Ushbu diagramma 2yoki 3 tushunchani, g’oyani va hodisani taqqoslash faoliyatini tashkil etish jarayonida ishlatiladi. U talabalarda taqqoslash, tahlil qilish va guruhlash malakalarini shakllantiradi.
1-bosqich.Talabalar ushbu diagrammani tuzish qoidalari bilan tanishtiriladi.
2-bosqich.Yakka juftlikda yoki guruh ichida diagramma asosida taqqoslash faoliyati tashkil qilinadi.
3-bosqich.O’xshash va farqli xususiyatlar diagrammaga yoki jadvalga tushiriladi.
4-bosqich.Faoliyat natijalari tahlil qilinadi va baholanadi.
“T” jadval
Konsepsiyaga, voqelikka va obyektga nisbatan munosabat bildirish uchun qo’llash mumkin.
1-bosqich.Talabalar ushbu sxemani tuzish qoidalari bilan tanishtiriladi.
2-bosqich.Yakka, juftlikda yoki guruh ichida sxema asosida taqqoslash faoliyati tashkil etiladi.
3-bosqich.Yagona jadvalga tushiriladi
«Charxpalak» texnologiyasi. Ushbu texnologiya qisqa vaqt ichida o‘quvchining bilimini nazorat qilishda juda yuksak samara beradi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun maxsus tarqatma materiallar barcha o‘quvchilarga tarqatiladi. Bu texnologiyani amalga oshirish uchun har bir o‘quvchi darsga puxta tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi lozim. Bu texnologiya o‘quvchilarni mustaqil o‘z fikrini bayon qilishga, o‘z bilimini erkin namoyon qilishga undaydi. «Charxpalak» texnologiyasini o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, uy vazifasini so‘rash jarayonida qo‘llash yaxshi natija beradi. Bu texnologiyada o‘quvchilarga tarqatilgan jadvalga o‘quvchi qaysi javob to’g’ri bo’lsa, o‘sha qatorga yulduzcha belgisini qo‘yadi. Qisqa vaqt ichida o‘quvchining ushbu mavzuni qay darajada o‘zlashtirganini aniqlab olamiz. Bu texnologiyani o‘quvchilar bilan kichik guruhlarga yoki past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan yakka tartibda ham amalga oshirishimiz mumkin. Bu darsda o’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida bu jarayonni amalga oshiramiz. Buning uchun quyidagicha topshiriqni talabalarga slayd orqali namoyish qilamiz.