Техник конструкциялаш ва моделлаш


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə55/104
tarix12.01.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#79035
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104
Oquv uslubiy majmua Texnik ijodkorlikdan

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
O‘quvchi va yoshlar texnik ijodkorlik faoliyatini qanday bosqichlarga ajratish mumkin?
Texnik ijodkorligining mazmuni qanday omillarga ko‘ra tanlanadi?
Texnik ijodkorlik muammolarini hal etishda yangi axborot texnologiyalarining qanday imkoniyatlaridan foydalanish mumkin?
14.Mavzu:O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi.
Reja: (2 soat)
1.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i.
2. O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining strukturasi.
3.Texnik muammolarni hal qilishning izlash usullari
4.Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish


Tayanch iboralar: masala, muammo. qidiruv faoliyati, konstruktorlik, maqsad, loyiha, ideal xolat,
model, qurilma, mtruktura.
1.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i.O‘quvchilarning texnik ijodkorligi integral harakterga ega, ya’ni u bilish-qayta qurish faoliyatini o‘zaro bir-birga bog‘liq bo‘lgan nazariy tekshirish, tajriba, texnik masalalar yechish, model va qurilmalarni real holatda ishlatilishi, uni sinash kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat orqali o‘quvchilar obyektiv borliq haqida bilimga ega bo‘ladi, oldinga surilgan nazariy g‘oyani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qiladilar. O‘quvchilar har qanday yangi texnik ob’nktni yaratish jarayonida mustaqil organik jihatdan o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlardan iborat. Bu texnik jiodkorligidan mantiqiy strukturali bosqich hisoblanadi.
1-bosqich, maktab o‘quvchilari faol ravishda mavjud bo‘lgan texnik obyektning mohiyatini tushunishga harakat qiladi;
2-bosqich, bu o‘quvchilarni ma’lum texnik obyekt tuzilishining texnik g‘oyasi sodir bo‘lishi bilan boshlanadi;
3-bosqich, yangi bo‘lajak texnik tuzilishning (ideal holatda) modeli ishlab chiqiladi;
4-bosqich, loyihalash, yosh texnik fikrga kelgan obyektning mazmuni va formasini keltiradi;
5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash;
6-bosqich, qurilmaning real namunasini yaratish va aslini tajribadan o‘tkazish;
7-bosqich, texnik xujjatlarni yaratish.
2. Modellashtirish va modelli-texnik tajriba.
Har xil turdagi texnik obyektlarning modeli tajriba tekshiruvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi.
Ma’lum bir texnik obyektni tajribadan o‘tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo‘llay olish bo‘yicha bilimlarini shakllantirishga vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi yoki korxonada o‘tkazilayotgan o‘quvchilarning texnik ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus formasi hisoblanadi.
Xarakteri bo‘yicha-bu tajriba, yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati, vazifasi bo‘yicha ta’lim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini o‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin. Bu masalani ikki tomonlama qarash maqsadga muvofiq:
Birinchi tomondan-bu metod, ya’ni o‘quvchilar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnik obyektni yaratish yoki tuzilishini o‘rgatish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o‘quv xarteriga ega bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari, ya’ni uning tarkibiga kiradi. (Asosiysi bunda o‘quvchilar bilim va tajriba o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladilar).
Ikkinchi tomondan-bunday turdagi tajribalar o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya’ni tabiiy bilish qonunlarini o‘zining xarakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi.
O‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribalari o‘quvchilar politexnik ta’limining nazariy va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin