Technological solutions and innovative digital tools


International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION



Yüklə 89,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü89,34 Kb.
#199695
1   2   3   4   5   6
O‘rolov Asilbek Absalom o‘g‘li (4)

International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION 
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 
29 
https://interonconf.org
 
2) Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i: 
Choch

Farg‘ona

Ustrushona, Sug‘d 
(Samarqand, 
Maymurg‘, Kushoniya, Panj, Kesh, Naxshab va b.), 
Buxoro

Tohariston

Xorazm

3) Shimoliy Hindiston va Afg‘oniston: 
Gandxara

Kashmir

Kobiliston

Zobuliston

4) Shimoli-sharqiy Eron – Janubiy Turkmaniston (Xuroson): 
Dehiston

Gurgon

Marv

Shartli ravishda keltirilgan ushbu ma’lumotlardan xoqonlik tarkibiga kirgan voha 
hukmdorliklarining soni 20 ga yaqin bo‘lgani a’yon bo‘ladi. Voha hukmdorliklarning xoqonlik 
tarkibiga kiritilishi ma’lum siyosiy jarayonlar doirasida kechgan. Ma’lumki, Janubiy Oltoy 
tog‘ining etaklarida yashovchi turkiy 
ashina 
qabilasi o‘z xo‘jayinlari bo‘lgan Juan-juanlarga zarba 
berib, 552-yilda Buyuk Turk xoqonligiga asos solishadi. Qisqa muddat ichida xoqonlik Uzoq 
Sharqdan to Shimoliy Qora dengiz sohillarigacha, Janubiy Sibirdan to Shimoliy Hindistongacha 
bo‘lgan ulkan hududni birlashtirgan yirik saltanatga aylanadi. Davlat tashkil topgandan so‘ng 
faoliyatining dastlabki o‘n yillaridayoq xoqonlik o‘z hududini qadimgi markaziy osiyolik 
ko‘chmanchilar an’anasiga muvofiq ravishda ikki qismga bo‘lib boshqaradi. Birinchisi, markazi 
O‘rxun vodiysi (Mo‘g‘uliston) bo‘lmish, Janubiy Sibir, Uzoq sharq, Shimoliy Xitoy va Oltoy 
tog‘larining sharqidagi hududlarni birlashtirgan Sharqiy qism (qanot), ikkinchisi esa markazi 
Yettisuv bo‘lgan, Oltoy tog‘ining g‘arbidan to Shimoliy Qora dengizgacha, Volga – Ural 
bo‘ylaridan to Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan G‘arbiy qism 
(qanot)dan iborat edi. Keyinchalik, Turk xoqonligining asosiy boshqaruvi vazifasi Sharqiy 
qanotga o‘tganidan so‘ng, unga bo‘ysunuvchi G‘arbiy qanot zamirida G‘arbiy Turk xoqonligi 
shakllanadi. VIII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan faoliyati davomida Sharqiy xoqonlikdan farqli 
ravishda, Yettisuv va uning atrofidagi ko‘chmanchi qabilalarni birlashtirgan holda, asosan, 
Sharqiy Turkiston va Amudaryo - Sirdaryo oralig‘idagi voha hukmdorliklarini, qisman Xuroson 
va Shimoliy Hindistondagi bir qancha voha hukmdorliklarini o‘z ichiga olgan edi. Xoqonlik 
ushbu hududlar ustidan o‘ziga xos boshqaruv usul va vositalarini ishlab chiqqan davlat 
uyushmasi hisoblanardi. 
Xoqonlik o‘z vassallarini, ayniqsa, voha hukmdorliklarini qanday boshqarganligi 
masalasiga nazar soladigan bo‘lsak, avvalo ularning qachon vassalga aylantirilganligiga qisqacha 
to‘xtalib o‘tsak. Bu borada asosan, xitoy manbalaridan, qisman boshqa (vizantiya, arab, fors) 
manbalarda qayd etilishicha, Turk xoqonligi 550-yillarning o‘rtalarida Sharqiy Turkistondagi 
voha hukmdorliklarini, 560-yillarda Amudaryo – Sirdaryo oralig‘idagi Toharistongacha bo‘lgan 
hududlarni (Choch, Farg‘ona, Ustrushona, Sug‘d, Buxoro, Xorazm), 580-yillarda esa 
Tohariston, Kobuliston, Xuroson hududidagi hukmdorliklarni o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. Bu 
hududlarning xoqonlik tomonidan egallanishi mazkur manbalarda batafsilroq yoritilmagan. Bu 
haqdagi ma’lumotlar qisqacha jumlalar orqali keltirib o‘tilgan. Xitoy manbalarida Turk 
xoqonligining dastlabki faoliyati yoritilganda 
Tukyue 
(Turk)lar 
Ida 
(Eftalitlar) davlatini mag‘lub 
etganligi qisqacha qayd etilgan va xoqonlik ushbu davlat tarkibidagi g‘arbiy o‘lkalarni o‘z 
tarkibiga qo‘shib olganligi keltirilib o‘tilgan1. ,,Beyshi‘‘, ,,Suyshu‘‘ kabi yilnomalarda ham 
G‘arbiy o‘lkalar uchun ajratilgan boblarda har bir voha hukmdorliklari alohida tavsiflanganda 
ham ularning 
Tukyue
larga qaram ekanligi qisqacha bayon etiladi. 
1
Бичурин Н. Я. Собрание сведений... I. - С. 229. 



Yüklə 89,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin