Tayyorlash va ularning malakasini oshirish



Yüklə 433,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix12.05.2023
ölçüsü433,1 Kb.
#112642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
portal.guldu.uz-Proyektiv testlar yordamida o’quvchilarning psixik xususiyatlarini o’rganish (1)

Qizil rang - ehtiroslar rangi. Bu mard, irodali, hokimlikka moyil, beqaror, 
fidoiy, muloqotchan kishilarning afzal ko’ruvchi rangidir. Bu rangni 
yoqtirmaydiganlarga ko’pincha nomukammallik kompleksi, janjaldan qo’rqish, 
yolg’izlikka intilish xos, munosabatlarda barqarorlikka intilishdan jabr ko’radilar. 
To’q sariq - yaxshi rivojlangan intuitsiyaga ega bo’lgan hamda ehirosli
xayolparast kishilar yoqtiradigan rang. Shu bilan birga bu rang munofiqliq 
ikkiyuzlamachilik mug’ombirlik timsoli hisoblanadi. 
Jigar rang (yer rangi) - va uning barcha turlarini qatiyatli, o’ziga ishongan 
odamlar afzal deb biladilar. Ular an’analar hamda oilalarni qadrlaydilar. Bu rang 
xudbin, o’zini yaxshi ko’radigan, pismiq kishilar uchun yoqimsiz rang 
hisoblanadi. Bunday odamlarnin ochilishi juda qiyin bo’ladi. 
Sariq rang-xotirjamlik ziyolilik odamlar bilan munosabatda erkinlik 
timsolidir. Qoidaga ko’ra, bu rangni muloqotchan, bilimlarga qiziquvchan, mard, 
sharoitlarga yengil moslashuvchan xamda boshqalarga yoqimli bo’lish 
imkoniyatidan zavqlanadigan kishilar sevadilar. Ushbu rang odatda jiddiy


14 
pessimistik kayfiyatda bo’lgan, tanish-bilishlik o’rnatish qiyin bo’lgan kishilarga 
yoqmaydi. 
Och yashil rang - bu rang odamlarni yoqtirmaydiganlar va beadablik rangi. 
U faqat xukmdor, o’z irodasini boshqalarga singdirishga intiluvchan, biroq o’zi 
xarakat qilishga qo’rkqadigan, murakkab vaziyatlarga xarakat qilishdan qochuvchi 
kishilarga yoqadi.
Pushti rang - bu xayot va butun tiriklik rangi bo’lib, u hammaga sevish va 
oq ko’ngil bo’lishga undaydi. Uni sevuvchi kishilar arzimagan sabablarga ko’ra 
xayajonlanishga moyildirlar. Bu rang xisob-kitobli (pragmatik) kishilarni 
asabiylashtiradi. 
Binafsha rang - kuchli emotsionallik ta’sirchanlik yuksak ma’naviylik 
ruxan ko’tarinkilikni va xushmuomalalikni bildiradi. Uni qabul qilmaslik kuchli 
rivojlangan burch xissi,
bugungi kun bilan yashash istagi belgisidir. Bu garmonik 
rivojlangan odamlarning tipik rangidir. 
Ko’k rang - bu osmon rangi bo’lganligi uchun uni odatda odamning ruxan 
ko’tarinkiligi va pokligi bilan bog’lashadi. Agar bu rang yoqsa, jiddiylik va 
melanxoliyani bildiradi. Bunday odam tez - tez dam olib turish kerak chunki u tez 
va oson charchaydi. Unga atrofdagilarning ishonch xissi, yaxshilik tilashlari juda 
muxim. Bu rangni yoqtirmaydiganlar hamma narsa qo’lidan keladiganday 
taassurot qoldirgisi keladigan odamlardir. Lekin, aslida u o’ziga ishonmaydiga va 
yopiqlik namunasidir. Bu ranga nisbatan e’tiborsizlik xissiyotlar soxasida 
xushmuomalalilik bilan yashiringan ma’lum yengiltaklikni bildiradi. 
Yashil rang - tabiat rangi, tabiiylik baxor, xayotning o’zini rangi. Bu rangni 
afzal biluvchilar begonalar ta’siridan qo’rqadilar, o’zini ta’kidlash yo’llarini 
qidiradilar, chunki bu ular uchun hayotiy zarurat. Yashil rangni yoqtirmaydiganlar 
xayotiy muammolardan, taqdirning burilishlaridan qo’rqadilar, umuman xamma 
qiyinchiliklardan vaximaga tushadilar. 


15 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Axmedova M. Shaxs psixodignostikasi. T.: 2012 y 
2. Bolshaya ensiklopediya psixologicheskix test. Moskva. 2006
3. Rasulov A.I. Psixodiagnostika T.: 2010 y 
4. Niyozmetova G.I.Shaxs psixodiagnostikasining proektiv metodlari. 
T.: 2013 y 
5. Ibragimov X.I. Yo’ldoshev U.A. Bobomirzayev X. Pedagogik psixologiya. 
T., 2007y 
6. G’oziyev Y. G’. Tashimov R. Y. O’zingizni bilasizmi?-T., 1994 y 
7. Yo’ldosheva O. Insonni o’rganish ilmi. T., 2006 y 


16 

Yüklə 433,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin