Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə12/56
tarix20.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#145657
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
1-kurs AF Adabiyot kons 2022

Oyto‘ldi – vazir, ayni paytda davlat ramzi. Bir kuni Elig-hukmdor uni chaqirtirganda Oyto‘ldi ko‘zini yumib, yuzini o‘girib, koptokning ustiga o‘tirib oladi. Buning sababini Oyto‘ldi quyidagacha tushuntiradi: «Sen o‘rin berding, men esa avvaliga o‘tirmadim, chunki mening o‘rnim yo‘q, buni bilib ol, demoqchi bo‘ldim. Koptok menga o‘xshaydi. U o‘rinsiz dumalab yurgani kabi Davlat ham beqarordir. Iltifot qilganingda ko‘zimni yumganligim va yuzimni o‘girganligim mening qilmishlarim jafo, menga ishonma, deganim edi». Asarda Oyto‘ldining vafot etishi ham bejiz emas.
O‘gdulmish – asardagi eng faol qahramon. O‘gdulmish «aql bilan ziynatlangan demakdir. Undagi bosh fazilat har qanday hodisaga aql ko‘zi bilan qarashdir. O‘gdulmish bilimdon, donishmand kishi. U hayotning hamma sohalaridan puxta xabardor. O‘gdulmish va O‘zg‘urmishning savol-javoblari ba’zan keskin munozara darajasiga etadi. SHunda ham O‘gdulmish bosiqlik qiladi, aql bilan ish yuritadi, natijada Uzg‘urmishni o‘z g‘oyalariga ishontiradi.
O‘zg‘urmish- «hushyor qiluvchi», «sergaklantiruvchi» demakdir. Boshqalardan o‘zib ketuvchi ma’nosi ham bor. Uning zohid qiyofasida ko‘rinishida shu ma’noga uyg‘unlik bor. U behuda ishlar bilan band bo‘lish, har xil mayda-chuyda orzu-havaslarga ovunib qolishdan ogohlantiradi. Mudrab borayotgan tuyg‘ularni sergaklantiradi. O‘zg‘urmish qat’iy fikrli inson. U Eligning shaharga saroyga taklifini rad etadi. Garchi bu taklif uch marta takrorlansa-da, u fikrini o‘zgartirmaydi. Faqat O‘gdulmishning oqilona tushuntirishlaridan so‘ng, ziyorat maqsadidagina Elig huzuriga boradi. O‘zg‘urmish Eligga so‘ngsiz tiriklik, qarilik ko‘rmas yigitlik, doimiy sog‘lik, tuganmas boylik kabi to‘rt shart qo‘yadi («Saddi Iskandariy» da shahzoda Iskandarga ham shunday shartlar qo‘yilgan). So‘ngra o‘z manziliga – tog‘ etagidagi g‘orga qaytadi va shu erda vafot etadi. O‘zg‘urmish - taqvodor inson. U din va diyonatni hamma narsadan ustun quyadi. U O‘gdulmishga quyidagi fikrlarni aytadi: «Sen tansms taomlarni, men esa oddiy arpa oshni eymiz. Uxlab tursak, ikkimiz ham och solamt. SHundats ekan, bunday ovqatlarga ruju qo‘yishning nafi yo‘q. Sen kimxoblarga o‘ranib yurasan. Men esa qopdan tikilgan to‘n bilan kifoyalanaman. Ertaga o‘lim kelsa, ikkimiz ham yalang‘och ketamiz-ku! Demak, tanni emas, ruhni boyitish lozim».

Tekshirdi”


Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil

Adabiyot fanidan



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin