MUSADDAS (arabcha, “oltilik”) – har bir bandi olti misradan iborat bo‘lpsh she’r. Musaddaslar ikki xil bo‘ladi: 1. Mustaqil yaratilgan musaddaslar. 2. O‘zga shoir tomonidai yaratilgan g‘azallarining vazni va qofiyasiga mos yaratilgan musaddaslar. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-6-a, yoki a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a..
Misol: Sayding qo‘ya ber, sayyod...
Sayding qo‘ya ber, sayyod, sayyora ekan mendek, - a
Ol domini bo‘ynidin, bechora ekan mendek. - a
O‘z yorini topmasdan ovora ekan mendek, - a
Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek, - a
Hijron o‘tidin jismi ko‘p yora ekan mendek, - a
Kuygan jigari-bag‘ri sadpora ekan mendek. - a
Kes rishtanikim, qilsun chapaklar otib jasta1, - b
Hajrida alam tortib, bo‘ldi jigari xasta, - b
Tog‘larga chiqib bo‘lsun yori bila payvasta. - b
Kel, qo‘yma balo domi birla oni pobasta, - b
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek, - a
Quygan jigari-bag‘ri sadpora ekan mendek. - a
(Furqat)
asta, 2- oyog‘i bog‘li, tutqun
MUSABBA’ (arabcha, «ettilik») – har bandi etti misra-dan tashkil topgan she’r. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-6-b-a, v-v-v-v-v-v-a, yoki a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-v-a-a...
MUSAMMAN (arabcha, «sakkizlik») – sakkiz misrali band usulida yozilgan she’r. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-a... yoki a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-v-v-a-a... .
Misol:
Ohkim, aylab safar azmini jonon, ey ko‘ngul, - a
Noz yaqronin so‘rub bo‘ldi ishtobon, ey ko‘ngul, - a
Qath etib taxjil ila ko‘hu biyobon, ei ko‘ngul, - a
Etti o‘zga kishvar ichra shodu xandon, ey ko‘ngul, - a
Aylabon ag‘yor bazmini guliston, ey ko‘ngul, - a
Qildi kulbamt maning bir tiyra zindon, ey ko‘ngo‘l - a
Yig‘lasam emdi ne tong bu holima qon, ey ko‘ngul, - a
Kim, bo‘lubman mubtaloyi dard hijron, ey ko‘ngil. - a
(Ogahiy)
Dostları ilə paylaş: |