Tayyorlash va ularning malakasini oshirish



Yüklə 433,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix12.05.2023
ölçüsü433,1 Kb.
#112642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
portal.guldu.uz-Proyektiv testlar yordamida o’quvchilarning psixik xususiyatlarini o’rganish (1)

4 tip o’qimishli, ziyoli. Bunga 307,316,325,334,343,352,361,370 lar kiradi. 
Bu tipga kiruvchi o’quvchilarda tahlil qilish qobiliyati kuchli. Uni o’rab to’rgan 
atrofdagi insonlarga bizni o’rab turgan dunyoning aniq modellari mavjudligini 
tushuntirishga intiladi. Hayotda esa o’zining aniq to’g’ri qonun, qoida, 



nazariyalariga ega. Bu insonlarda asosan, doimiy izlanish, tadqiqot ishlarini olib 
borish xususiyati kuchli. Insonni ruhan tushunuvchi, samimiy va ruhiy 
muvozanatni saqlab turuvchi insonlar ham sanaladi. Ularning xatti-harakatlari 
puxta o’ylab topilgan va aniq maqsadlarga muvofiqlashtirilgan. 316 global, 
dunyoviy qoidalarni yaratish, ishda ma’lum murakkab koordinatsiyalar yaratishga 
asoslangan. 325 esa qisman ijtimoiy hayotga e’tibor qaratgan, lekin, tibbiyot
biologiya va sogliq salomatlik sohalarini ayniqsa kuchli izlanuvchan insonlardir. 
5- tip intuitiv.208, 217, 226, 235, 244, 253, 262, 271, 280 sonlari bilan 
xarakterlanadi. Bu tipdagi o’quvchilar kuchli tasavvur va juda ta’sirchanligi bilan 
ajralib turadi. Ular har narsani o’zlariga tez qabul qiluvchi hamdir. Shu sababdan 
bu insonlarda ruhiy zo’riqish tez-tez sodir bo’ladi. Va albatta buning natijasida 
insondagi energiya ko’p sarflanishi kuzatiladi. Bu holatga tez-tez tushib qolmaslik 
uchun, yaxshisi bu insonlar o’z yo’nalishlari, qiziqishlari va g’ayratlarini boshqa 
tomonlarga ham yo’naltirishlari maqsadga muvofiq. Odatda bu kabi insonlar 
hayotda omadsizlarga, mashaqqat chekkanlarga ko’maklashadi, umuman 
yordamga muhtoj insonlardan o’z yordamini hech qachon ayamaydi. O’zining
ichki dunyosiga ega. Bu insonlarda ayniqsa bosh miya faoliyati va qo’llar yaxshi
ishlaydi. Texnik ijodni sevadi. O’zini doimo nazorat qilib tura oladi. Uning 
erkinligini bo’gib qo’yuvchilarni yoqtirmaydi. 235-asosan professional psixolog 
yoki psixologiyaga kuchli qiziqishlari bor insonlar bilan xarakterlanadi. 244-bular
yozuvchi, adib va badiiy ijodiyotga qiziquvchilarga xos. 217-kashfiyot, ijrochi 
yoki ixlosmandlariga tegishli xususiyatlarga xos. 226-bu kabi insonlar o’z  
oldilariga juda yo’qori maqsaddar qo’yishadi. Bunga asosan o’zlariga haddan 
ortiq ishonishlari va o’zlariga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo’lishlari sabab 
bo’ladi. 

Yüklə 433,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin