Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №


Asarlarining boshqa tillarga tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə15/56
tarix20.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#145657
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
1-kurs AF Adabiyot kons 2022

Asarlarining boshqa tillarga tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]


Rumiy asarlari jahonning koʻp tillariga tarjima qilingan, „Masnaviy maʼnaviy“ va „Fihi mo fihiy“ning usmonli turkcha tarjimalari mavjud. „Fihi mo fihiy“ — „Ichindagi ichindadir“ nomi bilan, olim Ulugʻbek Hamdam (Abduvahob oʻgʻli) tomonidan turkchadan oʻzbekchaga tarjima qilgan.
Masnaviy maʼnaviy — Mavlono Jaloliddin Muhammad binni Bahouddin Valad Balhiy Rumiyning shoh asarlaridan biri boʻlib, bu kitob sharq va gʻarb adabiyotida buyuk asarlardan biri sifatida taʼriflanadi. Oltita katta jildlardan iborat ushbu asar 26840 baytdan (51370 misradan), Qurʼonning 70 foiz maʼnosini oʻzida jamlagan va asar 690 ta hadisga sharh, 270 ta turli mavzudagi hikoyalardan iboratdir[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Bu kitob oʻn yillik muddat oraligʻida yaratilib, Mavlono vafotidan toʻrt yil avval, 1269-yilda yozib tamomlangan. Bunga qadar oʻtgan oʻn yil mobaynida uzilishlar (hijriy 660-yil va 662-yillar, milodiy 1241-yil va 1244-yillar), uyqusiz tunlar (bu haqda „Masnaviy maʼnaviy“da 1-jildning 1807—1808-baytlarida xabar bor), ochin-toʻkin holiga qaramay maʼnaviy luqma bilan kifoyalanish (1-jildning 3990—3994-baytlari) kabi holatlar kuzatiladi. Arab-fors epik dostonchiligi usulida boʻlgan, masnaviy shaklida yozilgan ushbu asar oʻzida boshqa uslublarni ham mujasam qilgan. Jumladan, Masnaviy maʼnaviy asarini olimlar didaktik doston (Yevgeniy Bertels), hamosiy (epik) sheʼrlar majmuasi (T. Purnomdoriyon), irfoniy kitob (P. Nikolson), tasavvuf qomusi (A. Shimmel) kabi sifatlar bilan atab, uning janriy oʻziga xosligini belgilamoqchi boʻldilar[2].

Masnaviy sharhidagi kitoblar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Masnaviy maʼnaviy asarini sharhlab yozilgan kitoblar ham yuzlab yaratilgan. Ana shunday kitoblar mualliflari Sulton Valad, Ahmad Afloqiy, Faridun Sipahso, Shamʼiy (1000-yil), Sarvariy (1001-yil), Ismoil Anqaraviy (XI asr) kabilarning turkiy tildagi va Mavlono Shibliy Numoniy (1326-yil) „Bahr ul-ulum“ asari, Abdualida (XIII asr) urdu tilidagi, Xanifa Abdulhakimning urdu va ingliz tilardagi sharhlari eʼlon qilingan. „Masnaviyi sharif“ni forsiydan turkchaga Sulaymon Nahifiy oʻz vaznida (1150-yil), Obiddin Posho, Valad Oʻzbudak, Mithat Bahori Baytur nasrda izohli tarjima qilishgan. Yevropada esa dastlab Jozef Hammer Purgstal, Fridrih Rukert (ayni shu tarjima orqali Gegel „Rumiy“ni tanigan), German Ete nemis tiliga, Klemen Huar esa fransuz tiliga oʻgirgan. Oʻzbek tiliga esa Haydar Xorazmiy „Javohir ul-asror“ asari, Boborahim Mashrabning „Mabdayi nur“ asarlari „Masnaviy maʼnaviy“ sharhlari tarzida bitilgan. Shuningdek Asqar Mahkamning „Masnaviy maʼnaviy“ tarjima sharhi dunyo yuzini koʻrgan[3].

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin