1.2. 3-5 yoshdagi bolalarning ijtimoiy – hissiy rivojlanishida MTT ning roli
3-5 yoshdagi bolalar kattalarning muhabbatiga, samimiy munosabatiga nisbatan ehtiyojni sezishadi. Kattalarga ishonch, uning hissiy holatini (suyunishini, mag‘rurlanishini, kamtarinligini, jahldorligini) his qilish imkoniyati shakllanadi, boshqalarning kayfiyatini o‘zgarishi sababini tushunishga intiladi. Kattalar bilan muloqot qilishning yangi shakllari: bilish jarayoniga oid muloqot avvaliga bilish faoliyati bilan bog‘liq holda kechadi, (masalan, o‘yin davomida qog‘oz va tabiiy jihozlardan tayyorlangan narsa va o‘yinchoqlar bilan tajriba o‘tkazish), 5 yoshning oxiriga borib ma’lum vaziyatlarga bog‘liq bo‘lmagan bilish jarayoniga oid muloqot turlarini qo‘llay boshlaydi.
Bolalar kattalarga savollar bilan muloqot qila boshlaydi. Bunday sharoitda 4 yoshdagi bolalarning kattalarga bergan savollari kattalar bilan muloqot olib borishga qaratiladi. Bu savollar orqali bolalar yangi ma’lumot olishga intiladilar va ko‘p narsalarni bilib olishga qiziqadilar.
4 yoshga borib bola tengdoshini (tasviriy faoliyat, yasash, qurish-yasash mashg‘ulotlarida) o‘yin davomida sherik sifatida qabul qiladi. Bola o‘z sherigiga oddiy takliflar, iltimoslar bilan murojaat qilishi mumkin. 5 yoshdagi bolalar tengdoshlarining qitmirlik, tegajoqlik kabi salbiy jihatlarini baholay oladi. Bu yoshda tengdoshlari bilan muloqot qilish, birgalikda o‘ynashga intilish shakllanib boradi.
Kattalarning ta’siri ostida bolada vaziyatdan tashqari muloqotga kirishish kabi yangi shakllar yuzaga keladiki, bu sharoitda bola “odamlar dunyosiga” moslashadi. Bola insonni o‘zi yashab turgan jamiyat vakili sifatida anglay boshlaydi, ijtimoiy hayotda o‘zaro bog‘liqlikni bila boshlaydi. Muloqot qilishning bunday shakli o‘yinning shakllanishiga bog‘liq, chunki o‘ynash davrida bolalarni insonlarning o‘zaro munosabatlari, jamiyatdagi o‘zlarini tutishlari qiziqtiradi. 3-5 yoshdagi bolalar kattalarning samimiy diqqatiga va hamkorlikda ish olib borishga intilmaydi, balki kattalar bolalarni hurmat qilishlarini, o‘zaro tushunishlarini xohlaydi.
bu yoshdagi bolada tengdoshlari bilan muloqot qilish, boshqalar bilan o‘zini solishtirish, taqlid qilishga nisbatan ehtiyoj kuchayib boradi. Faoliyatda (o‘yin, mahsuldor faoliyatda) tengdosh-sherigi sifatida qatnashadi. Tengdoshlari bilan muloqot davrida bolalar o‘yinda va boshqa faoliyatda ma’lumotlar, rejalar, vazifalarning taqsimlanishi asosida birgalikda faoliyat olib borishga intiladi. Yoshga qarab muloqot bolaning hissiyotini, o‘zaro tushunishini, tengdoshlariga nisbatan hissiy yaqinlikni tasvirlay boshlaydi. 7 yoshga borib bola tengdoshining shaxsiy xususiyatlarini ajrata boshlaydi (“qiziqarli o‘yinlarni o‘ylab topadi”, “yaxshi yuguradi”, “ juda yaxshi bola” va boshqalar).
bitta guruhda bir necha yil birgalikda yurgan 7 yoshli bolalar jamoasi yetarlicha jipslashgan oila hisoblanadi. Bolalarning muloqot qilish intensivligi va kengligi aniq ko‘rina boshlaydi. O‘ynash davrida bolalar jamoalarning turg‘unligi osha boradi; jamoa 4-5 ta kishidan tashkil topadi, ayniqsa o‘g‘il bolalar jamoalarda bolalarning soni 8-9 ta bolani tashkil qiladi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda muloqotga kirishish malakasi yuqori bo‘ladi. Bolalar tomonidan beriladigan taklif, iltimos, baholanish ancha asoslangan holda ifodalanadi. Yetti yoshdagi bolalar hayotida tengdoshlari bilan muloqotga kirishish ehtiyoji kuchayadi. Tengdoshlarining boshqa bolalarga beradigan baholari umumlashgan xususiyatga ega va bu narsa katta yoshdagi bolalarning muassasaga bo‘lgan munosabatini yaxshilanganligidan dalolat beradi. (“hamma bilan do‘stlashadi”, “agar bolalar nizolashib qolishsa, yaxshi takliflar bilan javob beradi”, “kimnidir xafa qilishsa, uning yonini oladi”). Xulq-atvor me’yorlari va qonun- qoidalarni egallash natijasida shakllangan etuk me’yorlarni aks ettiradi va bu me’yorlarni faqat o‘zigagina nisbatan ishlatmaydi. Bola shaxsi mustaqil, hech kimga qaram bo‘lmagan holda shakllana boshlaydi. Bolaning ijtimoiy tajribasi, atrofdagidarga nisbatan o‘zaro munosabati ortadi. Bu narsa bolaning o‘zini, o‘z mavqeini va kamchiliklarini anglashga olib keladi. Ilk va kichik yoshdagi bolalar bilan farqli ravishda katta maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zlarini kattalarning baholanishi bilan belgilaydilar, katta maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqil ravishda o‘zlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladilar va o‘zlarini, o‘z holatlarini va tashqi xususiyatlarini baholash imkoniyati bor.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘pincha o‘zining shaxsiy axloqiy sifatlarini baholay va bu sifatlarni anglay boshlaydilar, hissiy holatlarni ajrata boshlaydilar. Mustaqilligi oshadi, bolalar tomonidan baholash va o‘z-o‘zini baholashga nisbatan tanqid ortadi. Bolalar birinchi navbat tengdoshlarining va o‘z- o‘zlarining sifatlar va xususiyatlarni baholaydilar va shunga qarab o‘zlarining guruhdagi mavqeilarini aniqlab olishlari mumkin. Maktabgacha yosh davrida bolalar boshqa bolalarni o‘zlariga nisbatan tabiiy baholay boshlaydilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘z-o‘zlarini baholashlari kichik maktabgacha yoshdagi bolalarnikidek yuqori hisoblanadi. Maktabgacha yosh davrida bolaning o‘z-o‘zini baholashi, o‘zi to‘g‘risidagi fikrlari to‘liq, asoslangan holda kechadi. Bola o‘zini, o‘zining kattalar va tengdoshlari o‘rtasidagi mavqeini, atrofdagilarga bo‘lgan munosabatini anglay boshlaydi. (“Bobur meni yaxshi ko‘radi: men bilan o‘ynaydi, o‘yinchoqlar beradi, konfet bilan mehmon qiladi”). Maktabgacha yoshning oxiriga borib bola-o‘zining “meni”ini anglay boshlaydi va shu asosda o‘zining ichki vaziyati (odamlarning bolaga nisbatan munosabatini bola tomonidan tushunilishi va bolaning kattalar va tengdoshlari orasida aniq mavqeini egallashi) yuzaga keladi. Katta yoshdagi bolalarda maktab ta’limiga nisbatan qiziqish paydo bo‘ladi. Maktab ta’limi istiqboli katta yoshdagi bolalarda yangicha kayfiyat baxsh qiladi. Maktabga nisbatan qiziqish tarbiyachi bilan tabiiy muloqot davrida, o‘qituvchi bilan uchrashuv davrida, o‘quvchilar bilan hamjihatlikda olib boriladigan ishlar davomida, maktabga tashrif buyurganida, maktab mavzusidagi voqyeaband-rolli o‘yinlar davomida yuzaga keladi. Asosiysi bolalarning yangi ijtmoiy vaziyatga (“maktab o‘quvchisi bo‘lishni istayman”) kabi vaziyatga qiziqishni uyg‘otish, o‘z hisiyotlarining shakllanishi bilan, o‘z - o‘zini anglash va yangilikni o‘zlashtirish bilan bog‘lashdir.
Tarbiyachi bolalarning diqqatini va xotirasini shakllantirishga intiladi, ilk marotaba o‘z-o‘zini nazorat qilishni, o‘z holatlarini boshqarish qobiliyatini shaklantiradi. Bunda ularga ba’zi narsalarni belgilariga qarab taqqoslash, xatolarini inobatga olgan holda umumiy qoidalarni qo‘llaydigan, shartli holatlarni bajaradigan turli o‘yinlar yordam beradi. Bunday o‘yinlar har kuni katta yoshdagi bolalar bilan o‘tkazib turilishi lozim.
katta yoshdagi bolalarning har tomonlama shakllantirish shartlaridan biri bu kattalar va tengdoshlari bilan mazmunli muloqotga kirishish hisoblanadi. Tarbiyachi har bir bola bilan muloqotga kirishishni turli–tuman bo‘lishiga intiladi. O‘zaro muloqot va hamkorlikka kirishar ekan, tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolaga nisbatan ishonch, muhabbat, va hurmat hissini yuzaga keltiradi. Bunday sharoitda o‘zaro muloqot qilishning bir necha modelidan foydalanadi: tajriba o‘tkazish orqali tarbiyachi bolani yangi ko‘nikmalarga, holatlarni bajarishga o‘rgatadi: teng sherikchilik orqali tarbiyachi bolalar faoliyatining faol qatnashchisi sifatida, “kattalarga suyanish” orqali tarbiyachi bolalarga atayin yordam so‘rab muammolarni yechishga, “kattalar tomonidan qilingan xatolarni” to‘g‘rilashda maslahatlar berishni taklif qiladi.
7 yoshli bolalarda o‘z-o‘zini anglashda o‘ziga va boshqalarga nisbatan munosabatni baholash asosiy ko‘rsatgich qisoblanadi. Bolaning o‘zining kelajakdagi qiyofasi haqida ijobiy tasavvuri birinchi marotaba bolaning o‘ziga o‘zining kamchiliklariga nisbatan tanqidiy jihatidan munosabatda bo‘lishga va kattalar yordamida bu kamchiliklarni bartaraf qilishga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bola shu tariqa o‘zi haqida va kelgusida qanday shakllanishi yoki qanday bo‘lish xohishiga qarab tasavvurlari solishtiriladi. Bolaning “men” ini bola tomonidan ijobiy tasavvur qilinishi faoliyatini muvafaqqiyatli olib borilishiga do‘stlar orttirishiga, boshqalarning do‘stlar orttirishiga: ularning o‘zaro birgalikdagi faoliyatlaridagi ijobiy sifatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |