Technological solutions and innovative digital tools


International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION



Yüklə 89,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü89,34 Kb.
#199695
1   2   3   4   5   6
O‘rolov Asilbek Absalom o‘g‘li (4)

International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION 
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 
32 
https://interonconf.org
 
yetkazib berishga ma’sul vositachi rolini va xizmatini o‘z zimmalariga olgan edilar. Bunday 
tizimning yaqool misolini 
˂˂
Tanshu>> da Tun yabg‘u-xoqon faoliyatiga oid keltirilgan 
<yig‘inini tekshirib turish uchun har biriga alohida tudun yubordi>> 
tarzidagi ma’lumotlarda 
ko‘zga ko‘rinadi>>9. 
Xoqonlikning vassallar bilan munosabatlari masalasida yana bir masalaga to‘xtalib 
o‘tadigan bo‘lsak, bu boradagi G‘. Boboyorovning fikrlariga nazar solsak. Ma’lumki, G‘arbiy 
turk xoqonlari tomonidan voha hukmdorliklari boshqaruvchilariga turkiy 
eltabar
unvoni 
berilardi. Bu esa xoqonlarning ularni o‘z vassali deb hisoblashlarini ko‘rsatardi. Jumladan, 
mahalliy sulolalarning o‘z boshqaruv tizimiga xos an’anaviy unvonlarning ishlatilishiga xoqonlar 
tmonidan hech qanday etiroz bildirilmagan shekilli, Farg‘ona va Samarqandda 
ixshid
, Keshda 
ixrid
, Ustrushonada 
afshin
, Buxoro va Chag‘oniyonda 
xudot
, Xorazm, Termiz va Xuttalonda 
shoh
, Marvda 
marzbon 
kabi aksariyati sharqiy eroniy tillarga xos unvonlarning qo‘llanishida 
davom etgani ko‘zga tashlanadi. Ushbu hukmdorliklarning bir qanchasi boshqaruvni bevosita 
qo‘lga olib, o‘z sulolasiga asos solgan xoqonlik bilan aloqador bazi turkiy sulola vakillari ham 
mazkur unvonlarni o‘zlashtirganlar. Shuningdek, Farg‘onadagi turkiy sulola vakillari 
cho‘r

tarxon
kabi xoqonlikka xos unvonlarni qo‘llash bilan birgalikda mahalliy 
ixshid 
unvonini 
o‘zlashtirgan bo‘lsa kerak, o‘sha davr arab-fors manbalarida Ixshidiylar xonadoni vodiydagi 
bosh sulola sifatida qayd etiladi. 
G‘. Boboyorov G‘arbiy Turk xoqonligi o‘z vassallari bo‘lmish voha hukmdorliklarini 
boshqarishda quyidagi usullardan foydalanganligini e’tirof etadi: 
1) Bevosita. Vassallar boshqaruvi nazoratiga shahzoda, ya’ni, 
teginlarning yuborilishi
. Bu 
usul ko‘proq ilk davrlariga xos bo‘lib, vassallarning barchasiga ham bu usul joriy etilmagan. 
Asosan, strategik jihatdan muhim vohalar boshqaruvida o‘zgarish qilishga urinib ko‘rilgan va 
mahalliy hukmdor o‘rnini Ashina xonadoni vakili egallagan. Shuningdek, Choch, Farg‘ona va 
Kobulistonda boshqaruv Ashina xonadoni vakillariga o‘tgan. 
2) Bilvosita. Voha hukmdorligining mahalliy boshqaruvchisi sulolasi ustidan nazorat qilish 
– mahalliy hukmdorga 
eltabar unvonini berish 
va 
tudun tayinlash
. Bu usul keng yoyilgan 
bo‘lib, barcha voha hukmdorliklariga joriy etilgan. 
G‘. Boboyorov yuqoridagi usullar har doim ham kutilganidek natija bermaganligiga ishora 
qilib, xoqonlik vassallar boshqaruvida quyidagi 
vosita
lardan ham foydalanganligini ta’kidlab 
o‘tadi: 
1) Nisbatan kuchliroq voha hukmdorliklari bilan nikoh munosabatlarini yo‘lga qo‘yish – 
vassal hukmdorni kuyov qilish, ya’ni ,,ko‘ragonlik tizimi‘‘; 
2) Strategik ahamiyatga ega joylarda qo‘shin saqlash va garnizon qurish; 
3) Nisbatan kichikroq voha hukmdorliklari boshqaruviga xoqonlikning siyosiy hayotida 
o‘z o‘rniga ega bo‘lgan biror turkiy qabila yoki urug‘ vakillarini tayinlash; 
4) Xoqonlikning asoschisi bo‘lgan Ashina qabilasi yoki unga ittifoqdosh qabila va urug‘lar 
vakillarni vassal hududlarga noib sifatida tayinlash. 
9 Skaff K. J. Western Turk Rule... – Р. 366. 



Yüklə 89,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin