Masnaviy, Qurʼoni karimning oʻziga xos sheʼriy tafsiri va hadisi shariflarning sharhidan, talqinidan iboratdir, bu asar xutbasida mavlononing oʻzi izohlashicha: „Bu yuraklarga malham boʻlguvchi, gʻam-gʻussalarni ketkazguvchi, ulugʻ, itoatli mirzolar (farishtalar) qoʻllari[4] bilan bitilgan, tahoratli, pok kishilardan boshqalarning ushlashi harom etilgan[5], oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil-nohaqlik kelmaydigan[6], rizq-roʻzni moʻl-koʻl qilguvchi, axloqni poklaguvchi va yaxshilaguvchi, Qur’oni karim maʼnolarini kashf etguvchi kitobdir“. Bu asardagi deyarli har bir bayt yoki Qurʼon oyati, yoki hadisi bilan asoslanganligini yoki, aksincha, biror oyat yoxud hadis maʼnosi biror voqea, hodisa va yoki rivoyat yordamida ochilganligini, musulmonlar uchun muqaddas kitobdan juda koʻp iqtiboslar olinganini taʼkidlaydi. Masnaviyda Qur’on oyatlaridan 760 marta iqtibos olingan, 745 oʻrinda, 690 ta hadisdan foydalanilgan[7].
Masnaviydan parcha[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asar nusxalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masnaviy nusxalaridan yana biri Turkistonda yozilgan asardir. Bu asar 1490-yil xattot Muhammad oʻgʻli Katip Hasan tomonidan yozilgan. Ayni paytda bu asar 1981-yilda Nasrullah Yasa nomidan muzeyga sovgʻa qilingan. Kitob jigarrang, charm gʻilof, muqovalarida daraxt va gul naqshlari, orasida sher, quyon, ajdaho kabi hayvon siymolari tasvirlangan. Matn toʻrt ustun bilan yozilgan. Har bir ustunda 23 ta qator mavjud[9]. Masnaviyning qora teriga yozilgan, bu nusxasi 1976-yilda Nechmeddin Okyay tomonidan Rumiyning, „Mavlono muzeyi“ga sovgʻa qilingan. Qogʻoz suvbelgilarisiz quyuq somon rangida, matn nesih xattotligida yozilgan, uning yoritgichlari geometrik va gulli naqshlardir, har bir sahifada 25 misra va har bir satrda ikkitadan bayt bor[10].
“Tekshirdi”
Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil
Adabiyot fanidan
Guruhlar
Sana
Dars mavzusi: Atoyining hayoti va ijodi haqida ma’lumot. Lirikasi.