Yangi mavzuning bayoni: 2.3.Nazariy darsning rejasi va tuzilishiga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon qiladi.
2.4.Reja bo’yicha mavzular tushuntiriladi. (2-ilova)
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: 2.5. Mavzu bo’yicha o’quv topshirig’i beradi. (3-ilova)
2.6.Topshiriqni bajarish bo’yicha o’quvchilarga yordam beradi.
2.7.Topshiriqning ba’zi bir jihatlarini misollar yordamida tushuntirib beradi.
2.8. Berilgan topshiriqlarning o’quvchilar tomonidan qay darajada bajarilganligini nazorat qilish
2.9.Eng yaxshi ishlarni namuna qilib ko’rsatadi.
Savollarga javob beradilar.
Javoblarni tahlil qiladilar.
Reja bo’yicha mavzuni
tushunib oladilar.
Mavzu bo’yicha berilgan
topshiriqlarni bajaradilar.
3-bosqich.
Yakuniy
(10 daqiqa)
3.1.Mavzuga xulosa yasaydi. O’quv jarayonini umumlashtiradi. O’quvchilarni baholash mezonlari orqali baholaydi. Uyga vazifa va topshiriqlar beradi.
3.2.Uygavazifa, bilimlarni mustahkamlash uchun mustaqil ish topshiriqlarini beradi.(4-ilova)
Uyga vazifa va mustaqil ish
topshirig’ini tushunib
oladilar.
Mumtoz janrlar haqida umumiy ma’lumot. Musammat va uning turlari
Texnologik xarita
Fan o’qituvchisi: A.Umarov
Mumtoz janrlar haqida umumiy ma’lumot. Musammat va uning turlari
Dars rejasi:
1.Mumtoz janrlar haqida umumiy ma’lumot.
2.Musammat va uning turlari
Mumtoz adabiyotga xos she’riy janrlar
FARD – mumtoz she’riyatdagi eng kichik she’r shaxli hisoblanadi. U o‘zaro qofiyalanuvchi ikki misradan iborat. Ba’zan ular qofiyasiz bo‘lishi ham mumkin. Fardlarda turli ichki kechinmalar, tarbiyaviy qarashlar ifodalanadi. Qofiyalanishi: a-a yoki a-b
“Fard” arabcha so‘z bo‘lib, “yakka” “yolg‘iz”, “yagona” degan ma’nolarni bildiradi. Fard ayrim yirik asarlarda qissadan xissa tarzida xulosa aytish uchun xam keltiriladi. Misol uchun “Muhabbatnoma” asarining so‘nggida keltirilgan quyidagi fardni keltirish mumkin:
Niyozim bu turur sendin nigoro, - a
Unutma bandani bahri xudoro. - a
Boshqa misollar:
Bu gulshan ichra yo‘qtur baqo guliga sabot, -a
Ajab saodat erur, yaxshilik bila chiqsa ot. -a
(A.Navoiy)
Muruvvat – barcha bermakdur, emak yo‘q, -a
Futuvvat1 – barcha qilmakdur, demak yo‘q. -a
(A.Navoiy)
1Futuvvat-mardlik, yigitlik ; karam, sahovat, jo‘mardlik
Ikki ko‘zungu labing g‘alshdin -a
Men xasta o‘lub-o‘lub tirildim, -b (A.Navoiy)
SHarq devon tuzish an’anasiga ko‘ra fard qit’alardan so‘ng eng oxirgi o‘rinda beriladi.
QIT’A – juft misralari qofiyalanib, toq misralari ochiq qoladigan she’r shakli. U ikki baytdan 20-30 baytgacha hajmda bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha to‘rt misra (ikki bayt)dan tashkil topadi. A.Navoiy turkiy tilda 300 dan ortiq qit’a yozgan. Qit’a so‘zi arabcha bo‘lib, «qism», «bo‘lak», «parcha» degan ma’nolarni bildiradi. Uni matla’siz g‘azalga o‘xshatish mumkin. Bu janrda aruzning hamma vaznlari qo‘llanadi. Qofiyalanishi: b-a, v-a.
Misol: CHun g‘araz so‘zdin erur ma’ni ango, - b
Noqil o‘lsa xah xotun, xoh er. - a
So‘zchi holin boqma, boq so‘z holini, - v
Ko‘rma kim der oni, ko‘rgsh kim ne der. - a
Bu qita so‘zlash madaniyati haqida bo‘lib, Navoiy qalamiga mansubdir.