridagi test o’z-o’zini tahlil qilish malakalarini mustahkamlaydi va o’zini
o’zi tarbiyalashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: