2.Prujinali mayatnikdeb, absolyut elastik prujinaga berkitilgan va elastiklik kuchi F=-kx ta’sirida garmonik tebranma harakat qiladigan m massali yukka aytiladi.
Bu yerda k – prujinaning qattiqligi, x-yukning muvozanat vaziyatidan og’ishi.
Prujinali mayatnikning siklik chastotasi quyidagiga teng.
Tebranish davri Shuningdek prujinali mayatnikning potentsial energiyasi
Matematik mayatnikdeb cho`zilmaydigan, vaznsiz ipga osilgan va og’irlik kuchi ta’sirida tebranma harakat qila oladigan moddiy nuqtaga aytiladi
Muvozanat vaziyatidan burchakka og’dirilgan mayatnikni og’irlik kuchining tashkil etuvchisi harakatga keltiradi
Matematik mayatnikning isiklik chastotasi
t ebranish davri
ifodalar bilan aniqlanadi.
Shuningdek matematik mayatnikning potentsial energiyasi
ga teng.
Bu yerda g-erkin tushish tezlanishi, -mayatnikning uzunligi, m –moddiy nuqtaning massasi
3. Tebranishlarning muhitda tarqalish jarayoniga to`lqindeyiladi. To`lqinlar tarqalganda muhitning zarralari to`lqin.bilan birgalikda harakatlanmaydi, balki muvozanat vaziyati atrofida tebranadi. Zarradan–zarraga tebranma harakat holati va to`lqin energiyasigina uzatiladi. Shuning uchun ham moddaning emas balki energiyaning ko`chirilishi barcha to`lqinlarga xos xususiyatdir.
To`lqinlar asosan: suyuqlik sirtidagi to`lqinlar, elastik to`lqinlar va elektromagnit to`lqinlarga, ajratiladi. Elastik to`lqinlar deb elastik, ya’ni qattiq, suyuq va gazsimon muhitda tarqaladigan mexanik g’arayonlanishlarga aytiladi. Elastik to`lqinlar bo`ylanma va ko`ndalang bo`lishi mumkin.
B o`ylanma to`lqinlarda muhit zarralari to`lqin tarqalish yo`nalishida tebranadi. Ko`ndalang to`lqinlarda esa tarqalish yo`nalishiga perpendikulyar tekislikda tebranadi. Suyuqliklarda va gazlarda faqat bo`ylanma to`lqinlar vujudga keladi. Qattiq jismlarda esa ham bo`ylanma, ham ko`ndalang to`lqinlar vujudga kelishi mumkin.